Academic Research in Educational Sciences volume 3


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix29.03.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#90904
1   2   3   4   5   6   7
soya-o-simligining-morfo-biologik-xususiyatlari-yer-shari-bo-ylab-tarqalishi-va-jahon-bozoridagi-iqtsodiy-ahamiyati

Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-174-180 
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 177 www.ares.uz 
Hozirgi kunda soya o’simligining erta pishar, o’rta pishar, kech pishar navlari 
mavjud. Erta pishar navlari 90-100 kun, o’rta pishar navlari 110-120 va kech pishar 
130-140 kun ichida pishib yetiladi. O’simlikning vegetatsiya davri o’sish va 
rivojlanish, unib chiqish, shonalash, g’ujlanish, gullash, pishish, kabilarni o’z ichiga 
oladi. Soya o’smligining doni bo’rtishi va unib chiqish uchun quruq vazniga nisbatan 
130-160 % suv talab qiladi. Don bo’rtgandan keyin 2-3 kun ichida murtaklar 
rivojlanadi. So’ya o’simligining urug’palla barglari urug’ ekilgandan 7-8 kun o’tib 
yer yuziga chiqadi. Dastlabki bir hafta mobaynida murtak ildizchasi va urug’palla 
poyachasi urug’ hisobidan oziqlanib o’sadi. Soya o’simligi boshlang’ich vegetatsiya 
davrida sekin rivojlanadi. Unib chiqqan soya 20-25 kun mobaynida 15-20 sm gacha 
o’sadi. Soyaning uch qo’shaloq bargi o’simlik unib chiqqandan 5-7 kundan so’ng 
hosil bo’ladi. Keyingilari 4-6 kunda paydo bo’ladi [12]. 
Soyaning gullash fazasi naviga, turli iqlim sharoitiga va ekish muddatiga qarab, 
to’liq unib chiqqandan keyin 35-40 kunda boshlanadi. Gullash birinchi bo’lib, 
poyasining pastki asosiy shoxlaridan boshlanadi va yuqoriga qarab ochilib boradi. 
Meva tugishi ham shu tartibda ro’y beradi. Gullashidan to dukkaklari yetilib 
pishguncha 40-60 kun o’tadi. Doni esa 15-20 kunda to’liq pishib yetiladi. Donli 
ekinlar orasida soya suvga nisbatan talabchan o’simlik hisoblanadi. Soyadan yuqori 
hosil olish uchun uning namga bo’lgan talabini to’liq qondirish kerak. Bir gektar 
yerga ekilgan soya vegetatsiya davrida 3200 m

dan 5500 m
3
gacha suv sarflaydi 
[13]. Soyaning transperatsiya koeffitsenti yetishtirilgan sharoitiga qarab 400 dan 600 
gacha o’zgarib turadi. Donli ekinlar ichida faqatgina soya yuqori nam sharoitda ham
o’sa oladi. Gullashi, dukkak hosil qilishi, dukkaklarni to’lishish fazalarida butun 



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin