Ызбекистон республикаси


Mavzu yuzasidan test savollari



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/39
tarix31.03.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#91902
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
касбга йўллаш ўкув кўлланма

 
Mavzu yuzasidan test savollari: 
1. Maktabgacha ta`lim muassasalarida kasb olami haqidagi dastlabki 
tushunchalar qanday beriladi? 
A) boshlang`ich mehnat ko’nikmalari, o’yinlar orqali 
B) boshlang`ich mehnat ko’nikmalari, kasblar orqali 
C) kitoblar, o’yinlar orqali 
D) ekskursiyalar, kitoblar orqali 
2. Umumiy o’rta ta`lim maktablarida kasb-hunarga yo’naltirish ishlari 1-9 
sinflarda uzluksiz tarzda o’quvchilarga nima asosida beriladi? 
A) testlar asosida 
B) shaxsning qiziqish va qobiliyatlari asosida 
C) shaxsning psixologik-pedagogik tashxisi asosida
D) shaxsning ko’nikmalari asosida 
3. Kasbga yo’naltirish ishlari kimlar tomonidan amalga oshiriladi? 
A) kasbga yo’naltiruvchi mehnat ta`limi o’qituvchilari, mutaxassislar, 
psixologlar, asosiy fan o’qituvchilari amalga oshiradilar 
B) mutaxassislar, psixologlar, asosiy fan o’qituvchilari va sinf rahbarlari amalga 
oshiradilar 
C) kasbga yo’naltiruvchi mehnat ta`limi o’qituvchilari, mutaxassislar, asosiy fan 
o’qituvchilari va sinf rahbarlari amalga oshiradilar 
D) kasbga yo’naltiruvchi mehnat ta`limi o’qituvchilari, mutaxassislar, 
psixologlar, asosiy fan o’qituvchilari va sinf rahbarlari amalga oshiradilar 
 
 
 
 


87 
 
§ 8. O’QUVCHILARNING KASBIY LAYOQAT, MOYILLIK, 
QIZIQISH HAMDA QOBILIYATLARNI ANIQLASH METODLARI 
Ma`lumki, xalqimiz qadimdan yosh avlod tarbiyasi, xususan yoshlarni mehnatga 
tayyorlash, ularga hunar o’rgatishga alohida e`tibor berib keladi. Buni hunar-hunardan 
unar, yigit kishiga qirq hunar oz kabi maqollarimizda ham ko’rishimiz mumkin.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng bu sohaga e`tibor yanada 
kuchaydi. YAngi turdagi ta`lim, jumladan maktabdagi mehnat ta`limi va uni negizida 
o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirib, kollejlarda o’qishni davom ettirishga 
tayyorlash uchun kasb-hunar ta`limi muassasalari tashkil etilishi jadallashtirilmoqda. 
Ularni o’z ishining ustasi bo’lgan, erkin fikrlaydigan barkamol shaxs tarbiyasi 
jamiyatimizning ustivor vazifalari sirasiga kiritilmoqda, zero aynan shunday yoshlar 
davlatimizning buyuk kelajagini bunyod eta oladi. 
Bugungi kunda har bir insonning kasblar olamida o’z o’rnini topishi, kasbiy 
o’zligini anglashi, jamiyatda o’z o’rnini topishga intilishi va unga qiziqishi kun sayin 
ortib bormoqda. Minglab kasblar ichida qaysi birini tanlash, shaxsning unga moyilligi, 
layoqati va qiziqishlarining mos kelishi yoki kelmasligini bilish, shaxs istiqbolida 
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada bolalarga qiziqtirgan kasblar haqida ko’plab 
ma`lumotlarni maktabgacha ta`lim muassasalarida kasb olami haqidagi dastlabki 
tushunchalar, boshlang`ich mehnat ko’nikmalari o’yinlar orqali beriladi. 
Umumiy o’rta ta`lim maktablarida kasb-hunarga yo’naltirish ishlari 1-9 sinflarda 
uzluksiz tarzda o’quvchilarga berish, shaxsning psixologik-pedagogik tashxisi asosida 
amalga oshiriladi. Bu jarayonni kasbga yo’naltiruvchi mehnat ta`limi o’qituvchilari, 
mutaxassislar, psixologlar, asosiy fan o’qituvchilari va sinf rahbarlari amalga 
oshiradilar. Kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik hududiy tashxis 
markazlari bu ishlarni muvofiqlashtiradi hamda metodik rahbarlik qiladi. har bir 
umumiy o’rta ta`lim maktablarida har yili tuziladigan va maktab direktorii rahbarlik 
qiladigan kasb-hunarga yo’naltirish komissiyalari faoliyat ko’rsatadilar. Komissiyalar 
bitiruvchilarga tanlagan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining tayyorlov 
yo’nalishlariga yakuniy xulosalar asosida tavsiyanomalar beradi. Kasb-hunarga 


88 
yo’naltirishning ayrim elementlari o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tahlili va oliy 
ta`lim muassasalarida, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 
bo’linmalarida, mudofaa vazirligi va oliy ta`limdan keyingli ta`lim muassasalarida 
hamda maktab bitiruvchilarini akademik litsey, KHK va oliy ta`lim muassasalarida 
o’qishni davom ettirishi, korxonalarda ishlashida kasb tanlash ishlari ham amalga 
oshirilishi chuqur va kengaytirish holatlari davom etadi. 
Mamlakatda kasbga yo’naltirish yaxlit tizimi asta-sekin shaklanmoqda. Mazkur 
yagona tizim xozirgi holatida maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji
kasb-hunarga yo’naltirish markazlari, yoshlar ijtimoiy harakati, oliy o’quv yurtlari, 
bandlik xizmatining tegishli davlat tuzilmalari, mulkchilik shaklidan qat`iy nazar 
korxona va muassasalar o’z tarkibiy tuzilmalarida hamda ularning o’rtasidagi ikki 
tomonlama va ko’p tomonlama hamkorlik faoliyatlarni bugungi kunda mavjud 
me`yoriy-huquqiy hujjatlar zaminida – o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish 
borasidagi ishlarni asta-sekin tashkil etmoqdalar. 
Bu borada qayd etilgan o’quv muassasalar, korxona va tashkilotlarni tegishli 
kadrlar bilan ta`minlash, ayniqsa: psixologlar, kasbiy maslahatchilar, psixofiziologlar, 
sotsiologlar va boshqalarni tayyorlashni ko’paytirish hisobiga shakllantiriladi. 
Buni inobatga olgan holatda pedagogik institut va universitetlarda 
tayyorlanayotgan mehnat ta`limi va kasb-hunar o’qituvchilarini o’quv rejalarida 
bo’lajak o’qituvchilar faoliyatida – ―O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish‖ 
kursining o’qitish metodikasiga e`tibor katta. 
O’quvchilarni – bo’lajak kasbini ongli ravishda tanlashi, tanlagan kasbi yuzasidan 
to’la axborot va ma`lumotlarga ega bo’lishi uchun 8-9 sinflarning birinchi yarmida 
―ishlab chiqarish asoslari‖ kursida etarli materiallar kiritilgan hamda ularni to’la 
hajmida o’zlashtirishga xos imkoniyatlarni yaratilishi ko’zda tutilgan. 
SHunday qilib, o’quvchilarni 5-7 sinflarida tanlangan mehnat ta`limi zaminida 
o’zlashtirgan bilim-ko’nikmalari, umumta`lim fanlari asosida kasblar to’g`risidagi 
bilib olgan axborotlar hamda maktab va maktabdan tashqari tizimlardagi dars va 
ommaviy mashg`ulotlarda kasblar to’g`risida olayotgan ma`lumotlar – ularga ongli 
ravishda aniq bir kasbni tanlashga olib keladi. 


89 
SHuni inobatga olgan holda, 9-sinfda – maktab tizimida olib borilgan kasb 
tanlash ishlarini, 9-sinflarda esa, kasb tanlashga xos tashkiliy-ommaviy va hamkorlik 
tadbirlarini olib borilishi rejalangan. Ular yuzasidan quyidagi o’quv-mavzu rejalar 
ishlab chiqilgan. 
Mavzular tezis holatda yoritilgani uchun, ularni qo’shimcha materillar, sxema va 
boshqa ma`lumotlarni har tomonlama o’rganishga yo’naltirilgan. Unga kasb tanlashga 
xos pedagogik-psixologik va metodik materiallarni qo’shimcha manbalardan 
foydalanib to’ldiring, boyiting, chuqurlashtiring va kengaytiring. Qo’shimcha materi 
allardan ko’pincha hududiy, mahalliy va ilg`or tajribalar yuzasidan ma`lumotlarga 
e`tiborni kuchaytiring. Mavzuga taaluqli xududiy akademik litsey va kasb-hunar 
kollejlar faoliyatlarini o’quv-tarbiya ishlarini, kasblarga yo’naltirilgan materiallarni 
kengroq qilib ifodalang. Azkur mavzularni o’quvchilar mustaqil holatda 
o’zlashtirishga alohida e`tibor bering. O’quvchilar o’zlashtirayotgan materiallarni 
tizim yoki model holatiga keltirishga ko’proq e`tiborni yo’naltiring. Bu borada, 
o’quvchilarni o’quv materiallarini o’zlashtirish jarayonlarida ko’rsatayotgan 
harakatlarini quyidagicha yo’naltiring: 
1) mavzuga xos materiallarni to’plash, tahlil etish, xulosa chiqarish; 
2) turli manbalardan qo’shimcha materiallarni izlash va ularni aosiy materiallar 
bilan uyg`unlashtirish, kengaytirish va boyitish; 
3) mavzuni mustaqil ravishda o’zlashtirish jarayonida mavjud bo’lgan 
muammolarni aniqlash, ularni echish holatini aniqlash hamda muammolarni bartaraf 
etish tadbirlarini belgilab olish;
4) agar mavzuni o’zlashtirish jarayonini tajribaga qo’yish va uni o’tkazish usullari 
bilan maqsadga erishishni talab etsa, demak, mazkur usullardan unumli foydalanishga 
alohida e`tibor berish zarur; 
5) mazkur mavzularni ayrimlarini tadqiqot usullari bilan o’zlashtirish metodikaini 
aniqlab hamda uni amalda tadbiq etish. 
SHunday qilib, mazkur to’plamda kasbga yo’naltirish masalalarini o’quvchilar, 
asosan, mustaqil ravishda o’zlashtirishlariga qaratilgan. SHu bilan birga quyidagi 


90 
mavzulardan birini tanlab pedagogika, psixologiya va kasb tanlash bilan 
uyg`unlashtirilgan holda ifodalashni tavsiya etiladi: 
1. Referat ishi mavzusini g`oyasiga binoan quyidagi shakllarda ishlab chiqiladi: 
- loyihalar tayyorlash; 
- modellar ishlab chiqish; 
- takomillashtirilgan dasturlar; 
- dasturilamal rejalar va hakozolar. 
2. Referat ishini himoya natijasidan kelib chiqqan holda komissiya qaroriga 
binoan amalga tadbiq etish uchun viloyat rahbarlariga tegishli tavsiyalar beriladi. 
3. Referat ishini to’la amalga tadbiq etilishiga qarab tinglovchi-xodimni tegishli 
mahalliy tashkilotlar rahbariyati tomonidan moddiy va ma`naviy taqdirlash masalalari 
qo’yiladi. Bitiruv ishi yuzasidan kafedradan tayinlangan ilmiy rahbar sizga amaliy 
yordam ko’rsatadi. 
4. Referat ishiga tavsiya etilgan mavzular: 
I. Kasb-hunar ta`limi pedagogikasining dolzarb muammolari: 
1. Kasb-hunarga yo’naltirilgan pedagogikasining dolzarb muammolari; 
2. Kasb-hunarga yo’naltirilgan pedagogik jarayonni optimallashtirish; 
3. Muammoli ta`lim; 
4. Qo’shimcha darslar; 
5. O’quv jarayonidagi ishchi o’yinlar; 
6. O’quvchilarni o’quv-ishlab chiqarish jarayonida faolligini oshirish; 
7. Pedagogik mehnat ilg`orlarining tashkiliy-metodik tizimining asoslari; 
8. Tayanch konspektlarni tuzish metodikasi; 
9. Pedagogik tajriba va g`oyalar; 
10. Pedagogning ilmiy labaratoriyasi; 
11. Pedagogik tajriba va ijodkorlik; 
12. Pedagogik mahorat; 
13. Pedagogik faoliyatda mantiq; 
14. Pedagog etikasi; 
15. Pedagogikada notiqlik san`ati; 


91 
II. Kasb-hunarga yo’naltirish psixologiyasining dolzarb muammolari: 
1. Kasb-hunar ta`limi psixologiyasi; 
2. Jamoaning psixologik muammolari; 
3. Pedagog obro’ining shakllanishi; 
4. O’quvchilarning psixologik xususiyatlari; 
5. O’quvchilarning bilish va qiziqishlarini shakllantirish; 
6. SHaxsning hissiy-irodaviy tavsifi; 
7. Xotira va uni rivojlantirish yo’llari; 
8. Muloqotning psixologik xususiyatlari; 
9. Diqqat va uning o’quv-ishlab chiqarish faoliyatidagi roli; 
10. Fikrlash, tasavvur, ta`lim jarayonida ularni rivojlantirish; 
11. O’quvchilarni kasb tanlashga tayyorlashning psixologik asoslari. 
III. Kasb tanlashning dolzarb muammolari: 
1. Kasb tanlashning ijtimoiy asoslari; 
2. Kasb tanlashning iqtisodiy asoslari; 
3. Kasb tanlashning psixologik asoslari; 
4. Kasb tanlashning tibbiy asoslari; 
5. Kasb tanlashning fiziologik asoslari; 
6. Kasb tanlashning yuridik asoslari; 
7. Kasb tanlashning pedagogik asoslari; 
8. Kasb tanlashning tarbiyaviy asoslari; 
9. Gumanitar predmetlardan kasb tanlash asoslari; 
10. Fizik-matematik predmetlardan kasb tanlash asoslari; 
11. Biolog-fiziolog predmetlardan kasb tanlash asoslari; 
12. Mehnat va kasb ta`limidan kasb tanlash asoslari. 
SHunday qilib, maktab tizimidagi hamda mehnat ta`limi negizidagi kasb 
tanlashni hamda maktabdagi sinf va sinfdan tashqari ishlarda o’quvchilarni 
kasb-hunarga yo’naltirish asoslarini muntazam ravishda olib borishi ishlab chiqildi, 
tadbiq etilishi belgilandi, mezon va darajalari keltirildi. 


92 
Keltirilgan materiallar turli shaklda, hajmda va holatlarda keltirilmoqda. 
Magistrantlar ulardan axborot, ma`lumot, tavsiya, qayta ishlab chiqish, maqola, risola 
va magistrlik dissertatsiya qo’llanishi uchun taqdim etilmoqda. Taqdim etilgan 
materiallar: rasmiy hujjatlardan, risola, maqolalar va boshqa manbalardan olingan. 
Bu borada magistrantlar o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish bo’yicha 
umumiy o’rta ta`lim maktablari direktori, amaliyotchi psixologi, kasb-hunarga 
yo’naltiruvchi, sinf rahbarlarining asosiy vazifalarini kasb tanlash ishlari bilan 
uyg`unlashtirib olib borishlarini tashkiliy va ilmiy-pedagogik asoslarini taxlil qilishlari 
lozim.
O’quvchilarning kasbiy layoqat, moyillik, qiziqish hamda qobiliyatlarni hisobga 
olinmasa quyidagi kamchiliklarni keltirib chiqarish mumkin: 
O’qituvchining kasb-hunar tanlashda uning qobiliyati qizishi xisobga olinmasligi. 
O’qituvchining kasb-hunarni tanlashdan uning aniq kasbga bo’lgan qiziqishi 
qobiliyati salomatligi va boshqa omillari har tomonlama o’rganilmaydi, natijada 
o’quvchining shaxsiy mayli qiziqishiga emas balki o’qituvchining o’quv rejasiga 
asoslanib umumiy kasb tanlashga xos o’qishga turli mazmundagi tarbiyaviy 
tadbirlarda ishtirok etishga madaniy-axloqiy ishlarni tashkil etish va o’tkazishga 
majburan jalb etiladiganga o’xshab ketadi. Bunday tabiiy xolat oqibatida har ikkala 
shaxsda (o’qituvchi o’quvchi) ham kasb tanlash ishlarda faollik tashabbuskorlik 
ijodkorlik yo’qoladi. 
O’qituvchining o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish talim-tarbiyaviy ishini 
aniq va ijodiy rejalashtirmasligi. 
Bu sabab mehnat ta`limining yagona o’quv rejasi tarbiyasiga qo’yilgan talabning 
bir xilligi hamda ota-kasb va ustoz-shogird tizimlaridagi kasb manaviyatiga e`tiborsiz 
qarash natijasidir. Natijada o’qituvchi dars jarayonida reja va dasturdan kelib chiqib 
o’quvchini mehnat va kasb tanlashini manaviy shakllantirish imkoniyatlarining 
didaktik adabiyotlarga boy manaviy merosimiz durdonalariga diniy manbalarga 
o’lkashunoslik materiallariga tayangan holda ta`limining tarbiyaviy tomoniga aloxida 
e`tibor bermaydi. O’qituvchi dasturga yoki darslikka suyanib qolmasligi 
o’quvchilarning qiziqish va o’z imkoniyatlariga qarab tanlanlangan kasbiga ota –kasb 


93 
va ustoz - shogird talablariga tayanib ish olib bormasligi. O’quvchi diqqaatini, qalbini,
ongi va foliyatini zabt eta olmaydigan xohlagan kasbini tanlashgan voz kechish 
ularning manaviy extiyojini qondira olmaydigan mohir ustalar va mutaxasislar ijodi va 
foliyatini ijodiy o’rganishdan uzoqligi salbiy ta`sir qiladi. 
O’qituvchilarning mehnat jarayonida va ularni kasb-hunarga yo’naltirish 
yuzasidan talim va tarbiyadagi uzviy birlikning yo’qligi. 
Mazkur yo’nalishdagi kamchiliklar shu bilan izoxlanadiki mehnat talimining dars 
jarayonida uning tarbiya va kasb-hunarga yo’naltirish qonuniyatlari undagi tarbiya 
jarayonini tashkil etishda talim qonunyatlariga etarlicha e`tibor qilinmaydi. Mehnat 
talimi dars jarayonida o’quvchilarni kasb-xunarga yo’naltirish o’quv materiallari 
vositasida to’plangan bilim malaka va ko’nikmalar ijtimoiy foydali madaniy foliyat 
jarayonida qo’llanilmaydi. Darsdan va ta`lim muassasasidan tashqari ish sifatida 
tashkil etilmaydi uning natijalari darsda o’quvchilarning bilim foliyatini kasb 
tanlashning follashtirish uchun foydalanilmaydi. 
Eng asosiy o’qituvchilarni kasb-hunarga yo’llash ta`limini tarbiyaviy xarakteriga 
etiborning nihoyatda pastligi hisoblanadi. Respublikamizdagi fan o’qituvchilari ish 
tajribalarini o’rganish natijasida aniqlanganki aksariyat o’qituvchi va ustozlar 
talimning tarbiyaviy jarayoni tashkil etishdan iborat deb bo’lmaydilar degan xulosaga 
keldilar. 
Talimning tarbiyaviy xarakterini amalga oshirish uchun tarbiya qonunyatlarini 
o’quvchilarni kasb hunarga yo’llash talim qonuniyatlarini negiziga sindirib yuborish 
xar bir mavzuni o’rganishda asosiy maqsad puxta bilim berish emas balki har 
tomonlama voyaga etgan o’quvchi shaxsni shakllantirishdan iborat bo’lmog`i ko’zda 
tutilishi kerak. 
Har bir maktab O’zbekistonda migratsiya vazifasini hisobga olgan holda 
atrofdagi ishlab chiqarish korxonalarni fermer xujaliklarini agrosanoat majmualarni 
shaxsiy uylarda tashkil etiladigan yakka mehnat foliyatlarini istiqboliga tayangan 
holda mehnat ta`limi negizida o’quvchilarni bir necha kasb-hunarga yo’naltirishning 
kasb-korlik tayyorgarlikka uyg`unlashtirishgan holda mustaqil ravishda belgilab oladi. 
Mehnat talimi jarayonida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishdan asta-sekin


94 
aniq kasb-korlikka tayyorgarlik mazmunida mehnat kasb ishlab chiqarish va boshqa 
sohalardagi materiallar uyg`unlashtirilgan holda aks etiladi. Mehnat ta`limi 
mazmunidan o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish jarayonida ularni kamida 3 ta 
kasbga tayyorgarlik holatini o’quvchilar amaliy foliyatlarini bozor mnosabatlari bilan 
uyg`unlashtirilgan holda aks etiladi. Negizida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish 
imkoniyatlarini anik kasb-korlikka tayyorgarlik o’quv rejasi dasturlari va didaktik 
materiallari yagona tarkibda va uzluksiz tamoyillar asoslariga binoan ishlab chiqiladi. 
Mehnat talimi zaminida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishgina umumiy 
mehnat umumiy texnika umumiy texnalogiya umumy ishlab chikarish umumiy kasblar
yangi malumotlar bilan uyg`unlashtirilgan va uzviy bog`langan tizim xamda 
tamoyillar asoslarida o’zlashtirishni tashkil kilinadi. 
Mehnat talimida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishda ularni kasb-korlikka 
tayyorgarlikning o’quv jarayonlarida noananviy vaziyatlar va yangi dars 
texnologiyalar uzluksiz hamda yangilangan holatda qo’llaniladi, kasb-hunarga 
yo’naltirishda ular o’quvchilarni o’zlashtirilgan mehnat va kasb-korlik bo’yicha 
tayyorlash jarayonlaridagi shakllanayotgan bilimlar ko’nikmalar mahoratlar malakalar 
va ijodkorliklar uzluksiz boyitilib kengaytirib va chuqurlashtirib boriladi, mehnat 
talimda o’quvchilarni kasb hunarga yo’naltirishni kasb-korlik tayyorgarligida nazariy 
bilimlarni o’zlashtirish xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning asosiy qismlarini
o’quvchilar darsdan tashqari va amaliy mashg`ulotlar jarayonida mustaqil ravishda
uzviy bog`lab o’rganishga maxsus etibor beriladi. 
O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish jarayonini uyg`unlashtirilgan mehnat va 
kasbkorlik bo’yicha tayyorlashda nazariy darslar amaliy mashg`ulotlar ishlab 
chikarish faoliyatlarni uzviy bog`langan jarayonda tashkil etiladi hamda boshqariladi. 
O’quvchilarni kasb-hunarga yo’llash holatini uyg`unlashtirilgan mehnat va 
kasb-korlik bo’yicha tayyorlash jarayonlarning xususiyatlarini hisobga olgan holda – 
ularda test reyting kim oshdi namoyishlarini ko’rgazmalarni ma`lum bir tizim va 
tamoyllar asosida uzviy bog`lab o’tkaziladi. 
Mehnat jarayonlarini 1-sinfdan 9-sinfgacha o’quvchilarni kasb-hunarga 
yo’naltirib umumiy talim fanlar bilan uzviy bog`langan hamda ularni kasbiy 


95 
yo’naltirilgan holda boyitib kengaytirib va chuqurlashtirib olib boriladi. 
O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish holatini uyg`unlashtirilgan mehnat va 
kasbkorlik buyicha tayyorlashni bog`cha –maktab –KXK ma`lum holda uzluksiz
tizim va tarkibida tashkil qilinadi. 
Uyg`unlashtirilgan mehnat ta`limi va kasb-korlika tayyorgarlikka manaviy 
marifat huquqiy ekologik asoslari bilan uzviy bog`langan holatda o’quvchilarni 
kasb-hunarga yo’naltirilgan jarayonlari o’zlashtirilishi ta`minlanadi. 
Uyg`unlashtirilgan mehnat talimi va kasb-korlikka tayyorgarlikani maxsus 
tashkil etilgan o’quv-tarbiya jarayonlarini samarasini oshirishda ulardagi didaktik 
asoslarda muallifni ilmiy asoslangan o’quv materiallarning mazmunini tadqiqot 
shakllari metodlari va vositalari muntazam ravishda tadbiq etiladi shunda 
o’quvchilarni maktab sharoitida mehnat va kasbgacha tayyorgarlikka zaminni paydo 
bo’lgan hamda ular maktabni bitirgach kasb-hunar kolejlarga tegishli yo’nalishga 
tayyorlangan holda o’qishni davom etiradilar. 
Bu borada quydagi materiallardan zamin asosida kulanilsa – maqsadga muvofiq 
bo’la oladi.
I. Mavzu: Prezident Islom Karimovning asarlarida ishlab chiqarishning isloh 
qilish ayrim masalalari. 
II. Maqsad: O’quvchilarni – Prezident Islom Karimovning asarlarida ishlab 
chiqarishni isloh qilishga oid nutqlari bilan tanishtirish hamda shu yo’nalish bo’yicha 
ularni tafakkurini kengaytirilgan holatda mehnat ta`limi va kasb tanlashga uzviyligini 
yoritish. 
III. Ko’riladigan masalalar:
1. 
Ta`lim tarbiyaning ma`no va mazmunini-o’quvchilarni kasb-hunarga 
yo’naltirishni ishlab chiqarishda shakllanayotgan islohotlar bilan uyg`unlashtirish 
ahamiyati. 
2. 
Milliy mafkurani ongimizga singdiruvchi amaliy ta`lim tarbiyani ishlab 
chiqarish asoslari bilan o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishni uyg`unlashtirib 
amalda tadbiqetishlari. 
3. 
Mehnat ta`limi tayyorgarlikni o’quvchilarni kasbga yo’llash bilan 


96 
mumtoz hunarmandchilik bilan uyg`unlashtirish bugungi va kelgusi avlod tafakkurini 
kengaytirish asoslari. 
O’zbekistonda mustaqillik davrining ta`lim-tarbiya tamoyillari birinchi navbatda 
ajdodlarimizning bu boradagi tajribalaridan faxrlanish tuyg`ularini tarkib toptirish va 
rivojlantirish bilan xarakterlanadi. Binobarin, fan va madaniyatning mumtoz 
namoyondalari qoldirgan ilmiy nazariy me`ros bugungi va kelgusi avlod tafakkuri 
doirasini kengaytirishga bevosita yordam beradi. SHuning uchun O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov dastlab tarixiy tafakkur tarziga asosiy diqqat 
e`tiborni qaratadi.
Mazkur va boshqa asarlarida Prezident Islom Karimov respublikamizda keyingi 
yillarda ro’y berayotgan katta iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy va xuquqiy o’zgarishlar 
haqida bayon etilgan. O’qituvchilarga tushunarli bulishi uchun o’qituvchi Islom 
Karimovning yuqorida nomlari keltirilgan risolalarning ko’rsatilishi, zarur bo’lsa 
ularning mazmunini qisqacha ta`riflab berishi mumkin. 
―O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida‖ nomli mazkur 
asarda mamlakatimizda mustaqillik e`lon qilingandan keyingi davrda amalga 
oshirilgan ishlarga yakun yasalgan, sodir bo’lgan ijtimoiy siljishlar, iqtisodiy islohotlar, 
kishilar ongida ro’y berayotgan o’zgarishlar va boshqa zarur masalalar tahlil qilingan. 
SHunday ekan O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning shu va boshqa 
asarlarini mukammal va atroflarcha o’rganish, unda olg`a surilgan g`oyalarni 
o’zlashtirib olish maqsadga muvofiqdir. CHunki asar har bir O’zbekiston fuqarosini 
porloq kelajagimiz uchun halol va faol mehnat qilishga chorlaydi. 
―Islohotlarning muvaffaqiyati har birimizning qo’limizda. O’zbekistonda 
yashovchi barcha aholining qo’lidadir. Mamlakatimizni erkin, boy ravnaq topayotgan 
mamlakat bo’lsin desak, farzandlarimiz baxtiyor va to’kin-sochin yashasin desak, 
islohotlarning ikkinchi bosqichida xam maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun 
butun kuch g`ayratimizni sarflamog`imiz darkor. Bu bosqich mamlakatimizning jadal 
rivojlanishi, uning qudrati xamda jaxon xalk ta`limiyatidagi obro’ e`tiborni 
kuchaytirish uchun mustahkam zamin yaratishga qaratilgandir. Ushbu maqsadlarga 
erishish 
bizning 
muqaddas 
burchimiz, 
kelajak 
avlodlar 
oldidagi 
ezgu 


97 
majburiyatimizdir.‖- deyilgan asarda. (I.A.Karimov. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni 
chuqurlashtirish yo’lida.-Toshkent: O’zbekiston, 1995. 267 b.) 
SHunda mehnat ta`limi o’qituvchisi mazkur kursning davr talabiga binoan, 
o’quvchilarga davlatimiz oldida tutgan g`oyat muhim ishlab chiqarish bilan bog`liq 
vazifalar mamlakatni iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy isloh qilish, iqtisodiy 
munosabatlarni 
demokratiyalashtirish, 
kelajak 
poydevori 
bo’lmish yuksak 
ma`naviyatdan Vatan ravnaqi yulida foydalanish masalalarini ularga sodda va 
tushunadigan misollar bilan uyg`unlashtirgan holda tushuntiriladi. 
«Ta`lim to’g`risidagi» qonun va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ni qabul 
qilishdan maqsad, avvalgi 11 yillik ta`lim tizimi ilmiy jihatdan asoslab berilmaganligi 
yaqqol ko’zga tashlandi. Sababi, balog`atga etmagan, mustaqil mehnat faoliyatiga 
tayyorlanmagan yoshlar oldida ikkita ulkan xavf-xatar: ishlab chiqarish uchun keraksiz 
bo’lib qolish va kasb-hunar egallay olmasliklari mumkin. 
Amaldagi qonun va dasturlarini amalga oshirishning asosiy bo’g`inida uzluksiz 
ta`lim tizimi yotadi. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin