Va ahamiyati



Yüklə 448,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/41
tarix30.03.2023
ölçüsü448,66 Kb.
#91354
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41
axbo tex

Savol va topshiriqlar 
1.Fayllarni arxivlash deganda nimani tushunasiz? 
2.Arxivlash dasturlariga misol keltiring. 
3.Fayllarni arxivlashda ularninghajmi qanchaga qisqaradi? 
4.Arxivlash dasturlarining farqini tushuntiring. 
 
Fayllarni arxivlash va arxiv fayllarni ochish 
Fayllarni arxivlash bilan ARJ dasturi misolida tanishib chiqamiz. 
Agar MATN katalogidagi fayllarni arxivlash lozim bo'lsa, 
arj a matn 
ko'rinishida buyruq beriladi. 
Bu yerda arj arxivlash dasturining nomi, a — «add» (qo'shimcha qilmoq) 
so'zidan olingan arxivni tuzish yoki mavjud arxivga fayllarni qo'shimcha qilish 
amalini anglatuvchi ko'rsatma, matn esa hosil qilinadigan arxiv faylning nomi. 
Mazkur buyruq berilgandan so'ng fayllarni arxivga joylashtirish boshlanadi 
va bunda har bir faylning nomi hamda uning siqilish foizi ko'rsatib boriladi. 
Dastur ishi tugagandan so'ng, katalogdagi barcha fayllarni o'z ichiga olgan 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


matn.arj arxiv fayli hosil bo'ladi. (Fayl nomidagi arj kengaytmani arxivlash 
dasturining o'zi qo'shadi.) 
Mazkur buyruq LHarc arxivlash dasturi uchun 
LNarc a matn 
ko'rinishida, PKZIP arxivlash dasturi uchun 
Pkzip — a matn 
ko'rinishida bo'ladi. Buyruqlar mos ravishda matn.lzh va matn.zip 
fayllarini hosil qiladi. 
Joriy katalogdagi fayllarni bir buyruq yordamida boshqa katalog yoki 
boshqa diskka arxivlash ham mumkin. Buning uchun buyruq ko'rinishi 
quyidagicha bo'ladi: 
arj a c:\archive\matn yoki arj a a:\matn 
Birinchi buyruq matn.arj faylini С diskdagi ARCHIVE katalogi-da, ikkinchi 
buyruq A diskning bosh katalogida hosil qiladi. 
Arxivdagi fayllarning yangiroq versiyasi ustiga eskiroq versiyasini yozmaslik 
uchun arxivniyangilash amali mavjud. Bu maqsadda 
arj u matn 
ko'rinishidagi buyruqdan foydalaniladi. U harfi updute («обновить» — 
yangilash) so'zidan olingan bo'lib, buyruqning bajarilishida matn.arj fayliga 
katalogdagi unda yo'q bo'lgan fayllar va yangiroq versiyasi mavjud bo'lgan 
fayllar qo'shiladi. Fayllar versiyasining yangiligi ular diskka saqlangan vaqt 
bo'yicha aniqlanadi. (Bu kompyuterlarda vaqtni to'g'ri o'rnatishni taqozo 
etadi.) 
Arxiv fayl ichidagi ma'lumotlarni yo'qotgan holda katalogdagi barcha 
fayliarni arxivga joylashtirish ham mumkin. Bunda buyruq 
arj m matn 
ko'rinishida bo'ladi. 
Yuqoridagi buyruqlar kiritilgach, ular ko'rsatilgan amallarni bajarishga 
kirishadilar. Ekranda arxivga kiritilayotgan fayllar nomlari tasvirlanadi. Har bir 
faylni «siqishda» faylning qayta ishlangan foizi yoki bu jarayonni ko'rsatuvchi 
gorizontal chiziqcha hosil bo'ladi. Faylni arxivlash tugatilgach, uning qarshisida 
siqilish darajasi haqida xabar chiqariladi. Shuni ta'kidlash kerakki, ARJ va 
PKZIP dasturlari siqilish darajasi haqidagi xabarni turli xilda ko'rsatadi. 
Masalan, agar dastlabki faylni 10 marta «siqilsa» ARJ dasturi ishi tugagach 10% 
ni («siqilgan» fayl uzunligining fayl uzunligiga nisbati), PKZIP esa 90% ni 
(faylni arxivga joylashtirishda necha foizga «siqilishini») ko'rsatadi. 
Arxivni ochish, ya'ni undagi fayllarni olish uchun yuqoridagi buyruqda a 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


harfi o'rniga e («extract» so'zidan olingan — «извлечь» - chiqarish) harfi 
qo'yiladi. 

Yüklə 448,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin