44
§ 4. KASBGA YO’NALTIRISH ISHLARINING TIPLARI HAMDA
TASHKILIY SHAKLLARI
Hozirgi vaqtda har bir maktab va kasb-hunar kollejlarida o’quvchilarni kasbga
yo’naltirish bo’yicha xonalar va burchaklar tashkil qilingan.
Bularning ishida
o’qituvchilar, shifokorlar, turli kasbdagi mutaxassislar,
kasb-hunar kollejlari, jamoa
xo’jaliklari, davlat korxonalari qatnashadilar.
45
Tumanlar va shaharlardagi kasbga yo’naltiruvchi kabinetlar korxonalarda,
qurilishlarda, jamoa xo’jaliklarida kasb haqida maslahat
beruvchi punktlarning
faoliyati metodik rahbarlikni amalga oshiradi, maslahatlar beradi va ma`lumot sifatida
ahborot ishlarini olib boradi.
Umumiy o’rta ta`lim maktablari 9-sinf bitiruvchilari akademik litsey va
kasb-hunar kollejlarida ixtiyoriy majburiy ta`limni davom ettirishadi. Xuddi shu
jarayonda kasb-hunarga yo’naltirish tizimining ahamiyati ortadi.
Agar kasb-hunarga
yo’naltirish ishlari samarali tashkil etilmagan bo’lsa, 9-sinf bitiruvchilarining
akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida soha yo’nalishlarini tanlashlarida
muammoli vaziyatlar vujudga keladi. Ular quyidagilardan iborat:
- ba`zi obro’li, zamonaviy kasblarga tanlov nihoyatda katta bo’ladi, ba`zi
kollejlarda o’quvchilar soni etarli bo’lmasligi mumkin;
- iqtisod, huquq bilan bog`liq soha yo’nalishidagi
kollejlarga yoshlar
ko’proq qiziqadilar, noyob, fundamental fanlar o’qitiladigan soha yo’nalishlarida esa
oz sonli o’quvchilargina o’qishni xohlaydilar;
- o’quvchilarning o’zlari ham, ota-onalari ham ta`lim olishni akademik
litseyda davom ettirishni istaydilar,
ammo bilim, individual, psixofiziologik
xususiyatlar hisobga olinmaydi va h.k.
YUqorida qayd etilgan muammoli vaziyatlar
vujudga kelmasligi uchun
kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini yaxshi yo’lga qo’yish zarur. Bunday holatda turli
kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazlari xodimlari,
maktab
o’qituvchilari, psixologlar, kasb-hunar
kollejlari rahbarlari va
o’qituvchilarning kasb-hunarga yo’naltirish sohasi bo’yicha faoliyatlarini
uyg`unlashtirish hamda faollashtirish ehtiyoji vujudga keladi.
Dostları ilə paylaş: