Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot


-jadval  Bank kredit portfelini tahlil etishning asosiy bosqichlari



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/33
tarix30.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#91468
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
1-jadval 
Bank kredit portfelini tahlil etishning asosiy bosqichlari
4
 
№ 
Tahlil etish bo‘limlari 
Ma’lumotlar 

Kreditlar holati tahlili 
Joriy, muddati o'tgan kreditlar, undirilmagan kreditlar, sud 
jarayonidagi ssudalar, ro'yxatdan chiqarilgan kreditlar 

Kreditlarning muddatlari 
bo‘yicha tahlili 
Qisqa muddatli kreditlar 
Uzoq muddatli kreditlar 
Overdraft krediti 
Kontokorrent krediti 

Iqtisodiy sohalar bo‘yicha 
tahlil 
Sanoat, qishloq xo'jaligi, kichik biznes, savdo, davlat transhi, 
mikrokreditlar, iste'mol krediti 

Foiz stavkalari tahlili 
Imtiyozli foiz stavkasi 
Kayta moliyalashtirish stavkasi
Tijoratli foiz stavkasi 

Ta’minot turi bo‘yicha 
tahlil 
Ishonchli kreditlar, mol-mulk garovi ostida beriladigan 
kreditlar, uchinchi shaxs kafilligi ostida berilgan kreditlar va
kafolatlangan kreditlar 

Kreditlar sifati tahlili 
Birinchi sinf(yaxshi), standart, substandart, shubxali va 
umidsiz 

Kredit tarixi tahlili 
Bank o'z mablag‘lari hisobiga beriladigan kreditlar, qayta 
moliyalashtirish mablag‘lari, filiallararo va transh mablag‘lari 
xisobidan berilgan kreditlar 

Kreditlarning 
maqsadlariga qarab tahlil 
qilish 
Tijorat krediti 
Aylanma mablag‘larni to'ldirish uchun beriladigan kreditlar 

Tahlil jarayonidagi 
kreditlar o‘zgarishi 
dinamikasi 
Kredit hajmining o'sishi(kamayishi), muammoli kreditlar 
hissasi va ular bilan ishlash samaradorligi, zahiralar summasi, 
kredit aktivlarining rentabelligi 
Bankning kreditlash jarayonidagi nazorat va tahliliy ishlari quyidagilarga 
qaratiladi: 
4
Abdullaeva SH.Z. Bank risklari va kreditlash.- T.: Moliya, 2002. -304b. 



kredit shartnomasidagi shartlarning bajarilishi; 

kredit oluvchining kreditdan samarali foydalanishini ta'minlash; 

kreditni o'z vaqtida va to'liq qaytarilishi; 

kreditdan foydalanishning butun davri mobaynida, kredit oluvchi bilan 
yaqin aloqalarni saqlab turish. 
Tijorat banklarining kredit portfelini tashkil qilish kreditlashni tashkil qilish 
tamoyillariga asoslangan bo'lmog‘i lozim. Kreditning muddatliligi, uning o'z 
vaqtida qaytarilishi va to'lovliligi kredit portfelining barqarorligini va sifatliligini 
ta'minlashga asos bo'lishi mumkin. 
Bankning kredit portfelini boshqarishning asosiy tamoyillari: 

maqsadlilik – bank maqsad bilan bosqarishda etarli darajada likvidlilik 
va maqbul darajada kredit riskini ushlab turish bilan foizli daromad olish;

komplekslilik – kredit portfelini daromadliligi va likvidliligi ta’minash 
maqsadida bank bir vaqtning o‘zida kredit faoliyatini nazoratga oladi;

bosqichma-bosqichlilik - hamma bank darajasida kredit portfelini 
sifatini boshqarish;

to‘la tahlil – kredit oluvchining kreditni to‘lashga qodirligining 
iqtisodiy va noiqtisodiy tahlil ko‘rsatkichlari, kredit portfeli sifatini mezonlari 
bo‘yicha kredit riski darajasini aniqlash;

oshkoralik- kredit portfeli sifatiga tez ta’sir etuvchi ichki va tashqi 
omillarning ko‘p sonliligi;

uzluksizlik – portfelni sifatini boshqarishda bank va mijoz o‘rtasidagi 
kredit shartnomasini ishlash muddati;

ketma-ketlilik – kredit portfelini boshqarishning har etaplarida 
tashkiliy va funksional bog‘liqligini saqlash;

dinamik tahlil – omilli tahlil, ya’ni kredit portfelini oldingi davrda 
yoki kelajakdagi ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilinadi; 

muhimlilik –muhimi mijozlarga uzoq muddatli kreditlar berilyotganda 
kreditlardan foydalanish huquqi hamda mijozning pul oqimi dinamikasini 
o‘rganish;



qobiliyatlilik – mijozga berilgan kreditlarni qoplashda likvidli 
aktivlarni garov sifatida qabul;

balanslilik – bunda joylashtirilgan kreditlar bilan jalb qilngan 
resurslarni o‘zaro bir-biriga muvofiqligi;

yo‘nalishlilik – iqtisodiy maqsadlarda va bank rivojlanish 
maqsadlarining bir-biriga mos kelishi;

elastiklik – portfelning strukturasi va hajmi doimo o‘zgarib turishi
5

Yuqoridagi tamoyillar kredit portfeli boshqarish muhitida bank siyosatining 
so‘zsiz bajariladigan bazaviy tamoyillari hisoblanadi. 
Tijorat banklari kredit portfelini shakllantirishda korxonalarning reytingiga 
qarab, ajratilayotgan kreditlarning risklilik darajasini aniqlash mumkin. Har bir 
mijozning xususiyatidan kelib chiqib qaysi reytingga kirishni baholanadi va shu 
asosda kredit berish masalasi aniqlanadi. Har tijorat banki ushbu jarayonni amalga 
oshiradi. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin