Ызбекистон республикаси


Mavzu yuzasidan test savollari



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/39
tarix31.03.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#91902
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39
касбга йўллаш ўкув кўлланма

Mavzu yuzasidan test savollari 
1. Mehnat ta`limi asosan necha yilliy yo’nalishda amalga oshiriladi? 
A) 4 yillik yo’nalishda – texnik, maishiy xizmat ko’rsatish, qishloq xo’jaligi va 
xalq hunarmandchiligi yo’nalishida. 
B) xalq xo’jaligining bara sohalarida 
C) 3 yillik yo’nalishda –maishiy xizmat ko’rsatish, qishloq xo’jaligi va xalq 
hunarmandchiligi yo’nalishida. 
D) 2 yillik yo’nalishda –qishloq xo’jaligi va xalq hunarmandchiligi yo’nalishida. 
2. Mehnat ta`limi va kasbga yo’naltirish kasbiy tayyorgarlik ishlarni tashkil 
etishda qaysi bosqichlarga e`tibor berish zarur? 
A) 1-bosqich boshlang`ich ta`lim 1-4 sinflar, 2-bosqich tayanch majburiy ta`lim, 
3-bosqich o’rta maxsus kasb-hunar ta`limi.
B) 1-bosqich boshlang`ich ta`lim 1-4 sinflar, 2-bosqich 5-7 sinflar, 3-bosqich 8-9 
sinflar 
C) 1-bosqich boshlang`ich ta`lim 1-4 sinflar, 2-bosqich 5-9 sinflar, 3-bosqich 
akademik litsey va kasb-hunar kolejlari 
D) 1-bosqich umumiy o’rta ta`lim 1-9 sinflar, 2-bosqich akademik litsey va 
kasb-hunar kolejlari 
3. 
Ta`lim tizimi xodimlari, mehnat ta`limi o’qituvchisi hamda kasbga 
yo’naltiruvchi uchun qanday bilimlar majburiy-zarurdir? 


69 
A) fizik 
B) kimyoviy 
C) tadbirkorlik 
D) matematik 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
§ 6. KASBLARGA QO’YILADIGAN PSIXOFIZIOLOGIK 
TALABLAR 
 
O’quvchilarni o’rganilayotgan kasbga qiziqishini shakllantirish jarayonida 
ularning e`tiborliligi va berilishini ifodalaydigan materiallarni tavsiflaydigan xolatlar 
quyidagicha: 


70 
1. O’quvchilarda demontaj – montaj ishlarini bajarish, o’lchash, tahlil qilish, 
izlash, minimal qo’yimlarni taqozo etadigan aniq bo’g`imlarni tayyorlash orqali
e`tiborlilik shakllanishini ta`minlaydigan ishlar; 
2. O’quvchilarda nazorat topshiriqlari, planshetlar, hisoblash mazmunini 
o’rganish orqali, detallar, uzellar va mexanizmlarning sxemalari, chizmalari, jadvallari 
va konstrutsiyalarini o’rganish orqali belgilashni ta`minlaydigan ishlar. 
O’quvchilarda 
o’rganilayotgan 
kasbiga 
qiziqishini 
shakllantirishni 
ta`minlaydigan 
intellektual 
komponentning 
tarkibiy 
qismlarini 
aniqlashda 
quyidagilarga alohida e`tibor berish lozim: 

Analiz va sintez; 

Diqqat va kuzatuvchanlik; 

Ajratish va umumlashtirish; 

Klassifikatsiyalash va isbotlash. 
Kasblarga qo’yiladigan psixofiziologik talablarni umumiy holatini izohlash 
uchun: 
1. YOshlar tegishli kasbiy niyatlarini shakllantirish metodlarini ishlab chiqish; 
2. Kasbiy qobiliyatlar va kasbga layoqatni shakllantirish metodlarini ishlab 
chiqish. 
3. Turli kasblarning ijtimoiy mavqeini tenglashtirish metodlarini va yo’llarini 
ishlab chiqish. 
4. Mehnat resurslarini taqsimlash va ularning muhim joylashib qolishi 
jarayonini iqtisodiy va ma`naviy tartibga solib turish omillarini ishlab chiqish. 
5. Moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarining yoshlar uchun 
jozibali bo’lishini oshirish tadbirlari tizimini ishlab chiqish. 
6. Kasb tanlashning tegishli motivlari shakllanishiga ommaviy tarbiya vositalari 
ta`siri samaradorligini oshirish tadbirlari tizimini ishlab chiqish. 
7. Umumiy ta`lim maktabining oila va ishlab chiqarish bilan hamkorlikda 
kasbga yo’naltirish va kasbiy maslaxat bo’yicha olib boradigan ishlari tizimini 
belgilashda ―xohlayman‖, ―uddalayman‖ hamda engil sanoat sohasi tarmoqlariga xos 
ishlab chiqarish korxonalarini o’rganish jarayonida o’quvchilarni mazkur sohaga xos 


71 
kasblarni tanlashga yo’naltirish asoslarini mukammal o’zlashtirishni ta`minlash zarur. 
Bu borada kasbga yo’naltiruvchi mutaxassislarni o’qitish va tarbiyalash 
muammolari haligacha to’la bartaraf etilmagan. Maktablarda o’qiyotgan yigit va 
qizlarga davlat alohida g`amho’rlik ko’rsatadi. SHu sababli korxona ularga zarur kasb 
tayyorgarligi va tarbiya berishni ta`minlashga da`vat etilgan. Tarbiyaviy ishlar – 
umumiy ta`lim maktabida olib borilgan ishlarning davomidir. YOshlarni kasbga 
tayyorlash jarayoni, mehnatga munosabatini tarbiyalash, amaliy ko’nikma va 
malakalarni shakllantirish, o’quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish va 
shakllantirish ishlarini o’z ichiga oladi. 
Ishlab chiqarish sharoitida yoshlar tarbiyasiga yangi muhit – mehnat va ishlab 
chiqarish jamoasi katta ta`sir ko’rsatadi. YOshlar ishchi jamoaning an`analari bilan
tanishadi, uning manfaatlarini o’z manfaati deb tushunadi va o’z mehnat faoliyatining 
ijtimoiy ahamiyatini anglay boshlaydi. 
Hunar ta`limi yagona tarbiyaviy jarayonning tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Boshlang`ich ishlab chiqarish jamoalari doirasida o’quv-tarbiya jarayonlari ko’pincha 
bir kishi – o’rta bo’g`in ishlab chiqarish jamoaning muhandis – pedagog tomonidan 
amalga oshiriladi. Ayni shu muhandis – pedagog ishlab chiqarish jamoaga doimiy va 
uzluksiz pedagogik ta`sir ko’rsatadi. SHuningdek, bu jamoaning ayrim a`zolari 
korxonadagi kasb-hunar ta`limi tizimining turli zvenolaridagi tegishli o’quv 
gruppalariga jalb qilinadilar. 
Pedagog olimlarga ishchilarning umumiy va maxsus tayyorgarligi, ularning 
ishlab chiqarish malakasi darajasi, umumiy va mehnat madaniyati, jamoa kasbiy 
faoliyat jarayonida o’quvchilar o’rtasida shakllanadigan munosabatlar, jamoa 
foydalanadigan ma`naviy va moddiy rag`batlar kiradi. 
SHaxsiy-psixologik omillarga esa e`tiqod ehtiyoji, moyillik, odatlar, ma`lum bir 
faoliyatning biror turini tanlash masalalari kiradi. Inson ongini o’rganishda shaxsning 
aniq vaziyatdagi, aniq maqsadi pedagogik-psixologik, kasbiy, texnik-texnologik 
foliyatining asosiy maqsadi yoshlarda faqat moddiy boyliklar yaratish malakasini 
tarbiyalash emas, balki mehnat qilish ehtiyojini ham tarkib toptirishdir. Kasbiy 
yo’naltirish va tarbiya vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun o’qituvchi yuksak 


72 
g`oyaviy, printsipial, siyosiy etuk va ma`naviy barqaror inson bo’lishi shart. 
O’zining ishchi – o’quvchilarini bilish va hurmatlash, doimo ularning har 
tomonlama kamol topishi uchun qayg`urish, ehtiyoj va qiziqishlarini tushunish, har 
biriga yakka holda yondoshish kasbga yo’naltirish, pedagogik mahorat, o’z ustida 
uzluksiz ijodiy ishlash, o’z bilimlarini takomillashtirib borish, yuksak saviyaga 
erishishi muhim ahamiyatga ega. 
Kasb tanlashda yoshlarga yordam berish maqsadida mutaxassislar (psixologlar, 
vrachlar, pedagoglar va boshqalar)ning maslahatlari va tavsiyalari asosiy omillardan 
biri bo’lib xizmat qiladi. Bizning mamlakatimizda ham shahar, tumanlarda yoshlarni 
kasb tanlashga yo’llovchi Tashxis Markazlari ishlab turibdi. Kasblar bo’yicha 
maslahat berishning bir necha xillari mavjud bo’lib ular bir biridan farq qiladi. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin