Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/33
tarix30.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#91468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
 
 
 


KIRISH 
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Mamlakatimizda amalga 
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va rivojlanishning yangi bosqichida tijorat 
banklari tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar beqiyosdir. Buning isboti 
sifatida shuni aytishimiz mumkinki, iqtisodiyotga banklar tomonidan ajratilayotgan 
kreditlarning salmog‘i yildan yilga o‘sib bormoqda.
Xususan, iqtisodiyotning real sektoriga yo'naltirilgan kredit qo'yilmalari 
hajmi 2017-yilda 25,1 foizga oshib, 53,4 trln.so'mga yetdi. Mazkur kreditlarning 
80 foizini investitsiyaviy maqsadlarga yo'naltirilgan uzoq muddatli kreditlar tashkil 
etdi. 
Bundan shuni ko‘rishimz mumkinki, tijorat banklarining kredit portfeli hajmi 
yanada oshmoqda. Tijorat banklari kredit portfeli o‘sishi, albatta, ijobiy holat 
hisoblanadi. Ammo turli sohalarga banklar tomonidan ajratilgan kreditlarning 
hammasi ham standart kreditlar emas hamda bu kreditlar tarkibida muammoli 
qismi ham mavjud bo‘lishi mumkin. Ushbu holatlarni oldini olish uchun tijorat 
banklari tomonidan kredit portfelini boshqarishni yanada takomillashtirish va 
albatta ushbu sohada xorij tajribasini o‘rgangan holda, bizning bank tizimimizga 
qo‘llash hamda yangi ishlab chiqilayotgan qonunchilik me’yoriy hujjatlari, ilmiy 
adabiyotlar va jahonda qo‘llanilayotgan xalqaro talablarni qo‘llashdan iboratdir. 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g‘risida”gi PF-4947-sonli 2017-yil 
7-fevraldagi Farmoni davlatimiz va jamiyatimiz, qolversa, iqtisodiyotimiz 
rivojining kaliti bo‘lib xizmat qiladi. 
Ushbu farmonning uchinchi ustuvor yo‘nalishida iqtisodiyotimizni, qolaversa, 
bank tizimini yanada isloh qilishning mexanizmi ishlab chiqilgan. 
Mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori 
iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish maqsadida quyidagi yo‘nalishlar belgilab 
olindi: 


-makroiqtisodiy ko'rsatkichlar, ayniqsa, valyuta bozori holati ustidan tizimli 
monitoringni amalga oshirish, zaruriyat tug‘ilganda, milliy valyuta va ichki 
bozordagi narxlarning barqarorligini oshirish, makroiqtisodiy muvozanatni saqlash 
va yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini ta'minlashga yo'naltirilgan qonunchilikni 
takomillashtirish; 
-milliy valyutaning va ichki bozordagi narxlarning barqarorligini ta'minlash; 
-valyutani tartibga solishning ilg‘or bozor mexanizmlarini bosqichma-
bosqich joriy etish; 
-davlat mablag‘lari haqidagi ma'lumotlarning shaffofligini ta'minlashga, pul-
kredit 
siyosati 
vositalarini 
yanada 
takomillashtirish 
hamda 
ularning 
samaradorligini 
oshirishga, 
naqd 
pul 
muomalasi 
mexanizmlarini 
takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab 
chiqish; 
-bank faoliyatini tartibga soluvchi zamonaviy tamoyil va mexanizmlarni 
joriy qilish, ularning samarali faoliyat ko'rsatishiga yo'l qo'ymayotgan to'siqlarni 
bartaraf etish va boshqalar
1

Bugungi 
kunda 
Respublikamizda 
iqtisodiyotni 
rivojlantirishga 
yo'naltirilayotgan bank kreditlari hajmining oshishi, bank kreditlaridan 
foydalanayotgan turli mulkchilik va xo'jalik yuritish shaklidagi mijozlar miqdori 
ko'payishi va banklar tomonidan berilayotgan kreditlarni oqilona joylashtirish va 
ular samaradorligini oshirish, berilgan kreditlar hamda ular bo'yicha hisoblangan 
foizlarni o'z vaqtida undirib olishni ta'minlash banklar kredit portfeli ustidan 
doimiy kuzatib borish asosiy vazifa deb talab qilinmoqda. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin