Diagnostik test sinovlarini o‘tkazish xizmatini bajarish to‘g‘risida ommaviy



Yüklə 137,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix31.03.2023
ölçüsü137,76 Kb.
#91806
1   2   3   4
digo

Buyurtmachi  — dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy yoki yuridik shaxs. 
dtm.uz rasmiy saytida ro‘yxatdan o‘tish — mazkur shartnoma shartlari asosida xizmatdan foydalanish 
uchun saytga kirish maqsadida ro‘yxatdan o‘tish. 
1. Shartnoma predmeti 
1.1 Shartnoma predmeti bo‘lib, Ijrochi tomonidan Buyurtmachiga uning talabnomasi asosida diagnostik 
test sinovi o‘tkazish xizmatini bajarish hisoblanadi. 
1.2 Diagnostik test sinovlarini o‘tkazish xizmati test sinovi materiallarini taqdim etish hamda maxsus 
dasturiy taʼminot orqali test sinovi natijalarini tekshirishni qamrab oladi. 
1.3 Ijrochining imkoniyatidan kelib chiqib, diagnostik test sinovlari Buyurtmachiga tashkillashtirilgan 
holda o‘tkazib berilishi mumkin. 
1.4 Har bir komplekt test topshiriqlari kitobchasi hamda javoblar varaqasidan iborat. 
2. Xizmatni bajarish tartibi 
2.1. Buyurtmachi arizada ko‘rsatilgan maʼlumotlarni to‘ldirgan holda my.dtm.uz, saytida ro‘yxatdan 
o‘tadi. 
2.2. Ro‘yxatdan o‘tgach, ofertani akseptlagandan so‘ng xizmatga haq to‘lash uchun invoys taqdim 
etiladi. 
2.3. Invoys to‘langandan keyin Buyurtmachiga test sinovi maʼlumotlari aks etgan Ruxsatnoma taqdim 
etiladi. 
2.4. Test sinovi natijalari eʼlon qilingandan so‘ng xizmat bajarilgan hisoblanadi. 
2.5. Navbatdagi diagnostik test sinovida ishtirok etish uchun Buyurtmachi sayt orqali keyingi 
talabnomani to‘ldirib, invoysni to‘lagandan so‘ng, unga test sinovi maʼlumotlari aks etgan 
navbatdagi Ruxsatnoma taqdim etiladi. 
3. Buyurtmachining huquq va majburiyatlari 
3.1. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega: 
3.1.1. Ijrochiga xizmatdan foydalanish bo‘yicha har qanday savol bilan info@dtm.uz elektron manzili yoki 
71 235-19-14 telefon raqami orqali murojaat qilish; 
3.1.2. Ijrochiga xizmatni yaxshilash bo‘yicha takliflar berish. Taklif va arizalar bilan info@dtm.uz elektron 
manziliga murojaat qilish. 
3.1.3. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan boshqa huquqlardan foydalanish. 

Yüklə 137,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin