Bitiruv malakaviy ishning predmeti sifatida respublikamiz tijorat
banklarining kredit portfelini boshqarish borasidagi muammolarni o‘rganish
hisoblanadi.
Mazkur ishning obyekti. O‘zbekiston Resuplikasi tijorat banklari hamda
АT “Aloqabank”
hisoblanadi.
Bitiruv malakviy ishining obyektini o‘rganishning yo‘nalishlari
sifatida
quyidagilarni aytib o‘tishimiz mumkin:
-
amaliyotda tijorat banklarining kredit portfeli holatini o‘rganib
chiqish;
-
banklarning amalga oshirayotgan kredit operatsiyalari va kreditlash
jarayonini tahlil qilish;
-
tijorat banklarining tarmoqlar bo‘yicha
kredit diversifikatsiyasini
yanada takomillashtirish;
-
banklar tomonidan ajratilgan kreditlarni muddati jihatidan o‘rganib
tahlil ishlarini olib borish.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi .
АT “Aloqabank”
kredit
portfeli
boshqaruvining huquqiy, iqtisodiy va amaliy jihatlarini tahlil qilish va jahon
amaliyotida sinovdan o'tgan modellarini o'rganish orqali ularni
АT“Aloqabank”
joriy
qilish bo’yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Ushbu
maqsaddan kelib chiqqan holda, qo'yidagilar vazifalar belgilab
olinadi:
-
kredit portfelining iqtisodiy, huquqiy asoslarini o‘rganish;
-
kredit portfeliga oid statistik ma'lumotlarni qilish;
-
to'plangan ma'lumotlar asosida tahlil amaliyotini o'rganish;
-
tijorat banklari kredit amaliyotini bo’yicha
tavsiyalar ishlab chiqish;
-
kredit portfeli va unga ta’sir qiluvchi risklarni xorij tajribasini hisobga
olgan holda boshqarish va ular yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
-
kredit portfeli va uni boshqarishni takomillashtirish masalalariga
nisbatan xulosa va takliflar berib, istiqbollarini aniqlash.
Shuni
inobatga olishimiz kerakki, bizning bank tizimimiz hali juda yosh
bo‘lganligi sababli jahon tajribasini to‘la-to‘kis qo‘llay olmasligimiz mumkin.
O'zbekistonda yangidan tashkil topgan
bank tizimida mavjud muammolar,
rivojlanib borayotgan tijorat banklari faoliyatida kredit portfelini boshqarish bilan
bog‘liq risklar va unga ta’sir qiluvchi turli darajadagi omillar,
ularning
xususiyatlari jahon amaliyoti bilan hamma vaqt ham mos kelavermaydi.
Dostları ilə paylaş: