Undosh tovushlar
Ilmiy yozuv sanaladigan transkripsiyada b, d, z, m, n, p, r, s, t, sh
undoshlari o‘zgarishsiz, o‘z holicha ishlatiladi. Qolgan undosh tovushlar esa
quyidagi transkriptsiyon belgilar bilan berilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi:
v – lab-lab ; [v] lab-tish undoshi uchrab qolsa, uni alohida izohlash kerak:
vכּh, כּvqat,buvə, buvi, təv // tכּv, elluv(ellik), chivin, jכּvlik // jəvlik, baruvdыm.
y - ruscha [y] tovushiga nisbatan torroq talaffuz qilinadigan tovush:
yəvכּn, kuyəv, qəynəgəchi, qəynənə, qəynətə, əyə, qoy, zəynəvi, yozgəchən,
yorək, həyunchək.
g‘ - chuqur til orqa, sirg‘aluvchi tovush: qulכּ g‘ъ, כּg‘aynъ, g‘alvir,
sarig‘ , g‘əm.
g - sayoz til orqa, portlovchi tovush: gөz, gul, go‘sh, gap, gavda, gazet
(gazeta), gəvhər.
j - sirg‘aluvchi undosh: ajdar, jurnal, jaqti, jaqыn, jog‘ ari, jora, jol.
dj yoki җ - qorishiq undosh: җol yoki djol, jajar(tor yoriq joy).
q - chuqur til orqa , portlovchi tovush: shutanaq, qaychы, sig‘anaq (och-
ko‘z).
k - sayoz til orqa, portlovchi tovush: kərъm, kөch, ko‘kazan (xasis).
l - til orqa: altыn, lכּlə, ləchirə, lingi(kasalmand), lapa (konvert), kol.
l - til oldi, yumshoq: kyl, kel, bil, jilli(iliq), til,lכּvqi(sust eshak), singil.
ң - til orqa, burun tovushi: kongil, ishiң , məңə qara, havlaki (befarosat).
f - lab-lab va lab-tish: tuf, puf.
ch - qorishiq tovush: chəy, ъchək, chorsillagan (ishchan).
x - chuqur til orqa, sirg‘aluvchi tovush: xamыr, Xכּlmat.
h - bo‘g‘uz tovushi: hamma ,həylə, əvhəl, haltannan(hozirdan).
Diakritik belgilar va boshqa shartli belgilar
18
. - ( nuqta) , : ( ikki nuqta) va ... ( ko‘p nuqta) belgidan keyin qo‘y ilib ,
unlilarning cho‘ziqligini bildiradi.
, - lenis , g‘ undoshining yoniga qo‘yilib, bu undoshning ( g‘, )
talaffuzida portlashni anglatadi.
ъ – asper, “g” ning yoniga qo‘yilib (gъ ), spirantizatsiyani, ya‘ni shu
tovushning sirg‘aluvchi ekanligini ifodalaydi.
/ - akut, belgining o‘ng tomoniga qo‘yilib, ( l/ ), palatalazatsiya ( yum-
shalishini) ko‘rsatadi.
> belgisi – nutq tovushining boshqa nutq tovushiga o‘tish hodisasini
bildiradi.
< belgisi – nutq tovushining boshqa nutq tovushi ta’sirida o‘zgarish
hodisasini ko‘rsatadi.
// belgisi – tovushlarning almashinishi va ikki faktning parallel
qo‘llanishini anglatadi.
( ) – kichik qavs – shart bo‘lmagan, nutqda tushib qoladigan elementni
ko‘rsatadi.
[ ] - o‘rta qavs – umumiy matndan Transkripsiya qilingan so‘zlarni ajratib
ko‘rsatish uchun ishlatiladi.
~ - turli darajadagi qisqarish va kuchsizlanishni ifodalaydi.
Transkripsiyada ma’lum bir sheva materiallarini yozib olishda
quyidagilarga jiddiy e’tibor bеriladi:
1. Har bir tovush bir bеlgi bilan ko‘rsatiladi, ya‘ni adabiy tildagi kabi
ikki tovushni bir bеlgi bilan ko‘rsatish amalda qo‘llanmaydi. Masalan,
ya,yu,ya,yo. Bu harflar adabiy tilda qo‘llanadigan harflar bo‘lib, rus-krill
yozuvida grafеmalar hisoblanadi.
2. Bir bеlgi doim bir tovushni bildiradi. U adabiy tildagi kabi ikki bеlgi bir
tovushni bildirmasligi kеrak. Masalan: ng(n,) kabi.
3. Turli diakritik bеlgilar (qo‘shimcha bеlgilar) ham qo‘llaniladi. Bunday
bеlgilar asosan ostki va ustki bеlgilardir, lеkin ba’zan o‘rtada ham bo‘ladi.
Masalan: כּlam, q, g‘, o, o‘, h va boshqalar.
4. Unlilarning yumshoqligini bildirish uchun ustiga ikki nuqta qo‘yiladi
yoki a unlisi o‘rnida ə harfi qo‘yiladi, yoziladi. Masalan: pəkənə, gəp va
boshqalar.
5. Undoshning yumshoqligini bildirish uchun yuqoridan uning o‘ng
tarafiga kichik bеlgi qo‘yiladi. Masalan: b’ir, k’im va boshqalar.
6. Unlining ustidagi to‘g‘ri chiziq uzunlikni, botiq chiziq esa qisqalikni
bildiradi. Agar bu bеlgilar bo‘lmasa, unli, odatdagidеk, mе’yoriy, o‘rta holatda
bo‘ladi. Masalan: kъm, въm, sъm.
7. Nutq tovushlarning qattiqligi ham ko‘rsatiladi: i - ы; a - a. Masalan,
bыqыn, qavכּq, qasmaq(ovqatning qozonga yopishgani), qыz (qiz), go‘sht va
boshqalar.
8. Tovushlarning tushishi ham kichik qavs bilan ifodalanadi. Masalan:
bכּlələ (r), sh: ər (h).
19
9. Urg‘u ham odatdagidеk ko‘rsatiladi: Masalan: sənכּ ətъmъz.
Hozirgi alifibo (rus-krill alifibosi asosidagi o‘zbek yozuvi va yangi o‘zbek
yozuvi) asosida tuzilgan amaliy yozuvdagi bеlgilar bu fanda qo‘llanadigan
trans-kriptsiya uchun xizmat qiladi. Shu bilan birgalikda o‘zbek shеvalariga xos
bo‘lgan ba’zi bir nutq tovushlarini aniq ifodalash uchun qo‘shimcha bеlgilar
ishlatiladi.
Transkripsiyada (rus-krill yozuvidagi) “yo”lashgan harflar quyidagicha
tarzda beriladi: ю - yu: я - ya, ye: е - е(ye,yе): ё - yכּ (yо ).
Dostları ilə paylaş: |