11
ishlarini tahlil qilish mumkin. T.Barrou 1925 yildayoq psixoanaliz atamasidan ko‘ngli to'lmasdan,
guruhiy tahlil (gruppovoy analiz) atamasini fanga kiritgan. Bunda u odamlami tushunish va ulami
chuqurroq o'rganish uchun ular birga bo‘ladigan ijtimoiy guruhlami o'rganish lozimligini qayd
etgan.
Guruhiy terapeya haqida gap ketganda zamonaviy guruhiy terapiyaga birinchilardan bo'lib o‘z
hissasini qo‘shgan olim, psixodrammaning asoschisi Ya.Morenoning xizmatlarlari haqida
gapirmaslikning imkoni yo‘q. 1931 yilda Moreno guruhiy terapeya bo'yicha birinchi mutaxassislik
jurnaliga asos soldi. “Imprompti” deb nomlangan bu jumal ko‘p yillar mobaynida nashr etib
kelindi, keyinchalik nomi o‘zgarib “Group Psuchoterapy” nomini oldi: 1932 yilda Ya.Moreno
birinchi bo‘lib psixoterapeya atamasini fanga kiritdi. Bugungi kunda bu termin keng doiradagi
yondoshuvlami anglatish uchun ishlatilsada, Moreno bu atama orqali jamiyatdagi insonlami
sotsiometrik baholash va shaxsiy tanlovlari asosida yangi guruhga birlashtirish metodini
tushuntirgan, Ya.Moreno 1942 yilda birinchi bo‘lib guruhiy psixoterapevtlaming professional
uyushmasini tashkil qildi.
Xuddi shu yili germaniyalik I.G.Shuls o‘z-o‘zini ishontirish va o‘ziga rnhan ta’sir ko'rsatish
orqali ichki ruhiy zo'riqishni bartaraf etish uchun autogen trenirovkalaming klassik variantini ishlab
chiqadi va Garvarddagi biznes maktabida sinov maqsadida o'tkazib ko'radi
1947 yilda AQShda birinchi milliy trening labaratoriyasi ochiladi. 1948 yilda Amerikada
G.S.Altshuller tomonidan yaratuvchanlik masalalarini yechish nazariyasi ishlab chiqiladi va aynan
mana shu nazariyalar asosida Boku shahrida treninglar olib boriladi. Bu treninglarda zamonaviy
trening elementlaridan foydalangan holda ijodiy tasawurlami rivlojlantiruvchi treninglar o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: