6. Nizolarni hal etish tartibi va taraflarning javobgarligi
6.1. Taraflar o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik va nizolar muzokaralar orqali hal etiladi.
6.2. Agar Taraflar o‘zaro maqbul yechimni topa olmasalar, Tomonlar nizoni hal qilish uchun O‘zbekiston
Respublikasining tegishli sud organlariga murojaat qilishadi.
6.3. Ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim
darajada bajarilmagan taqdirda,
Taraflar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladilar.
7. Fors-major
7.1. Taraflar o‘zlarining irodasi va faoliyatlariga bog‘liq bo‘lmagan tabiat hodisalari yoki ijtimoiy-iqtisodiy
holatlar sababli yuzaga kelgan sharoitlarda tomonlarga qabul qilingan
majburiyatlarni bajarish
imkonini bermaydigan favqulodda, oldini olib bo‘lmaydigan va kutilmagan
holatlar oqibatida
shartnoma shartlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligini isbotlab bergan taqdirda,
Taraflar mazkur shartnoma shartlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun
javobgarlikdan ozod etiladi.
7.2. Ushbu Shartnomaning 7.1-bandida ko‘rsatilgan har qanday holatlarga ishora
qiluvchi Taraf zudlik
bilan, lekin yengib bo‘lmas kuchlar holati yuzaga kelgan kundan boshlab 5 (besh) ish kunidan
kechiktirmay boshqa Tarafni ushbu holatlarning boshlanishi va tugatilishi to‘g‘risida yozma ravishda
xabardor qilishi shart.
7.3. Agar fors-major holatlariga duch kelgan va boshqa Tarafni 7.2-bandida ko‘rsatilgan
tartib va
muddatda ushbu holat to‘g‘risida xabardor qilmagan yoki ogohlantirmagan taraf ushbu
Shartnomaning majburiyati buzilganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinmaydi.
8. Shartnoma muddati va uni bekor qilish tartibi
8.1. Ushbu shartnoma Buyurtmachi tomonidan akseptlangan vaqtdan kuchga kiradi (2.5. b.) va Ijrochi
tomonidan o‘z majburiyatlari bajarilgan vaqtgacha amal qiladi.
9. Boshqa shartlar
9.1. Buyurtmachi Shartnoma shartlariga roziligini “Shartnoma shartlarini qabul qilish” tugmasini bosish
orqali bildiradi.
9.2. Taraflar ushbu shartnomani tuzish va ijro etish uchun zarur huquq
layoqati, shuningdek, barcha
huquq va vakolatlarga ega ekanligini kafolatlaydi.
O’zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 iyuldagi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”
O’RQ-547-son Qonuni talablari doirasida shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanishga va ishlov
berishga rozilik bildiraman. Diagnostik test sinovlarida ikki va undan
ortiq marotaba qatnashganda
savollar kitobi takroran tushishi ehtimoli mavjudligini tan olaman va bunga e’tirozim yo‘qligini
bildiraman.