ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Boshqa davlatlar qatori O’zbekistonda ham so’ngi yillarda soya o’simligini
yetishtirishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Masalan, soya ekinlari maydonini
kengaytrish, tuproq-iqlim sharoitiga mos keluvchi, zararkunandalarga chidamli
navlarni yaratish va uni yetishtirishni yanada takomillashtirish bo’yicha qator qarorlar
qabul qilinmoqda. Bundan maqsad esa soyaning keng tarmoqda ishlatilishi
Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-174-180
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 175 www.ares.uz
hisoblanadi. Asosan soya oziq ovqatda, texnikada, sut, qandolat mahsulotlari ishlab
chiqarishda, konserva tayyorlashda keng foydalaniladi. Bundan tashqari chorva
mollari va parrandalar uchun sifatli oziq vazifasida qo’llaniladi. Soyaning bunday
ko’p sohada ishlatilishi uning tarkibi bilan bog’liq hisoblanadi. Ya’ni soya o’simligi
tarkibida 30-52%, oqsil 17-27% moy, 20% gacha karbon suvlar mavjud hisoblanadi.
Soya o’simligining oqsili boshqa dukkakdoshlar oilasi vakillaridan ozroq farq qiladi,
ya’ni suvda yaxshi eriydigan, yengil hazm bo’ladigan yuqori sifatli bo’lib tarkibida
glitsin aminokislotalar ko’p bo’ladi va aminokislotalar tarkibi bo’yicha go’sht
oqsiliga yaqin bo’ladi [6].
Soya o’simligi oqsillarning asosiy 70% qismini globulinlar tashkil qiladi va
qo’shimcha funksiyalarga ega bo’ladi. Soya o’simligi oqsilining boshqa bir qismini
albuminlar tashkil qiladi. Ular sutruktura va fermentativ funksiyalarni bajaradi [7, 8].
Soya o’simligining ahamiyatli jihatlaridan yana biri donidan yog’ olinishi
hisoblanadi. Aniqlangan ma’lumotlarga ko’ra jahon miqyosida o’simliklardan
olinadigan moyning 40% soya o’simligi moyi hissasiga to’gri keladi[6]. Soya
tarkibidagi uglevodlarga to’xtaladigan bo’lsak, uglevodning asosiy qismini
kraxmalsiz polisaxaridlar tashkil qiladi. Lekin uning tarkibida oligosaxaridlar ham
mavjud hisoblanadi [9].
Soya o’smligi bir qator zamonaviy tekshirish usullaridan so’ng olimlarning
fikriga ko’ra soya janubiy-sharqiy Osiyo va sharqiy Afrika, Avstraliya mintaqasidan
kelib chiqqan degan farazni olg’a sursa boshqa bir olimlar esa soyaning asl kelib
chiqshini Xitoyning ba’zi hududlaridan, Koreya yarim orolidan Nepal, Hindiston va
Yevropaning ba’zi hududlaridan kelib chiqqan deyiladi. Yuqoridagi olimlar
farazlarini birlashtiradigan bo’lsak, soyaning asl kelib chiqishi Xitoy provinsiyalariga
va Koreya, Yaponiyaga to’g’ri keladi. Hozirgi kunda dunyo miqyosida Argentina
ekin maydoni bo’yicha birnchilikni qo’ldan boy bermaydi. Ushbu mamlakatda
soyaning ekin maydoni 19418,8 ming gektarni tashkil etadi . Hosildorlik jihatidan esa
25,3 s/ga ,yalpi hosildorlik esa 49309 mln tonnani tashkil qiladi. Boliviya ham
Argentinadan qolishmaydigan ekin maydoniga ega hisoblanib, 1237700 ming gektar,
hosildorligi 18,9 s/ga, yalpi hosildorligi 2347,2 mln tonnani tashkil etadi. Braziliyada
ekin maydoni 27964,9 ming gektar, hosildorlik 29,3 s/ga, yalpi hosildorlik 81699,7
mln tonnani tashkil qiladi. Kanadada ekin maydoni 1819600 ming gektar, hosildorlik
28,5 s/ga, yalpi hosildorlik 598400 mln tonna hisoblanadi.
Xitoy bu ko’rsatkichlar bo’yicha Rossiyadan oldinda turadi, ya’ni 6600 ming
gektar ekin maydoniga,18,9,s/ga hosildorlikka, 125000mln tonna yalpi hosildorlikka
|