Diagnostik test sinovlarini o‘tkazish xizmatini bajarish to‘g‘risida ommaviy



Yüklə 137,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix31.03.2023
ölçüsü137,76 Kb.
#91806
  1   2   3   4
digo



 Diagnostik test sinovlarini o‘tkazish xizmatini bajarish to‘g‘risida ommaviy 
oferta shartnomasi 
Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 
(bundan buyon matnda Ijrochi deb yuritiladi) rasmiy taklifi (ommaviy oferta) bo‘lib, diagnostik test 
sinovlarini o‘tkazish xizmatini bajarish bo‘yicha barcha zarur shartlarni o‘z ichiga oladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 370-moddasi 4-bandiga muvofiq, Ofertada keltirilgan 
shartlarni qabul qilish va xizmat uchun haq to‘lash orqali jismoniy yoki yuridik shaxs ushbu taklifni qabul 
qilganligini tasdiqlaydi hamda Buyurtmachi bo‘lib hisoblanadi (bundan buyon matnda Buyurtmachi deb 
yuritiladi), Ijrochi va Buyurtmachi birgalikda shartnomaning taraflari hisoblanadi (bundan buyon matnda 
Taraflar deb yuritiladi). 
Shartnomada qo‘llanilgan atamalar 
Oferta — Bir yoki bir necha muayyan shaxsga yuborilgan, yetarli darajada aniq bo‘lgan va taklifni kiritgan 
shaxsning o‘zini taklif yo‘llangan va uni qabul qiladigan shaxs bilan shartnoma tuzgan deb hisoblash 
niyatini ifoda etadigan taklif. 
Aksept — Buyurtmachining ofertani to‘liq va pisandasiz qabul qilganligi haqidagi javobi bo‘lib, taraflar 
tomonidan shartnomaning yozma nusxasini imzolamasdan shartnoma tuziladi. Shartnomani ofertada 
ko‘rsatilgan shartlardan boshqacha shartlar asosida tuzish to‘g‘risidagi javob aksept hisoblanmaydi. 
Diagnostik test sinovlari — O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari sinov 
testlarini o‘tkazish bo‘yicha xizmat turi. 
Avtorizatsiya maʼlumotlari — Buyurtmachini aniqlash va uning hisobiga uchinchi shaxslar tomonidan 
ruxsatsiz kirishdan himoya qiluvchi login (noyob identifikator) va parol (belgilar to‘plami) dan iborat saytga 
kirish va xizmatdan foydalanish uchun zarur bo‘lgan maʼlumotlar. 

Yüklə 137,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin