Savol va topshiriqlar 1.Fayllarni arxivlash deganda nimani tushunasiz?
2.Arxivlash dasturlariga misol keltiring.
3.Fayllarni arxivlashda ularninghajmi qanchaga qisqaradi?
4.Arxivlash dasturlarining farqini tushuntiring.
Fayllarni arxivlash va arxiv fayllarni ochish Fayllarni arxivlash bilan ARJ dasturi misolida tanishib chiqamiz.
Agar MATN katalogidagi fayllarni arxivlash lozim bo'lsa,
arj a matn ko'rinishida buyruq beriladi.
Bu yerda arj arxivlash dasturining nomi, a — «add» (qo'shimcha qilmoq)
so'zidan olingan arxivni tuzish yoki mavjud arxivga fayllarni qo'shimcha qilish
amalini anglatuvchi ko'rsatma, matn esa hosil qilinadigan arxiv faylning nomi.
Mazkur buyruq berilgandan so'ng fayllarni arxivga joylashtirish boshlanadi
va bunda har bir faylning nomi hamda uning siqilish foizi ko'rsatib boriladi.
Dastur ishi tugagandan so'ng, katalogdagi barcha fayllarni o'z ichiga olgan
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
matn.arj arxiv fayli hosil bo'ladi. (Fayl nomidagi arj kengaytmani arxivlash
dasturining o'zi qo'shadi.)
Mazkur buyruq LHarc arxivlash dasturi uchun
LNarc a matn ko'rinishida, PKZIP arxivlash dasturi uchun
Pkzip — a matn ko'rinishida bo'ladi. Buyruqlar mos ravishda matn.lzh va matn.zip
fayllarini hosil qiladi.
Joriy katalogdagi fayllarni bir buyruq yordamida boshqa katalog yoki
boshqa diskka arxivlash ham mumkin. Buning uchun buyruq ko'rinishi
quyidagicha bo'ladi:
arj a c:\archive\matn yoki arj a a:\matn Birinchi buyruq matn.arj faylini С diskdagi ARCHIVE katalogi-da, ikkinchi
buyruq A diskning bosh katalogida hosil qiladi.
Arxivdagi fayllarning yangiroq versiyasi ustiga eskiroq versiyasini yozmaslik
uchun arxivniyangilash amali mavjud. Bu maqsadda
arj u matn ko'rinishidagi buyruqdan foydalaniladi. U harfi updute («обновить» —
yangilash) so'zidan olingan bo'lib, buyruqning bajarilishida matn.arj fayliga
katalogdagi unda yo'q bo'lgan fayllar va yangiroq versiyasi mavjud bo'lgan
fayllar qo'shiladi. Fayllar versiyasining yangiligi ular diskka saqlangan vaqt
bo'yicha aniqlanadi. (Bu kompyuterlarda vaqtni to'g'ri o'rnatishni taqozo
etadi.)
Arxiv fayl ichidagi ma'lumotlarni yo'qotgan holda katalogdagi barcha
fayliarni arxivga joylashtirish ham mumkin. Bunda buyruq
arj m matn ko'rinishida bo'ladi.
Yuqoridagi buyruqlar kiritilgach, ular ko'rsatilgan amallarni bajarishga
kirishadilar. Ekranda arxivga kiritilayotgan fayllar nomlari tasvirlanadi. Har bir
faylni «siqishda» faylning qayta ishlangan foizi yoki bu jarayonni ko'rsatuvchi
gorizontal chiziqcha hosil bo'ladi. Faylni arxivlash tugatilgach, uning qarshisida
siqilish darajasi haqida xabar chiqariladi. Shuni ta'kidlash kerakki, ARJ va
PKZIP dasturlari siqilish darajasi haqidagi xabarni turli xilda ko'rsatadi.
Masalan, agar dastlabki faylni 10 marta «siqilsa» ARJ dasturi ishi tugagach 10%
ni («siqilgan» fayl uzunligining fayl uzunligiga nisbati), PKZIP esa 90% ni
(faylni arxivga joylashtirishda necha foizga «siqilishini») ko'rsatadi.
Arxivni ochish, ya'ni undagi fayllarni olish uchun yuqoridagi buyruqda a
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
harfi o'rniga e («extract» so'zidan olingan — «извлечь» - chiqarish) harfi
qo'yiladi.