78
O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tishning o’z modelini, ya`ni islohotlarni
ravon va bosqichma-bosqich amalga oshirishga asoslangan modeli ishlab chiqilgan. U
ko’pchilik mamlakatlarning bozor munosabatlariga keskin o’tishi va davlatning
iqtisodiyotga minimal aralashuviga asoslangan modelidan, shuningdek minimal
darajada iqtisodiyotni demokratlashtirish bilan davlatning
iqtisodiyotga minimal
aralashuviga asoslangan modelidan farq qiladi. O’zbekiston modeli iqtisodiy
masalalarda davlatning faol ishtirok etishi zarurligi va bozor hamda demokratik
o’zgarishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish kontseptsiyalariga asoslanadi.
O’zbekistonda davlatga bir vaqtning o’zida bosh isloxotchilik va jamiyat ijtimoiy
xayotining barqarorligini ta`minlovchi hamda kafolatlovchi bosh rol berilgan.
Respublikada davlatning roli bozor iqtisodiyotini rivojlantirishda ham, shuningdek
iqtisodiy o’zgarishlarning salbiy oqibatlaridan aholini muhofaza qilishda ham ko’zga
tashlanmoqda. Kuchli ijtimoiy siyosat o’tish davrida bosh masalalardan biri deb e`lon
qilingan. Islohotning birinchi bosqichi uchun aholini
ijtimoiy muhofaza qilishga
ajratilgan harajatlar miqdori respublika byudjetining deyarli uchdan bir qismini tashkil
etdi. Biroq bozor tomon siljigan sari ushbu muxofazaning mexanizmlari va nufuzi
o’zgarmoqda. har bir konkret davr uchun o’zgaruvchan iqtisodiy sharoitlarni hisobga
olgan holda ijtimoiy moslashuv choralari qayta ko’rib chiqildi. Bu sohadagi kelajak
strategiyasi aholini ijtimoiy muhofaza qilishning keng qamrovli tizimidagi, ijtimoiy
kafolatlarni tizimiga asta-sekin o’tishi, shuningdek aholini
davlat dotatsiyalari va
subsidiyalari olishdan, xususiy biznes sohasida daromadlar olish imkoniyatlariga
yo’naltirish ko’zda tutiladi.
Islohot boshlangandan buyon o’tgan davr ichida O’zbekiston aholisi 2700 ming
kishiga (12,9 %) ko’paydi. Umumiy o’sishning deyarli to’rt qismi qishloq aholisiga
to’g`ri keladi, uning solishtirma og`irligi 59,9 % dan 62,1 % ga o’sdi. Andijon,
Qashqadaryo, Samarqand va Surhodaryo viloyatida 70 % ni tashkil etadi. Qolgan
viloyatlarda 50 % dan 69 % gacha o’zgarib turadi. Respublikada ayollar soni erkaklar
soniga nisbatan 101,7 % tashkil etadi.
79
90 yillarda o’sish sur`ati pasaydi, ko’payish yuqoriligicha qoldi. Tug`ilish
ko’rsatkichi ham pasaymoqda. 1997 yil 26% tashkil etdi. 1996 yili ko’zda
tutilgan
iqtisodiy o’sish demografik tendentsiyalarning o’zgarishi ham o’z ta`sirini ko’rsatdi.
SHahar aholisi o’sish sur`ati ko’payib, qishloqniki pasaya bordi. Tashqi migratsiya
qisqardi, nikohlar soni o’sa boshladi. Orolbo’yi regionining og`ir ahvolda ekanligini
ta`kidlash joiz. Ekologik omilning salbiy ta`siri ilgari faoliyat ko’rsatgan ishlab
chiqarish turlarini hamda ish o’rinlarini qisqartirishga olib kelmoqda, chunki
dengizning mavjudligi bilan bevosita bog`liq bo’lgan
mazkur ekosistema uchun
an`anaviy hisoblangan hunarmandchilik va boshqa tarmoqlar yo’qolib bormoqda.
1997 yili regionning mehnat birjasida 6,1 ming kishi ro’yxatga olingan.
1997 yilning oxirida O’zbekistonda mehnatga layoqatli yoshdagi aholining
solishtirma salmog`i 49,5% ni (11,4 mln.kishi), 16 yoshgacha bolalar va o’smirlar –
42,8% ni (9,9 mln.kishi) nafaqa yoshdagi shaxslar 7,7 % ni (1,8 mln. kishi)ni tashkil
etdi. YOshlarning 9 yillik maktabdan so’ng kasb-hunar kollejlari va akademik
litseylarda 3 yil ta`lim olishlari majburiy belgilanganligi, mehnatga layoqatsiz yoshni
18 yoshga olib keldi. Bu o’z navbatida mehnat bozoridagi vaziyatni birmuncha
kamaytirishi mumkin. 1997 yilda mehnatga layoqatli fuqarolar soni 1991 yilga
nisbatan 1592.1 ming kishiga (15,7 %) o’sgan. Bu o’sishning yarmidan ko’prog`i
(863,1%) oxirgi 3 yilga to’g`ri keladi. Bundan vaziyat xozirgi kunda mehnat bozorida
ba`zi bir keskinliklarni, kadrlar tayyorlash sohasi uchun esa qo’shimcha
vazifalarni
keltirib chiqaradi.
Respublikamizda mehnatga layoqatsiz yoshdagi shaxslar sonining katta
miqdorda ekanligi, daromadlar, samarali bandlik, ijtimoiy sug`urta
kafolatlarini
ta`minlashga asoslangan, kuchli ijtimoiy siyosat olib borish zarurligini belgilab berdi.
Bu borada bolalarni bo’sh vaqtlarida turli faoliyatlarga jalb qilib, ularni
ko’rgazmalarga, muzeylarga borishni tashkil qilib, ota-onalar o’z farzandlarini oila
sharoitidan kelib chiqqan
holda qavmu-qarindoshlar, amaki-tog`alar, amma-xolalar,
aka-ukalar, opa-singillar hamda mahalla-qo’shnilarni mehnat-kasblari bilan
tanishtirishlari lozim. SHu bilan oiladagi o’g`il-qizlar, o’z kuchlarini va qiziqishlarini
80
hisobga olgan holda mavjud ishlarni ―sinab ko’rish‖ tamoyiliga binoan bajarishlari
maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: