Va ahamiyati


KOMPYUTER VIRUSLARIDAN SAQLANISH



Yüklə 448,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/41
tarix30.03.2023
ölçüsü448,66 Kb.
#91354
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41
axbo tex

KOMPYUTER VIRUSLARIDAN SAQLANISH 
 
Reja 
1. Kompyuter viruslari to’g’risida umumiy ma’lumotlar 
2. Kompyuter viruslaridan saqlanish 
3. Kompyuter viruslariga qarshi dasturlar 
 
Hoiirgi kunda 20000 dan ortiq kompyuter viruslari mavjud bo 'lib, ular 
kompyuterda ma 'lumotlarning ishonchli saqlanishiga xavfsoladi va kompyuter 
ishlashi jarayonida turli muammolar kelib chiqishiga sabab bo'iadi. Shu bois 
kompyuter viruslari, ularning turlari, yetkazadigan zararlari hamda ulardan 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


himoyalanish uchun ko 'riladigan choralar bilan tanish bo 'lish muhim. Ushbu bobda 
shunday ma 'lumotlar bilan tanishiladi. 
Kompyuter viruslari va ularni davolash 
Kompyuter virusi o'lchami bo'yicha katta bo'lmagan maxsus yozil-gan dasturdan 
iborat bo'lib, u o'zini boshqa dasturlarga «yozib qo'yi-shi», shuningdek, 
kompyuterda turli noxush amallarni bajara olishi mumkin. Bunday dastur 
ishlashni boshlaganda dastlab boshqaruvni virus oladi. Virus boshqa dasturlarni 
topadi va unga «yuqadi», shuningdek, qandaydir zararli amallarni (masalan, 
diskdagi fayl yoki fayllarning joylashish jadvalini buzadi, tezkor xotirani 
«ifloslaydi» va h.k.) bajaradi. Vims o'ziga tegishli amallarni bajarib bo'lgandan 
so'ng boshqaruvni o'zi joylashgan dasturga uzatadi. Virus joylashgan dastur 
odatdagidek ishini davom ettiradi. Tashqaridan dasturning «kasallanganligi» 
bilrnmaydi. 
Ko'p turdagi viruslar shunday tuzilganki, kasallangan dasturni ishga 
tushirganda virus kompyuter xotirasida doimiy qoladi va vaqt-vaqti bilan 
dasturlarni kasallaydi va kompyuterda zararli amaUarni bajaradi. 
, Virusning barcha amallari yetarlicha tez va hech qanday ma'lumot 
5
Ion 
qilmasdan bajariladi. Shuning uchun foydalanuvchi kompyuterda qanday jarayonlar 
amalga oshayotganligini bilishi qiyin. 
Kompyuterdagi dasturlarning kamchilik qismi kasallangan bo'lsa, virus 
borligi umuman bilinmaydi. Lekin aniq vaqt o'tgandan so'ng kompyiiterda 
qiziq holatlar paydo bo'la boshlaydi. Masalan, ba'zi dasturlar ishlamay 
qoladi yoki noto'g'ri ishlaydi, ekranga begona ma'lumotlar yoki belgilar 
chiqariladi, kompyuterning ishlash tezligi sezilarli darajada pasayadi, ba'zi 
fayllar buzilib qoladi va hokazo. 
Bu paytgacha kompyuterdagi anchagina dasturlar, ba'zi boshqa turdagi 
fayllar ishdan chiqadi. Bundan tashqari, virus disk yoki lokal tarmoq orqali 
boshqa kompyuterlarga o'tishi ham mumkin. 
Shuning uchun virusdan himoyalanmasa yoki yuqishining oldi olinmasa, 
juda katta noxushliklarga olib kelishi mumkin. Masalan, 1989- yil 
amerikalik student Morris yozgan virus bilan bir necha ming kompyuter, 
jumladan AQSH mudofaa vazirligining kompyuterlari kasallangan va 
ishdan chiqqan. Oqibatda virus muallifi 3 oy ozodlikdan mahrum qilinib, unga 
270 ming dollar jarima solingan. 
Virus dasturi ko'rinmaydiganbo'lishi uchun u juda kichikbo'lishi kerak. 
Shuning uchun ham ularning ko'pchiligi assembler tilida yoziladi, 
Viruslarning paydo bo'Hshiga dastlabki mualliflarning «shumligi» va 
o'zlari tushunmagan holda kimnidir «tuzlashni» maqsad qilib qo'yishlari 
sabab bo'lgan. Oqibatning bu darajada yomonlashuvi ularning xayoliga 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


kelmagan bo'lsa kerak. 
Hozirgi kunda 20000 dan ortiq kompyuter viruslari kompyuter tizimlari 
va ma'lumotlari ishi uchun asosiy xavfni tashkil etadi. Bunda, asosan, zarar 
ko'radiganlar litsey, institut, universitetlar va boshqa tashkilotlardir. 
Bunday muassasa kompyuterlarida ma'lumotlardan foydalanish ochiq va 
chegarasiz bo'lganligi uchun viruslarning qurboni bo'linadi va katta moddiy 
talafot ko'riladi. Shu bois kompyuter ishini nazoratga olish muhimdir. 
Kompyuter ishini nazoratga olish deganda nima tushuniladi? Unga 
quyidagilar kiradi: 
1) litsenziyasiz dasturiy ta'minotdan foydalanmaslik; 
2) tashqaridan kiritiladigan viruslarning oldini olish; 
3) tizimga 
sanksiyasiz 
kiruvchi 
xakerlarga 
imkon 
bermaslik. 
Axborot va dasturlar xavfsizligini ta'minlash uchun quyidagilar 
zarur bo'ladi: birinchidan, litsenziyalangan dasturiy ta'minotni ishlatish; 
ikkinchidan, tashqi tarmoqlarga ulanishda filtr cheklovchilar o'rnatish 
(viruslardan himoyalanish va sanksiyasiz foydalanishni cheklash). 
Albatta, bunday himoya vositalari uzluksiz rivojlanib takomillashib 
bormoqda. 
Kompyuter 
viruslarini 
quyidagi 
guruhlarga 
ajratish 
mumkin: 
diskningyuklanishsektorlarinibuzadiganyuklanish viruslari; 
bajariladigan fayllar — com, exe, sys, bat fayllarini buzuvchi 
fayl viruslari; 
diskning yuklanish sektori va bajariladigan fayllarni buzadigan 
iklanish fayli viruslari; 
stels (stelth) — ko'rinmas viruslar; 
*MicrosoftWord muharriri yordamida hosil qilingan ma'lumotli 
Ifayllarni yozuvchi — makrobuyr ari.uq virusl 
Bundan tashqari boshqa turdagi viruslar ham mavjud. Viruslardan 
himoyalanishda axborotni himoya qilishning umumiy vositalaridan 
foydalanish kifoya qilmaydi. Buning uchun maxsus dasturlardan 
Jfoydalanish zarur bo'ladi. Bu dasturlarni bir necha turga ajratish mumkin: 
detektorlar, vaksinalar (imnumizatorlar), doktorlar, revizorlar (fayl va 
disklarning tizimli sohalaridagi o'zgarishlarni nazorat qiluvchi dasturlar), 
doktor revizorlar va filtrlar (virusdan himoyalanish uchun mo'ljal-langan 
rezident dasturlar). Ularning xususiyatlarini ko'rib chiqamiz. 

Yüklə 448,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin