Tijorat banklarining kassa zaxiralarini jamg‘arish va saqlash. Muomaladagi
pul miqdori hajmini boshqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki jalb
qilingan pul mablag‘lari hajmiga qarab tijorat banklarida zaxiralarning muayyan koeffi
tsiyentlarini belgilaydi. Pul-kredit vositasida boshqarishning samaradorligi, uning pul
miqdori o‘sish sur’ati va tu zilmasiga, shuningdek, pulning qadrsizlanish darajasiga
ta’siri majburiy zaxiralash tizimining moslashuvchanligiga bog‘liq. Ko‘rib chi
qilayotgan Qonunning 28-moddasiga muvofi q majburiy zaxira lar alohida
hisobvarag‘ida naqd pul yoki omonatlar tarzida deponentga olinadi. Zaxiralash tizimi
tijorat banklariga likvidlik bilan bog‘liq qisqa muddatli muammolarni hal etish imkonini
beradi. Ayrim hollarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qaroriga binoan
majburiy zaxiralarga foizlar qo‘shib qo‘yilishi ham mumkin. Tijorat banklarining
mablag‘larini zaxiralash talablariga amal qilish borasida javobgarligini oshirish uchun
qonunda mo liyaviy sanksiyalar (53-modda) belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankiga to‘lanmay qolgan pulni qonunda belgil angan tartibda
so‘zsiz undirib olish, shuningdek, jarimalar solish huquqi berilgan.
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarini tashkil etish va ularning faoliyatini
olib borish „Banklar va bank faol iyati to‘g‘risida“gi Qonunga asoslanadi. Bu Qonunga
asosan O‘zbekiston Respublikasida banklar universal faoliyatni amalga oshiradilar.
Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, turli xilda kreditlar berish, qimmatli qog‘ozlar va
xorijiy valuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullanish, bo‘sh turgan pul mablag‘larini jalb etish,
hisob-kitoblarni amalga oshirish, kafolatlar berish va hokazolar tijorat bankining asosiy
faoliyat turlaridan hisoblanadi.
Odatda, O‘zbekistonda banklar aksiyadorlik jamiyati ko‘rinishida tashkil etiladi.
Aksiyadorlar bankning ustav fondiga qo‘shgan hissalariga qarab, bankning
majburiyatlariga javobgardirlar. Aksiyadorlar bank faoliyatini boshlash bosqichida
bankdan bank ta’sis qilinganda qo‘shgan hissalarini qaytarilishini talab qilish huquq iga
ega emaslar (ba’zi hollar bundan mustasno). Bu holat bank barqarorligini, ishonchliligini
tartibga solishda yordam beradi.
Bank Kengashi bank faoliyatining asosiy yo‘nalishini, kred it siyosati va
bankning boshqa rejalarini ko‘rib chiqish, daromad, xarajatlar, foyda rejalarini
tasdiqlash, sho‘balarni ochish yoki yopish masalalarini ko‘rib chiqish kabi masalalar
bilan shug‘ullanadi.
Bank boshqaruvi bank faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi. U aksiyadorlarning
umumiy yig‘ilishi va direktorlar kengashi oldida javobgardir. Bank boshqaruvi
boshqaruv raisi, rais o‘rinbosari va boshqa xodimlardan tarkib topgan. U o‘z faoliyatini
Nizom va yo‘riqlarga asoslangan holda amalga oshiradi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, bank kengashi va boshqaruvi – bankning
boshqaruv organlari hisoblanadi.
Bank kengashi omonatchilar va aksiyadorlarni himoya qilish maqsadida bank
faoliyatini, shu jumladan:
–
kreditlash va mablag‘larni investitsiyalash to‘g‘riligini nazorat qilish;
–
bank rahbarlarini ishga tayinlash va ishdan bo‘shatish;
–
bank kapitalining bir tekis o‘sib borishini ta’minlab turish;
–
bank siyosatini ishlab chiqish;
–
qonun hujjatlariga rioya qilishni ta’minlash va boshqa vazi-falarni amalga
oshiradi.
Bank kengashi a’zolari kamida besh kishidan iborat bo‘lishi lozim.
Aksiyadorlardan tashqari bank sohasi olimlari va mutaxassislari ham bank kengashi
a’zosi bo‘lishlari mumkin.
Bankka operativ rahbarlik qiluvchi va uning faoliyati uchun javob beruvchi bank
boshqaruvi bankning ijroiya organi hisoblanadi. Boshqaruv bank kengashi va
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi oldida hisob beradi.
|