5
Yakka shakli. O‘quvchilarning individual xususiyatlarini aniqlagan holda
qo‘shiqlar o‘rgatish, cholg‘u asboblarida ijro qilish malakalarini shakllantirish,
shuningdek musiqa fanidan ko‘rgazmali qurollar tayyorlash.
Sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarning musiqa
faniga bo‘lgan qiziqishlari oshadi va u ta’lim-tarbiya berish tizimining tarkibiy
qismiga aylanadi. Hozirgi davr talablari bunday ishlarga yanada ko‘proq ahamiyat
berishni talab etadi. Sinfdan tashqari ishlar tizimi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan va
o‘zaro ta’sir qiluvchi shakl, metod va sinfdan tashqari faoliyat turlarini o‘z ichiga
oladi. Ularning hammasi umumiy bir maqsadga ya’ni ― Komil inson tarbiyasiga
qaratilgan. Komil inson tarbiyasini amalga oshirilishida sinfdan va maktabdan
tashqari mashg‘ulotlar maqsadini to‘g‘ri belgilash muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: