Unli tovushlar
Unli tovushlarni ifodalash uchun quyidagi transkripsion belgilar olingan.
Ular sheva materiallarini yozib olishda ishlatiladi:
б – umumturkiy orqa qator, lablanmagan [a] unlisi. Qipchoq guruhidagi
ohangdosh shevalarning hammasida uchraydi: vaqt, ata, hamъt, ag‘ am.
ə – old qator, lablanmagan keng unli.U o‘zbek xalq shevalarining deyarli
hammasida uchraydi: כּkə , kכּttə (Toshkent), əkə , kכּttə (Qo‘qon) , dəsyכּr.
כּ – orqa qator, lablanmagan ochiq unli tovush. U ko‘pincha shahar va
shahar atrofidagi shevalarda uchraydi: dכּn, nכּn, כּtə, bכּlə, mכּshъn.
e (ye) – til old qator, lablanmagan tor unli bo‘lib, shahar va shahar tipli
shevalarda uchraydi: kel, bedə , terək , yenвъ , kesak, yechkъ , teskərъ , kerək.
e – til old qator, lablanmagan, ochiq [e]unlisi. Bu fonema ohangdoshlik
xususiyatiga ega bo‘lgan shevalarda qo‘llaniladi: eshik, echki, elək , mergən.
є – old qator unli , lablanmagan [e] unlisining ochiq varianti.Bu esa [e]
va [ə] o‘r tasidagi bir tovush bo‘lib, Xorazmda gєl, gєt , gєrək , Namanganda
nєməsъ , bєli tarzida aytiladi.
i – til oldi unli. U odatdagi turkiy so‘zlarda uchraydigan lablanmagan
tovushdir. Ohangdosh shevalarda mustaqil fonema hisoblanadi: tish, kiyim,
ilgari, bittə , kitəp .
ъ – lablanmagan unli. U tor unli tovush, [i] va [ы ] tovushlarining
birlashishi natijasida kelib chiqqan. Ь fonemasi shahar va ularga yaqin
shevalarda qo‘llaniladi: kъshъ, ъkkъ, bъz, kъm, kъr, kъrъm, chъvъn,
bъlməydъykən.
ы – lablanmagan unli. U tor unli tovush bo‘lib, i unlisiga yaqin talaffuz
etiladi va chuqur til orqa tovushlaridan bo‘lgan q, g‘ , x tovushlari bilan
yonmayon keladi. Ы – unlisi shahar va shahar atrofi shevalarida uchraydi: qыrq,
qыsh, qыzыq, mыx, /ыsh(/ыsht ).
17
u – orqa qator, lablangan unli.Turkiy tillarda mustaqil fonema sanaladi.
Bu unli o‘zbek xalq shevalarining hammasida ishlatiladi: כּ luvkən, tumshuq,
ulug‘ , quyruq, murun.
y – til oldi qator, lablangan unli. U ohangdoshlik qonuni saqlangan
o‘zbek xalq shevalarida uchraydi: kyi, gyi, yo‘l, jaylandi, ych, pyl.
o – til orqa qator, lablangan unli fonema(rus-kril yozuvida bu unli “ў”
bilan ifodalanadi). Barcha shevalarda mustaqil holatda qo‘laniladi: Oraq
qolыnы qoyыp, bir ming yuz on somga qoy כּ ldы, gosala.
ө – til old qator, lablangan unli. Bu ham ohangdosh o‘zbek shevalarida
ishlatiladi: kөl, bөlə, bөlim, kөr, kөz, gөr, kөmъr.
o‘ (oldingi yozuvdagi “ў”) – lablangan tovush. Bu unli [o] bilan [ө]
orali-g‘idagi tovush bo‘lib, shahar va shahar atrofidagi shevalarda uchraydi:
qo‘l, bo‘l, bo‘luv, to‘lov, o‘zlik. Shunday qilib, unlilarni ifodalash uchun
yuqorida qayd etilgan singari belgilar ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |