266
Xalqaro mehnat konferentsiyasi (XMK) — XMTning oliy organidir.
U yiliga bir marta o’tkaziladi va to’rt kun davom etadi. O’rta hisobda
qatnashchilar soni 2000 kishini tashkil etadi. Konferentsiyada XMTning
asosiy ish yo’nalishlari ishlab chiqiladi,
mehnat dunyosidagi
mehnatkashlar ijtimoiy mehnat holati muammolari muhokama qilinadi,
konventsiya va tavsiyalar hamda alohida masalalar yuzasidan qarorlar
qabul qilinadi.
Ma’muriy kengash XMTning ijroiya organidir. U o’z faoliyatini
sessiyalar o’tkazish yo’li
bilan muvofiqlashtirib boradi, ular yiliga uch
marta o’tkaziladi. Kengash 56 a’zodan, shu jumladan, hukumat,
mehnatkashlar va tadbirkorlarning namoyandalaridan iborat. XMT a’zosi
bo’lgan mamlakatlar hukumatlarining 28 nafar vakili bor, ulardan 10
nafari
doimiydir,
ularni
ekspertlar
sanoati
eng
rivojlangan
mamlakatlarning namoyandalaridan saylaydilar. Qolgan 18
kishi turli
mamlakatlarning teng huquqli vakilligini ta’minlash uchun mintaqalarga
oid kvotalar bo’yicha har uch yilda bir marta qayta saylanadi. Kengash
tarkibiga mehnatkash va tadbirkorlar vakillari har bir guruhidan 14 kishi
miqdorida kiritilgan. Ma’muriy kengash raisi
har yili konferentsiyadan
keyin mintaqaviy mansublikni hisobga olgan holda rotatsiya qilish
tamoyili bo’yicha saylanadi. Kengash konventsiyalar va tavsiyalarni
qo’llanish ustidan nazorat yuritish uchun 12 kishidan iborat ekspertlar
guruhiga ega.
Xalqaro mehnat byurosi (XMB)— XMTning doimiy kotibiyatidir.
XMBning Jenevada joylashgan markaziy devoni XMT o’z
loyihalarini
amalga oshiradigan turli mamlakatlarda 40 ta bo’limga ega. Ma’muriy
kengash besh yil muddatga saylaydigan Bosh direktor XMBga boshchilik
qiladi. Xalqaro mehnat byurosi va uning rahbariyatining tarkibi doimiydir,
ko’plab xodimlar muddatsiz shartnomaga egalar. Doimiy organ bo’lgan
XMB aslida ijtimoiy mehnat masalalari bo’yicha jahon tadqiqot va
ijtimoiy axborot markazi rolini bajaradi. XMBning ikki instituti: Mehnat
masalalarini tadqiq qilish xalqaro instituti hamda Kasb va texnikaviy
malaka oshirish xalqaro markazi bor.
Dostları ilə paylaş: