usullari - sug‘urta, himoya, cheklash, kredit operatsiyalarini diversifikatsiyalash va
boshqalar.
Banklar kredit portfelini shakllantirish va uni turli xildagi salbiy ta’sirlardan
himolash choralarini qo‘llashi kerak. Ushbu jarayonlarni
maksimal darajada olib
borish uchun tijorat banklari o‘zining ichki salohiyatidan kelib chiqqan holda
chora-tadbirlar ishlab chiqishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Tijorat banklari kredit portfelini doimo monitoring qilib borish kerak
hisoblanadi.
Bank kredit portfeli monitoringi jarayoni to'rt bosqichdan iborat
9
:
-
kreditlarni rasmiylashtirishning qonuniyligi va to'g‘riligini nazorat
etish;
-
berilayotgan kreditlarning maqsadga muvofiq ishlatilishini ta'minlash
va nazorat etish;
-
qarzdorning va kafolat beruvchining moliyaviy holatini,
garovga
olingan mulkning butligini doimiy kuzatib borish hamda kredit va u bo'yicha
hisoblangan foizlarning belgilangan grafik asosida undirilishini nazorat qilish;
-
kredit va u bo'yicha hisoblangan foizlarni shartnomada belgilangan
muddatlarda to'liq undirib olishni ta'minlash, o'z vaqtida undirilmagan taqdirda
zudlik bilan keskin chora-tadbirlar belgilash.
Tijorat banklari kredit portfeli hajmini oshib borishi va bank kreditlarining
zarur sub'ektlarga berilishi iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Tijorat banklari kreditlash amaliyotida ayrim salbiy holatlarni yuz berishi
natijasida kreditlarni ma'lum qismini muammoli kreditlarga aylanishiga olib
keladi. Tijorat banklari kredit portfeli tarkibida muammoli kreditlarni ulushi ortishi
tijorat bankining daromadlilik darajasi, rentabellik ko‘rsatkichlari tushib ketishiga
olib keladi. Ushbu holatni oldini olish uchun tijorat
banklari kredit portfelini
doimmo nazorat qilib borishi va albatta, ushbu ajratilgan mablag‘larni samarali
ishlatilayotganini monitoring qilishi kerak hisoblanadi.
9
Ковалев П.П. Банковский риск-менеджмент/ П.П. Ковалев. – М.: Финанси и статистика, 2009. – 304 с.
Kredit portfeli sifatini boshqarish tizimi quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: