13
boshqalar
tomonidan iliq munosabatni, ishonchni, mehmi va o‘zaro yordam hamda hamkorlikka
bo‘lgan moyillikni his qiladi.
K.Levin guruh psixologiyasi ustida ish olib borish jarayonida, samarali o'zgarisblami arnalga
oshirish uchun individual holatda emas, balki guruhiy holatda trening o'tkazishni ma’qul deb topadi
va inson “o‘zini o‘z ko‘zi
bilan emas, balki atrofdagilaming ko‘zi bilan ko'rishga harakat qilishi
kerak”, - degan fikmi ilgari suradi. Shunga ko‘ra, uning shogirdlari tomonidan muloqot jarayonida
kompitentlikni oshirish yuzasidan dastlabki treninglar olib borilgan. Bunday trening guruhlari
AQShning Bettel shahrida tashkil etilgan va ular keyinchalik T - guruh nomini olgan.
Ular olib
borgan faoliyatning asosida quyidagi g‘oya yotadi: “Ko'pchilik odamlar guruhlarda yashaydi va
ishlaydilar, lekin ular ko‘pincha bu guruhda qanday ishtirok etayotganligi, atrofidagi odamlar ularga
qanday ko'z bilan qarayotganligi, ulaming xulq-atvori va xatti-harakatlariga
nisbatan qanday
munosabat bildirayotganligi haqida o'ylab ham ko'rmaydilar”.
K.Levin va uning shogirdlari tomonidan guruhlararo munosabatlar sohasida olib borilgan
ishlar AQShda trening bo‘yicha milliy laboratoriyaning tuzilishiga asos bo‘ldi. Bu laboratoriyada
bazaviy ko'nikmalami hosil qilish bo'yicha olib borilgan ishlar natijasida
T-guruh amaliyoti
rivojlandi. Bu guruhda rahbarlar, menedjerlar,
siyosiy liderlar ishtirok etib, ularda shaxslararo
o‘zaro munosabatda samarali muloqot o'matish, boshqarish, nizolami
hal qilish va guruhlami
jipslashtirisb ko'nikmalari shakllantirildi. Ba’zi T-guruhlar esa insonning hayotiy qadriyatlarini
o'zgartirishga, o'/.iga to‘g‘ri baho berish va o‘ziga nisbatan ijobiy hislarini kuchaytirishga
yo‘naltirilgan edi. Bunday T-guruhladan biri 1954 yilda tashkil etilgan bo'lib ular senzitiv guruhlar
deb nomlangan. 1970 yillarda Leypsig va Yen universitetlarida Monfret
Forverg rahbarligi ostida
ijtimoiy-psixologik trening usuli ishlab chiqildi. Bu trcningda sahna ko'rinishi elementlarini o‘z
ichiga olgan rolli o'yinlardan foydalanildi, ulaming maqsadi samarali muloqot ko‘nikmalarini
shakllantirishga qaratilgan edi.
Dostları ilə paylaş: