O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


Mehnatni boshqarishning davlat shakllari



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/185
tarix30.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#91508
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   185
17-y-Mеhnat-iqtisodiyoti.Darslik-Abdurahmonov-Q.X.-va-bosh.-T-2011 (1)

Mehnatni boshqarishning davlat shakllari. Davlat mehnatni 
boshqarish subyekti sifatida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud 
hokimiyati organlari ko’rinishida chiqadi. Bu shakllarga ko’ra davlatning 
ijtimoiy mehnat sohasidagi boshqaruvchilik ta’siri qonunlar, Prezident 
Farmonlari va Farmoyishlari, hukumatning qarorlari orqali hal qilinadi. 
O’zbekiston Respublikasida maxsus mehnat sudi yo’q bo’lganligi sababli 
mehnatni boshqarish sohasida konstitutsiyaviy, fuqaro, ma’muriy va jinoiy 
sud ishidan foydalaniladi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan mamlakatda 
xalqaro huquq normalari tomonidan tan olingan tamoyillarni va 
shartnomalarini respublikada tan olinishi va ularni huquqiy tizimining 
tarkibiy qismi maqomini berishi keng amalga oshirilmoqda. SHu orqali 
insonning va fuqaroning ijtimoiy mehnat sohasidagi huquq va erkinliklari 
eng katta huquqiy himoyaga ega bo’ldi.
Mehnatni boshqarish qonunlar normalarini konkret muammolar va 
ularning hal etilish bosqichlari bilan muvofiqlashtirib, zarur hamda kerakli 
darajada aniqlashtirishni nazarda tutadi.
Mehnatni boshqarishning shartnomali shakllari. Ijtimoiy-mehnat 
masalalariga oid boshqaruvchilik qarorlari bir necha teng huquqli 
subyektlarining birgalikdagi harakatlari va kelishuvlari asosida qabul 
qilinganda mehnatni boshqarishning shartnomali shakli yuzaga keladi. 
hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida shartnomali shakllarning bir 
necha turlariga amal qilinadi. Ulardan quyidagilarni keltirib o’tamiz:
—kasaba uyushmalari birlashmalari, ish beruvchilar birlashmalari 
bilan O’zbekiston Respublikasi hukumati o’rtasidagi bosh bitim; 
— kasaba uyushmalari birlashmalari, ish beruvchilar birlashmalari 
bilan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi o’rtasida tarmoq 
(tarmoqlararo) tarif, kasbiy tarif bitimlari; 
— mehnat jamoalari (ishlovchilar) vakillari bilan korxona 
ma’muriyati (ish beruvchilar) o’rtasidagi jamoa shartnomalari; 
— ishlovchilar bilan ish beruvchilar o’rtasidagi yakka tartibdagi 
mehnat shartnoma (kontrakt)lari. 
Korxonalar ma’muriyati yoki mahalliy ma’muriyat, bir tomondan, 
mehnatkashlar turli tashkilotlarining birgalikdagi 
yoki 
muvofiq- 
lashtirilgan (kelishilgan) harakatlarini mehnatni boshqarish shartnomasi 
shaklining turlaridan biri deb qaramoq kerak. Bunday shakllar kasaba 
uyushmalari faol bo’lgan korxonalarda doimo bo’ladi.
Mehnatni boshqarishning shartnomali shakllarini faqat ayrim 
hollardagina, ya’ni mamlakat ko’lamida ishlovchilar va ish beruvchilar


265 
mehnat va kapital huquqlari emas, kuchlari teng bo’lgan hollarda ijtimoiy 
sheriklik shakli deb qarash mumkin.
Ishchi va kasaba uyushmasi harakati zaif bo’lgan sharoitlarda kapital 
va uning manfaatlarini aks ettiruvchi davlat mehnatni boshqarishning 
davlat shakllari ta’sir doirasini toraytirishga va shartnomali shakllar ta’sir 
doirasini zo’r berib targ’ib qilishga va shunga erishishga harakat qiladi.
Mehnatni boshqarish darajalari — bu xoh u, xoh bu ijtimoiy mehnat 
masalalarini hal qilishda vakolatlarning taqsimlanish darajasidir. Bu 
munosabatda mehnatni boshqarish ijtimoiy va iqtisodiy hayotning boshqa 
jarayonlarini boshqarish bilan aynan bir xildir. O’zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasida boshqarish darajalari bo’yicha 
vakolatlarni taqsimlash tamoyillari belgilab berilgan. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin