57
Jismoniv va aqliv sog’lomlik: ishdagi va kundalik hayotdagi zo riqishlami qiyinchiliksiz
“ko‘tara olish”.
A.I.Prixojan treneming shaxsiy sifatlarini muhim ahamiyatga ega ekanligini va birinchi
navbatda umumiy bo'lgan insoniy sifatlar uning har bir ishida namoyon bo‘lishi kerakhgim aytib
o‘tadi. Uning fikriga ko‘ra, trenerdan talab qilinadigan psixologik professionalizmning asl mohiyati
shundaki, u odamlarning ko'ziga va xatti-harakatiga qarab,
ulaming uiyat-istaklarini, treningda
ishtirok etish qobiliyatini oldindan taxmin qila olishi va о‘yin davomida mohirlik bilan ulaming
xatti- harakatlanm zimdan boshqarish qobiliyatiga ega bo'lishi shart. Bundan tashqari, trenerdan
fidoyilik, o‘zgalar manfaatini o‘zinikidan yuqori qo‘yish, sabr-toqat,
tezkorlik, fahm-farosat kabi
sifatlar ham talab etiladi. Bu sifatlar esa faqat nazariy tayyorgarlik asosida emas, balki ko‘proq
hayotiy va ijtimoiy faoliyatning murakkab turlarida faol ishtirok etish natijasidagina qo‘lga
kiritiladi.
Trenemmg kommumkativligi, liderlik qobiliyati, ishontira olishi, mijozlar bilan munosabatda
chidamhiigi, muammoning bir necha tomonlarini ko‘ra bilish, o‘z faoliyatini yo naltirishni bilish va
nihoyat eng muhimi o‘z-o‘zini tahlil qilish qobiliyati trenerlik ishining eng muhim jihatlaridandir.
Har bir trener о z-o zini tahlil qila olishi, o‘z “Men”ini anglashi hamda o‘z kasbt va “Men”i
o‘rtasidagi munosabatlar xarakteristikasini anglashi lozim. U har doim o'ziga “Men kimman?”,
“Men qanday mutaxasisman?” kabi savollar bilan murojaat etib turishi kerak. O ‘z shaxsiy
sifatlarini anglay bilish mijozlar guruhi bilan samarali natijalarga erishishning shartlaridan biridir. O
‘zini anglash konsultantga o ‘z nuqtai nazariga ko‘ra qaysi shaxsiy sifatlarini rivojlantirishi,
shakllantirishi lozimligini aniqlash imkonini beradi.
A.V.Batarshev o‘z-o‘zini anglashni quyidagicha ta’riflaydi: “Individning o‘zi liaqidagi
tasavvurlari asosida o‘zi va boshqa odamlar bilan munosabat o‘matishini ta’minlovchi
nisbatan
barqaror va anglangan tizimdir”. A.Batarshevning fikriga ko‘ra shaxsning Men’ obrazi quyidagi
komponentlardan iborat:
• Kognetiv komponent (shaxsiy psixologik sifatlari, qobiliyatlari, tashqi ko’rinishi, ijtimoiy
qimmatliligi);
• Emotsional komponent (o‘z-o‘zini baholashi va o’zining emotsional bahosi)
• Xulq-atvor komponenti (o‘ziga bo'lgan munosabati, obro‘ qozonishi, o'ziga
faoliyat
yurituvchi shaxs sifatida munosabatda bo'lish.
• O‘z-o‘ziga ishonch - bu avvalo o‘z kuchiga, о z pozitsiasiga, q o ilay o tg an metodlarga
bo‘lgan ishoncbdir. O‘z-o‘ziga ishonch ayniqsa, trener o‘z ishida eksperimental metodlardan
foydalangan vaziyatlarda juda muhumdir.
• Har bir trener uchun zaruriy sifatlardan yana biri bu - ijodkorlikdir. Bu sifat kreativ tafakkur
bilan bevosita bog‘liq, ya’ni noan’anaviy fikrlash,
muammolarni tez yechish, nostandart
yechimlami topish. Trenerlik ishida hech qanday umumiy retseptlar, sxemalar bo'lishi mumkin
emas. Faqatgina umumiy yondashuv, murakkab, chigal vaziyatlami yechish tajribasi bo'lishi
mumkin xolos.
Trener doim nazariy bilimlari, tajribasi, metodikalari, shaxsiy sifatlari va albatta
ijodiy energiyasini sarflagan holda ishtirokchilarga yangilik taklif qilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: