iqtisodchilar kredit portfelini bankning aktiv operatsiyalarining yig‘indisi
sifatida
ta'riflaydilar
2
.
K.J.Barlton va D.Mak Noton tomonidan berilgan ta'rif bank kredit
portfelining faqat bir qisminigina ifodalaydi. Huddi shunga o'xshash ta'rif bir guruh
rus iqtisodchilari tomonidan keltirilib, ular tijorat banklarining kredit portfeli, “bu -
kreditlarni ma'lum belgilar bo'yicha turkumlashdir” degan fikrni oldinga suradilar.
L.I.,Panova, G.S,Lavrushin va boshqa bir guruh iqtisodchilarning fikricha
“Tijorat banklarining kredit portfeli - bu kreditlarning sifat va tarkibi bo'yicha
turkumlanishidir”
3
.
Kredit portfelining sifat bo'yicha tavsifi kreditlarning
qaytarilishi va kredit
riskining qisqartirilishini bank tomonidan ta'minlanishini baxolashda qo'llaniladi.
Kreditlarning belgilangan muddatda qaytarilishi quyidagi qator sabablarga
bog‘liq:
-
alohida olingan banklarda kredit berish jarayonining tashkil qilinish
darajasi;
-
ssudalar berilishi va qaytarilishi tartibiga amal qilinish darajasi;
-
ssudalar va ayniqsa, muddati uzaytirilgan va muddati o'tgan ssudalarni
hisobga olish jarayonining to'g‘ri aks ettirilishi;
-
ssudalarning to'g‘ri tasniflanishi;
-
ssudalar bo'yicha ehtimoliy yo'qotishlarga ajratilgan zahiralar miqdori
va boshqalar.
Kredit portfelining mohiyatini ochib berishda quyidagi omillarni inobatga
olish zarur. Bular:
-
kreditlar bo'yicha risklilik darajasi o‘rganib chiqish;
-
kredit berish ob'ektlarini monitoring qilish;
-
kreditdan foydalanish muddati;
-
kreditning hajmi va ta'minlanganligi;
-
mijozning moliyaviy xolati tahlil qilish, mulk shakli va boshqalar.
2
Крис Дж. Барлтрон, Диана Мак Нотон“Банки на развиваюшихся ринках”. М, 1997. 45-62с
3
Денъги, кредит, банки / [Г.С. Панова и др.] ; под ред. О.И. Лаврушина. - 9-е изд.,
исправл. и доп. - М.: КНОРУС, 2011, 54-с.
Yuqoridagilarni inobatga olgan xolda
shuni aytishimiz mumkinki,
banklarning kredit portfeli - bu turli xil kredit risklarga asoslangan muayyan
me'zonlarga qarab turkumlangan kreditlar miqyosidagi bank talablarining
yig‘indisidir.
Bank kredit portfelini tahlil etishning asosiy bosqichlari quyidagi jadvalda
ko'rsatib o'tilgan.
Dostları ilə paylaş: