Obyekt va kattalik
Har qanday ma'lumotlar omborining vazifasi haqiqiy dunyo-nmg
obyektlari haqidagi ma'lumotlarni qayta ishlashidir.
Umuman oiganda,
«obyekt» va «kattalik» degan iborafarni rasman ajratish mushkul. Lekin
muayyan vaziyatda bu iboralarni ishlatish uchun ularni ta’riflashimiz
mumkin.
Obyekt - mavjud bo'lgan va o'ziga o'xshash narsalardan ajralib turaaigan
alohida olingan predmet.
Masalan, akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji obyekt hisobla-nadi.
Shuningdek,
kimyoviy modda, biror qotishma, firma, zavod,
inson ham
obyekt bo'la oladi.
Obyekt sifatida nafaqat moddiy predmetlar,
balki haqiqiy dunyoni aks
ettiruvchi abstrakt tushunchalar ham qaralishi mumkin. Masalan, san'at
asarlari, kitoblar, teatrlardagi sahna ko'rinishlari,
kinofilmlar, huquqiy
normalar, falsafiy nazariyaiar va boshqalar.
Bunga o'xshash
obyektlar guruhi obyektlar to'plaminibosi\ qiladi. Masalan,
akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlaridagi guruhlar, firmalar, ombordagi
mahsulotlar, korxonada ishlovchi odamlar obyektlar to'plamini hosil qiladi.
Sunday guruhdagi muayyan obyektni
obyekt nusxasi deb atash mumkin.
Kattalik — biror-bir obyektni ifodalovchi va uning muayyan bir nusxasi
uchun berilgan sonli yoki matnli qiymatni belgilovchi ko'rsatkich.
Masalan, obyektlar to'plami sifatida biror akademik litsey yoki kasb-hunar
kollejidagi guruhlarni olaylik. Berilgan guruhdagi o'quvchilar
soni va
hokazolar kattaliklar hisoblanadi.
Yuqorida ko'rsatilganlarni hisobga olgan holda shuni aytish mumkinki,
axborot tizimini loyihalovchining eng muhim vazifasiga
obyektlar va ularni
tavsiflovchi ma'lumotlarni tanlash, ma'lurnotlar orasidagi bog'lanishni
o'rnatish kiradi. Axborot tizimi o'lchami va vazifasiga ko'ra obyektlar u yoki
bu darajadagi o'zgaradigan ma'lumotlar bilan xarakterlanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: