(15.9 rasm)
haydovchi chorraha orqali harakatlanishni tugallayotgan transport vositalari va
qatnov qismidan tegishli yo’nalishda o’tishni tugallayotgan piyodalarga yo’l
berishi shart (15.9 rasm).
Tartibga solinmagan chorrahalar
Transport oqimi zich va serqatnov bo’lmagan yo’llarning kesishmasidagi
chorrahalarda harakatlanish tartibini imtiyoz belgilari, ular bo’lmaganida
haydovchilarning o’zlari o’zaro yo’lning qoplamasi bor-yo’qligiga, chorrahaga
yaqinlashayotgan transport vositasining o’ng va chap tarafda joylashganligiga
qarab belgilaydilar.
Svetofor yoki tartibga soluvchi bo’lmagan va shu qatori svetoforning
miltillovchi sariq ishorasida svetofor ishlamayotgan chorrahalar tartibga
solinmagan chorraha hisoblanadi.
Chorrahalar yo’llarning ahamiyatiga (darajasiga) qarab, teng axamiyatli va
teng ahamiyatli bo’lmagan yo’llar kesishadigan chorraxalarga bo’linadi.
Teng ahamiyatli bo’lmagan yo’llar kesishgan chorraha imtiyoz belgilari
bilan belgilangan yoki qoplamasi bor va qoplamasi yo’q yo’llarning kesishmasi
hisoblanadi.
Teng axamiyatga ega bo’lmagan yo’llar kesishgan chorrahada asosiy
yo’lning yo’nalishi o’zgarmagan yoki o’zgargan bo’lishi mumkin. Asosiy yo’lning
yo’nalishi o’zgargan bo’lsa, chorraha «asosiy yo’lning yo’nalishi» belgisi bilan
ta’minlanadi. Bunday chorrahaga yaqinlashayotgan haydovchi chorrahada imtiyoz
berilgan yo’nalishni aniqlay olishi kerak.
Chapga yoki o’ngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yo’lning qatnov
qismidan o’tayotgan piyodalarga, shuningdek, velosiped yo’lkasidan yo’lni kesib
o’tayotgan velosipedchilarga yo’l berishi kerak.
15.9. Teng ahamiyatga ega bo’lmagan yo’llar kesishgan chorrahada, keyingi
(15.10 rasm)
harakat yo’nalishidan qat’i nazar, asosiy yo’ldan kelayotgan transport vositasiga
ikkinchi darajali yo’ldan kelayotgan transport vositasining haydovchisi yo’l berishi
kerak (15.10 rasm).
Teng ahamiyatli yo’llar kesishmasi – «Teng ahamiyatli yo’llar kesishmasi»
(1.6) belgisi bilan ta’minlangan yoki ta’minlanmagan qoplamali yoxud qoplamasiz
yo’llarning kesishuvi.
2.05.02–85 – Qurilish normalari va Qoidalarga asosan ikkinchi darajali
yo’lning chorrahaga tutash qismini qoplamalashtirish ko’zda tutilgan, lekin bu uni
asosiy yo’l bilan teng xuquqli qila olmaydi.
15.10. Teng ahamiyatga ega bo’lgan yo’llar kesishgan chorrahada relssiz
transport vositasining haydovchisi o’ngdan kelayotgan transport vositalariga yo’l
berishi shart (15.11 rasm).
(15.11 rasm)
Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o’zaro amal qilishlari kerak. Bunday
chorrahalarda, keyingi harakat yo’nalishidan qat’i nazar, tramvay relssiz transport
vositalariga nisbatan oldin o’tish huquqiga ega bo’ladi.
Tirbandlik tufayli to’xtashga majbur bo’lgan haydovchi, agar u ko’ndalang
yo’nalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga to’sqinlik qiladigan bo’lsa,
uning chorraha yoki qatnov qismlari kesishmasiga kirishi taqiqlanadi.
15.11. Asosiy yo’lning yo’nalishi chorrahada o’zgarganda, asosiy yo’lda
harakatlanayotgan haydovchilar o’zaro teng ahamiyatli yo’llar chorrahasidan o’tish
qoidasiga amal qilishlari kerak (15.12 rasm).
Ikkinchi darajali yo’llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o’zaro shu
qoidaga amal qilishlari lozim.
15.12. Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining
haydovchisi teng ahamiyatli yo’ldan qarama-qarshi yo’nalishdan to’g’riga yoki
o’ngga harakatlanayotgan, shuningdeq ruxsat etilgan hollarda quvib o’tayotgan
transport vositalariga yo’l berishi shart. Bu qoidaga (15.13
rasm)
tramvay haydovchilari ham o’zaro amal qilishlari kerak (15.13 rasm).
15.13. Agar haydovchi o’zi haraktlanayotgan yo’lning qoplamasi bor-
yo’qligini aniqlay olmasa (qorong’i vaqt, loy, qor, va h.k.) va imtiyoz belgilari
bo’lmasa, unda u o’zini ikkinchi darajali yo’lda deb hisoblashi kerak. Bunga:
birinchidan, – qor yoki muz ostida yo’lning qoplamasi bor yoki yo’qligini
aniqlab bo’lmaydi. Shu sababli haydovchi chorrahani teng ahamiyatlimi, yo’qmi
aniqlay olmaydi.
Ikkinchidan, – ba’zi sabablarga ko’ra (qurilish ishlari, yo’lni ta’mirlash va
shunga o’xshash) imtiyoz belgilari olib qo’ylgan yoki yo’qolib qolgan bo’lishi
mumkin.
Mana shu ikki holatda haydovchi yuqorida aytilganlarga amal qilishi kerak.
16. Piyodalarning o’tish joylari va belgilangan yo’nalishdagi transport
vositalarining bekatlari
Piyodalarning o’tish joylari er ostidan, er ustidan va qatnov qismining
yuzasidan bo’lib, uchinchisida piyoda va transport vositalarining yo’llari
(yo’nalishi) kesishadi, bu esa yo’llarda harakatlanish xavfsizligiga tahdid soladi.
Piyodalar harakat tartibga solinmaydigan piyodalar o’tish joylarida qatnov
qismini kesib o’tishdan avval, yaqinlashib kelayotgan transport vositalarini
o’tkazib yuborib, o’tish o’zlari uchun xavfsiz ekanligiga ishonch hosil
qilganliklaridan so’ng yo’lning qatnov qismlariga chiqishlari mumkin.
16.1. Transport vositasining haydovchisi tartibga solinmagan
piyodalar o’tish joyida qatnov qismidan o’tayotgan piyodalarga yo’l berishi shart
(16.1 rasm).
Bunda qatnov qismida harakatlanishni tugallayotgan yoki xavfsizlik
orolchasi, qarama-qarshi yo’nalishdagi transport oqimlarini ajratuvchi chiziqqa
yaqinlashib kelayotgan piyodalar tushuniladi (YHQ 5.6).
(16.1 rasm)
(16.2 rasm)
Ikkinchi suratda ko’rsatilganidek harakatlanishni boshlayotgan piyoda engil
avtomobil haydovchisiga yo’l berishi kerak (16.2 rasm) Ushbu holatda piyoda o’z
harakatini svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida
boshlashi kerak.
16.2. Agar tartibga solinmagan piyodalar o’tish joyi oldida transport vositasi
harakatni sekinlashtirsa yoki to’xtasa, qo’shni bo’laklarda harakatlanayotgan
boshqa haydovchilar bu transport vositasi oldida piyodalar yo’qligiga ishonch hosil
qilganlaridan so’nggina harakatlanishni davom (16.3 rasm)
ettirishlari mumkin (16.3 rasm)
Suratda ko’rsatilganidek, o’tish joyida piyoda bo’lsa, haydovchi tezlikni
pasaytirib, kerak bo’lsa to’xtab yo’l berishi kerak .
16.3. Tartibga solingan piyodalar o’tish
joylarida haydovchilar svetoforning ruxsat etuvchi
ishorasi yongan taqdirda ham piyodalarga qatnov
qismini
shu
yo’nalishda
kesib
o’tishni
(16.4 rasm)
tugallashga imkon berishlari kerak (16.41 rasm) 16.1 da aytilganidek, bu o’rnida
harakatni tugallayotgan piyodalar tushiniladi.
16.4. Agarda, piyodalar o’tish joylaridan
keyin paydo bo’lgan tirbandlik tufayli haydovchi
piyodalar o’tish joyida to’xtashga majbur bo’ladigan
bo’lsa, unda piyodalar o’tish joylariga kirish
taqiqlanadi (16.5 rasm).
16.5. Barcha hollarda, shu jumladan, piyodalar o’tish joylaridan tashqarida
ham haydovchi oq hassa bilan ishora berayotgan
ko’zi ojiz piyodalarni o’tkazib yuborishi kerak.
16.6. Agar yo’lovchilarni tushirish yoki
chiqarish qatnov qismida yoki unda joylashgan
maydonchada amalga oshirilayotgan bo’lsa,
haydovchilar bekatda to’xtagan belgilangan
(16.6 rasm)
yo’nalishdagi transport vositasiga chiqish uchun borayotgan yoki undan
kelayotgan piyodalarga yo’l berishi kerak (16.6 rasm).
Yo’l berish uchun to’xtagan transport vositalari piyodalar o’tib bo’lgan
zahoti harakatni davom ettirishlari mumkin.
16.7. «Bolalar guruhini tashish» taniqli belgisi
o’rnatilgan transport vositasi to’xtab turganda, unga
yaqinlashayotgan
haydovchi
harakat
tezligini
kamaytirishi, zarur bo’lsa to’xtashi va bolalar
guruhini o’tkazib yuborishi kerak. (16.7 rasm)
Nazorat savollari:
1. Chorraha nima?
2. Tutashma nima?
3. Chorrahaning xududi qanday belgilanadi?
4. Qanday chorrahalar teng ahamiyatli?
5. Qanday chorrahalar teng ahamiyatsiz?
6. Qanday hollarda piyodalarga yo’l berish kerak?
Dostları ilə paylaş: |