Davlat darajasida mehnatni boshqarish. har bir mamlakatda
mehnatni boshqarish uchun o’z umumdavlat organlari tizimi tashkil
qilinadi. Ushbu organlarning nomi va tuzilmasi vaqti-vaqti bilan o’zgarib
turishi mumkin. Lekin har qanday tsivilizatsiyali davlat mehnat, ish bilan
bandlik va ijtimoiy siyosat masalalari, xususan, mehnat sharoitlari, ishlar
va xodimlar tarifikatsiyasi, byudjet sohasidagi mehnatga haq to’lashdagi
razryadlararo nisbatlar, ish bilan bandlikni boshqarish, ish beruvchilar va
yollanma xodimlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tashkil etish
bo’yicha me’yoriy hujjatlar ishlab chiqadi.
O’zbekistonda hozirgi vaqtda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish vazirligi ana shunday organdir. U 2001 yilda Mehnat vazirligi bilan
Aholini ijtimoiy muhofazalash vazirligi qo’shilishi yo’li bilan tashkil
qilindi. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi mehnat, ish
bilan bandlik va aholini ijtimoiy muhofazalash sohasidagi davlat siyosatini
amalga oshiradigan davlat ijroiya hokimiyat organidir.
Vazirlik tashkil etishda uning tarkibiga quyidagi 11 ta departament
kirdi: yalpi tahlil va ijtimoiy rivojlanishni baholash departamenti, mehnat
sharoitlari va muhofazasi departamenti, davlat xizmati masalalari bo’yicha
departament, jamoa mehnat nizolarini tartibga solish va ijtimoiy
sherikchilikni rivojlantirish departamenti, nufuz va ish bilan bandlik
siyosati departamenti, pensiya ta’minoti masalalari departamenti, oila,
xotin-qizlar va bolalar departamenti, harbiy xizmatdan bo’shatilgan
fuqarolar va ularning oila a’zolarining ijtimoiy masalalari bo’yicha
departament, nogironlarni tiklash va birlashtirish masalalari bo’yicha
departament, faxriylar va qariyalar ishlari departamenti, aholini ishga
joylashtirish departamenti, 1997 yilda nufuz va ish bilan bandlik
departamenti hamda aholini ishga joylashtirish departamenti bekor qilinib,
ish bilan bandlik yalpi muammolari departamenti va aholining ish bilan
bandligi bo’yicha dasturlar va xizmatlar departamenti tashkil qilindi.