3. Tijorat banklari faoliyatining tamoyillari
Tijorat banklarining mohiyati va ularning faoliyat ko‘rsatish asoslari ular
faoliyatini tashkil qilishning asosiy tamoyillarida o‘z ifodasini topadi.
1.
Tijorat banklarining kredit resurslarini yaratishda chetdan jalb qilingan
resurslarga tayanib ishlash tamoyili.
2.
Tijorat banklarining haqiqatda mavjud mablag‘lar chegarasida xizmat
ko‘rsatishi.
3.
Bank faoliyatining to‘la iqtisodiy mustaqilligi.
4.
Banklar faoliyatining tijorat tavsifi .
5.
Mijozlar manfaatini himoya qilish.
6.
Banklarning daromadliligi va ular faoliyatining universallashuvi.
Tijorat banklarining jalb qilingan mablag‘lar doirasida kred it resurslarini tashkil
qilish va ishlash tamoyili bank faoliyati ning poydevori hisoblanib, uning depozit va
omonatlarni jalb qilishga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi, passivlarni jalb qilish bo‘yicha
raqobat muhitining yuzaga kelishiga asos bo‘ladi. Undan tashqari chetdan jalb qilingan
va qo‘yilgan mablag‘lar mutanosibligi banklarda depozitlarni jalb etishga qiziqishni
kuchaytiradi va bu mablag‘lardan unumli foydalanishga asos yaratadi.
Tijorat bankining ikkinchi va asosiy tamoyillaridan biri bu haqiqatda mavjud
bo‘lgan mablag‘lar chegarasida xizmat ko‘rsatishdir. Tijorat banki boshqa bank vakillik
hisob raqamiga naqd pulsiz to‘lovni amalga oshirishi, boshqalarga kredit xizmatini
ko‘rsatishi va vakillik hisobvarag‘ida qolgan qoldiq chegarasida naqd pullik
operatsiyalarni bajarishi mumkin. Tijorat banklarining haqiqatda mavjud mablag‘lar
chegarasida faoliyat ko‘rsatishi deganda, bankning nafaqat o‘z resurs va kredit
qo‘yilmalarining mutanosibligi, balki bankning aktivlari bilan uning jalb qilingan
mablag‘lari o‘rtasidagi mutanosibligini ta’minlashi tushuniladi. Bunda avvalambor,
passivlar va aktivlar muddatlarining bir xilligi inobatga olinishi lozim. Binobarin, agar
bank mablag‘larni qisqa muddatga jalb etgan bo‘lsa va bu mablag‘larni uzoq muddatli
ssudalarga joylashtirsa, bankning majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga
oshira olishi birmuncha muammolar bilan bog‘liq bo‘lishi, bu esa o‘z navbatida
bankning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bank aktivida tavakkalchilik darajasi yuqori bo‘lgan ssudalar miqdorining
ko‘payishi, bankning resurslari hajmida o‘z mablag‘lari hissasining oshirilishini taqozo
qiladi. Shunga ko‘ra, bank faoliyatini tartibga soluvchi iqtisodiy normativlarni
aniqlashda bank aktivlarining passivlarga mutanosib bo‘lishini inobatga olish lozim.
Bank qonun doirasida o‘z resurslaridan mustaqil ravishda foydalanishi mumkin,
lekin uning aktiv operatsiyalari hajmini ma’muriy taqiqlov usullari bilan chegaralash
mumkin emas.
Ma’muriy cheklovlar bir martalik va favqulodli hollarda qo‘llanilishi mumkin.
Bu cheklovlarni doimiy tarzda qo‘llash bank ning tijorat asoslarining buzilishiga olib
keladi. Shunga ko‘ra, banklar faoliyatini tartibga solish uchun iqtisodiy me’yorlardan
keng foydalaniladi. Tijorat banklarining jalb qilingan mablag‘lar doirasida kredit
resurslarini tashkil qilish va ishlash tamoyili bank faoliyatining poydevori hisoblanib,
uning depozitlar jalb qilishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, passivlarni jalb qilish
bo‘yicha raqobat muhiti yuzaga kelishiga asos bo‘ladi.
Undan tashqari jalb etilgan va qo‘yilgan mablag‘larning mutanosibligi tamoyili
banklarda depozitlarni jalb etishga qiziqishini kuchaytirish va bu mablag‘lardan
unumliroq foydalanishga qaratilgan. Bu tamoyil asosida ishlash tijorat banklarining
likvidl igini oshirishga yordam beradi.
Uchinchi tamoyil bu bankning to‘la iqtisodiy mustaqilligidir. Bu tamoyilga
asosan bank o‘zining va jalb etilgan mablag‘lardan mustaqil foydalanishi, mijozlar va
omonatchilarni o‘zi mustaqil ravishda tanlashi, kredit siyosatini mustaqil tuzishi va
amalga oshirishi, foiz stavkalarini mustaqil o‘rnatishi va o‘zgartirishi, daromadlarni
mustaqil ravishda taqsimlashi va boshqa faoliyat turlarini mustaqil bajarishi mumkinligi
ko‘zda tutiladi. Banklar faoliyati to‘g‘risidagi amaldagi huquqiy me’yorlarga asosan
barcha tijorat banklari o‘z fond va daromadlaridan iqtisodiy jihatdan mustaq il
foydalanishlari mumkin.
Tijorat bankining soliq to‘lagandan keyingi qolgan foydasi aksiyadorlarning
umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofi q taqsimlanadi. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi
bankning har xil turdagi fondlarga ajratmalarining norma va miqdorini, aksiyalarga
to‘g‘ri keluv chi divident summasini belgilaydi.
Majburiyatlari bo‘yicha tijorat banki o‘z mablag‘lari va molmulki bilan javob
beradi. Tijorat banki o‘tkazadigan operatsiyalarning javobgarligini o‘z zimmasiga oladi.
Uchinchi tamoyil asosida tijorat banki va mijoz munosabatlari yotadi, ya’ni bank
bozor mezonlaridan, daromad, tavakkalchilik va likvidlik darajalaridan kelib chiqqan
holda ssuda beradi.
Tijorat banki faoliyatini olib borishning to‘rtinchi tamoyili bank faoliyatining
tijoratlashuvi bo‘lib, bunda banklarning tijorat obyekti vaqtincha bo‘sh turgan pul
mablag‘lari hisoblanadi. Bu pul mablag‘lari bankka tegishli bo‘lmagan bo‘lsa-da,
faoliyati davomida bank ularni o‘z nomidan joylashtiradi.
Bank tijorati kam investitsiya qilib ko‘proq daromad olish tamoyiliga
asoslangani uchun, uning majburiyatlarining passivlaridagi ulushi kam bo‘lishi kerak.
Tijorat banki kredit berish va investitsiyalarni moliyalashtirish jarayonida iloji
boricha ko‘p daromad olishni mo‘ljallaydi.
Undan tashqari bank faoliyatining xavfsizligi ham bank tijoratining asosidan
biri hisoblanadi. Bank har doim tavakkalchilik bilan bog‘liq faoliyat ko‘rsatadi. Bank
faoliyatida tavakkalchilik darajasi qancha kam bo‘lsa va xavfsizligi yuqori bo‘lsa,
bankning daromadi ham shuncha ko‘p bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar faoliyatining yana bir muhim tamoyili
shundaki, bank iqtisodiy tashkilot sifatida o‘zining kapitali, daromadi bilan tavakkal
qilishi mumkin, lekin u mijozning daromadi yoki kapitali bilan tavakkal qilishi mumkin
emas. Qisqacha qilib aytganda, bank faoliyati „hamma narsa mijoz uchun“ degan
tamoyilga asoslangan bo‘lishi kerak. Bu tamoyil bank mijoz uchun to‘laligicha javob
berish zarurligini bildiradi, uning daromadini ta’minlaydi.
Mijozlar tomonidan qaraganda bank har doim sherik tashkilot hisoblanadi.
Sheriklik munosabatlari ikki tomonning o‘zaro qiziqishl ariga va roziliklariga
asoslangan holda amalga oshirilishi loziml igi tufayli bank mijozlar manfaatini
ta’minlashni birinchi o‘ringa qo‘yishi kerak.
Tijorat banklari faoliyatining keyingi tamoyili bu banklar ko‘rsatadigan
xizmatlar va operatsiyalarning universallashuvi va diversifi katsiyasi bo‘lib, banklar
faoliyatining turli tarmoq va sohalarini qamrab olishini kam tavakkalchilik asosida
yuqori daromad olishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
Banklar qaysi mulk shakliga asoslanganligidan qat’i nazar ularning faoliyati
yuqoridagi tamoyillarga asoslanadi.
Oldingi paragrafda ta’kidlanganidek banklar aksiyador jamiyat kabi ochiq
turdagi yoki yopiq turdagi aksiyador banklar bo‘lishi mumkin. Aksiyadorlar safi ga
kirish aksiyalarni sotib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Huquqiy va jismoniy shaxslar
banklarning aksiyalarini sotib olishlari va aksiyador bo‘lishlari mumkin.
Ba’zi tijorat banklari paylar (badallar) hisobidan tashkil qilinishi mumkin. Bu
turdagi banklarning qatnashchilari ham huquqiy va jismoniy shaxslar bo‘lishi mumkin.
Xususiy banklar – jismoniy shaxslarning pul mablag‘lari hisobidan tashkil
qilingan banklar hisoblanadi.
Bajaradigan operatsiyalariga qarab tijorat banklari universal va maxsus
banklarga bo‘linadi.
Universal banklar xilma-xil operatsiyalar bajarish, har xil xizmatlarni amalga
oshirish xususiyatiga ega bo‘ladi. Maxsus banklar ma’lum yo‘nalishlarga xizmat
ko‘rsatib, o‘z faoliyatini shu yo‘nalishlarda yutuqlarga, samaradorlikka erishishga
bag‘ishlaydi. Bunday banklarga tarmoqlarga xizmat ko‘rsatuvchi banklar, eksport-
import operatsiyalarini olib boruvchi banklar, investitsiya banklari, Ipoteka-Zamin
banklarini kiritish mumkin.
Joylashish belgisiga qarab tijorat banklari: xalqaro, respublika, mintaqaviy,
viloyat banklariga bo‘linishi mumkin.
Tarmoqlarga xizmat ko‘rsatishiga qarab: sanoat, qurilish, qishloq xo‘jalik, savdo
va boshqa banklarga bo‘linishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning roli, ularning iqtisodiyotga ta’siri o‘sib
bormoqda. Kredit muassislari, aholi, korxona, tashkilotlar, kompaniyalarning bo‘sh pul
mablag‘larini yig‘ish va joylashtirishdan tashqari, korxonalarning xo‘jalik faoliyatini
takomillashtirishga yordam beradi va korxonalar faoliyatini kuzatib borishi mumkin.
Banklar va uning krediti yordamida mavjud kapital tarmoqlar o‘rtasida, ishlab
chiqarish va muomala sohasi o‘rtasida qayta taqsimlanadi.
|