Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


Guruhiy terapiyaga gumanistik yo‘nalishning ta’siri



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/122
tarix28.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#90655
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   122
I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala

2.5. Guruhiy terapiyaga gumanistik yo‘nalishning ta’siri XIX asr boshlarida tibbiyot 
sohasida ish olib borgan psixiatr olimlardan biri F.Pinel tomonidan Parijda psixiatriya sohasida 
olamshumul o'zgarishlar amalga oshiriladi. Pinel ruhiy kasalxonadagi bemorlami - og‘ir hayotiy 
sharoitlar natijasida ruhiy kasallikka chalinganlami - qiyinchilikdan xalos etish maqsadida o‘z 
qaramog‘iga oladi va ular bilan ruhiy davolash muolajalarini o‘tkaza boshlaydi. O'sha davrda ruhiy 
kasallar qo‘l va oyoqlari bog‘lab qo‘yilgan holda davolanar edi. I’inel bunga qarshi chiqadi va 
ulami davolash bilan o‘zi shug‘ullana boshlaydi.
Oradan bir qancha vaqt o'tib, F.Pinehiing qo‘llagan muolajasi natijasida ayrim bemorlarda 
ijobiy o‘zgarish)ar ro‘y berayotganligi kuzatiladi. F.Pinel qo‘llagan muolajaning siri shunda ediki, u 
bemorlar bilan birgalikda o'tirib, ular nima qilsa shuni takrorlaydi, shu yo‘sinda dastlab ulami 
o'rganadi, bu jarayonda bemorlar ham unga o‘rganib qolishadi. Natijada bemorlar Pinelga ergasha 
boshlaydi, uning aytganlarim so'zsiz bajarishadi, bu esa albatta, o'zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. 
F.Pinelning ruhiy kasallar bilan ishlash jarayonidagi eng katta kashfiyoti - bemorlarga mehr 
ko'rsatish bo'lgan.
Bu borada olib borilgan ishlardan yana biri sifatida E.Krepelinning tadqiqotini sanash mumkin. 
1883 yilda E.Krepelin tomonidan to'laqonli tizimli kurs joriy etiladi. Bu kursni tashkil etgan 
E.Krepelin va kursni olib borgan mutaxassislar psixik buzilishlar va nevrozlami davolashda 
gipnozdan foydalanish lozimligini ta’kidlaydilar. Ulaming fikricha, gipnozning aynan guruh ichida 
o'tkazilishi natijasida ko'pgini psixik buzilishlami davolash mumkin bo‘ladi. Uning fikricha, 
gipnozni katta tajribaga ega bo'lgan va mohir mutaxassis asalga oshirishi lozim. XIX asming 
boshlarida J.Eskirol birinchi bo'lib insonnnig psixik buzilishi va emotsional hayotini taqqoslagan 
holda o'rganib, ular o'rtasida bog'lanish mavjudligini hamda gallyusinasiya va illyuziya o'rtasidagi 
farqni ajratishga muvaffaq bo'ladi. Shundan keyin u psixik buzilishlarga xos bo'lgan terminlar 
ustida ish olib boradi va asosan shezofreniyani davolashga bel bog'laydi.
Eskirolning fikricha, nafaqat shezofreniya, balki boshqa psixik buzilishlarda ham bir xil 
kasallikka chalingan bemorlami birgalikda, bitta guruhga to'plab davolansa, ular bir-birlariga ijobiy 
ta’sir ko'rsatishadi. Eskirol shuni alohida ta’kidlab o'tadiki, agar ulami davolovchi mutaxassis 
ularga yaxshi munosabatda bo'lib, mehr ko'rsatsa, har qanday buzilishning davosi bor. 
1922 yilda Amerikalik psixofiziolog R.D.Djeykobson yuqoridagi ishlami davom ettirgan 
holda asab bilan bog‘liq psixik zo'riqishlami yengillatish maqsadida tizimli rivojlantiruvchi 
relaksasiya muolajalarini o‘tkazishni tavsiya etadi. U ham mashg'ulotlami o'tkazish jarayonida 


12
mutaxassining bemorlar bilan teng munosabatda boiishini yoqlaydi. 
Shunday qilib, yuqoridagi tadqiqotlar nitajasida guruhiy terapeyada mutaxassisning (bugungi 
kun uchun treningda trenerning) roli katta ekanligiga asos solingan. 
XX asming 50-60 yillarida guruhlar bilan ishlovchi psixoterapevtlar soni oshdi. Dogmatik 
psixoanalizga keskin qarshi chiqqan, psixologiyada gummanistik yo'nalishning asoschisi 
hisoblangan Karl Rodjers shulardan biri edi. Uning ishi boshqalardan shunisi bilan farqlanadiki, u 
guruh boshqaruvchisini mutaxassis yoki mijozni davolovchi shifokor emas, balki, ishtirokchilar 
bilan teng bo'lgan, ular bilan o‘zaro teng munosabatda bo‘la oluvchi sherik sifatida qaraydi. 
K.Rodjers o‘z yondashuvlarida terapiya va konsultasiyani mijozlarga qaratgan. Guruh boshlig'i 
(hozirgi trener)ning xulq-atvori psixoanaliz talab qilgandek intrapsixik insaytga emas, balki guruh 
a’zolarining o‘zaro munosabatiga qaratilgan boMishini, uning boshqaruvi esa demokratik usulda 
boiishini ta’kidladi. Rodjers guruh rahbariga mutaxassis sifatida emas, balki “men va sen” o‘zaro 
munosabatining teng qirrali sherigi, ya’ni munosabat yaratuvchisi sifatida qaragan. Nodirektiv 
usuldagi psixoterapeya psixoterapevtning mijozda chuqur shaxsiy o'zini anglashni kuzatishga, bu 
esa guruhiy ishlarda yangi-yangi yondashuvlaming yaratilishga olib keldi. 1960 yillarda 
K.Rodjersning gumanistik psixologiya an’anasiga mos holda ijtimoiy va hayotiy ko‘nikmalami 
shakllantiruvchi treninglar o'tkazihi boshlanadi. Bu treninglar o'qituvchi va menedjerlaming kasbiy 
malakalarini va tayyorgarligini oshirish maqsadida amalga oshirilgan. Hayotiy ko'nikmalami 
shakllantirish yuzasidan olib • borilgan treninglarda ishtirokchilarga yo‘nallirilgan uchtu asosiy 
modeldan foydalanilgan. 
Birinchi model hayotiy ko'nikmalaming 7 xil turini o‘z ieliigii olgan boiib, bular: 
• muommolami yecha olish;
• muloqotchanlik;
• o‘ziga ishonch vauni saqlab turish;
• tanqidiy tafakkur;
• qat’iyatlilik;
• “Men” - konsepsiyasini rivojlantirish;
• o'zini boshqara olish ко‘nikmalaridir. 
Ikkinchi model treningni asosiy maqsadi sifatida hayotiy ko'nikmalaming 4 kategoriyasini o'z 
iehiga oladi. Bular.
• shaxslararo muloqot;
• salomatiikni asrash;
• qaror qabul qilish;
• muammolami yechish ko'nikmalaridir. 
Uchinchi model quyidagi 4 ta ko'nikmani o'z iehiga oladi:
• o'z hissiyotlarini nazorat qilish;
• shaxslararo munosabatlar va o'zini tushunish;
• o'zini iqtisodiy himoya qilish; o'zini qo'llab-quvvatlash ko'mkmalarini hosil qilishga 
qaratilgandir.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin