qilish va oldindan aytishni, pul miqdorini yillik o‘stirish sur’atlarining maqsadli
ko‘rsatkichlarini, kredit, foiz va valuta siyoatini amalga oshirish yo‘nalishlarini o‘z
ichiga oladi. Umumiy iqtisodiy tahlilning zarurl igiga sabab shuki, monetar siyosatni
ishlab chiqish va amalga oshirish barcha muhim makroiqtisodiy hodisalar; pulning qadr
sizlanishi, milliy ishlab chiqarishning umumiy qismi va mehnat resurslarining bandligi,
to‘lov balansi bilan chambarchas bog‘langan. Pul muomalasini boshqarib borish
vositalarini quyidagi chizmadan ko‘rish mumkin.
3-chizma
Minimal
majburiy
zaxiralar
siyosati
Qayta
moliyalashtirish
siyosati
Ochiq
bozor
siyosati
Undan tashqari, Markaziy bank foiz (diskont) siyosatini, targetlash va boshqa
usullardan foydalanib, pul massasini boshqarib bo rishi mumkin.
Muomaladagi pul massasining hajmini, banklarning likvidligini muvofi
qlashtirish va infl atsiya sur’atlarini tushirish maqsadida Markaziy bank tijorat banklari
uchun majburiy rezervlar me’yorini o‘rnatib berish siyosatini amalga oshiradi. Minimal
zaxiralar bu tijorat banklari resurslarining Markaziy bankda majburiy saqlanishi zarur
bo‘lgan qismidir. Majburiy rezerv miqdori tijorat bankining yig‘ilgan resurslariga
nisbatan foizda belgilanadi. Bu zaxira bevosita banklarning kreditlash imkoniyatini
chegaralasa-da, ularning minimal likvidligini ta’minlash omili bo‘lishi mumkin.
Majburiy zaxira me’yori hozirgi kunda O‘zbekistonda 20 foizni tashkil qiladi. Markaziy
bank tomonidan zaxira miqdori ba’zi bir omillarni hisobga olgan holda o‘zgartirilishi
mumkin, u omonatlarning hajmi, turi, muddatiga, banklarning boshqa majburiyatlariga
bog‘liq bo‘ladi.
Banklar Markaziy bankda majburiy zaxiralarni deponentlash tartibiga rioya
qilinishi uchun javobgardir. „Tijorat banklari tomonidan Markaziy bankda majburiy
Dostları ilə paylaş: