Ызбекистон республикаси


Kasbga yo’naltirishning tizimliligi va uzviyligi printsipi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/39
tarix31.03.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#91902
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
касбга йўллаш ўкув кўлланма

Kasbga yo’naltirishning tizimliligi va uzviyligi printsipi umumiy o’rta 
ta`limda I sinfdan to IX sinfgacha kasb-hunarga yo’naltirish ishlarining uzviyligini 
ta`minlaydi: 
- kasb-hunarga yo’naltirishda maktab, oila, homiy tashkilot, kasb-hunar kolleji va 
jamoatchilikning o’zaro aloqadorligi printsipi yoshlarning kasb tanlashlariga yordam 
berishni ko’zda tutadi. U maqsadli va muvofiqlashtiruvchi faoliyatni hamkorlikda 
amalga oshirish imkonini beradi;
- kasb-hunarga yo’naltirishning tarbiyaviy xarakteri shundaki, u uyg`un 
rivojlangan shaxsni shakllantirishda mafkuraviy, mehnat, iqtisodiy, axloqiy, estetik, 
huquqiy va jismoniy tarbiyani birgalikda olib borishni taqozo qiladi; 
- kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini amalga oshirishda tashhis va tarbiyaviy 
yondoshishning o’zaro aloqadorligi. Bu tamoyil bir yondoshuvning ikkinchi 
yondoshuvga qarama-qarshi qo’yilishini bartaraf etadi; 
- o’quvchilarga individual va tabaqalashtirilgan yondoshuv ularning o’zlashtirish 
darajasi, yoshi, kasbiy qiziqishi, shakllanganlik darajalari, hayotiy rejalariga bog`liq 
ravishda amalga oshiriladi. Bir guruhda samarali bo’lgan vosita ikkinchi guruh uchun 
samarasiz bo’lishi mumkin. O’quvchilarni tabaqalashtirib, guruhlarga ajratish ta`sir 
etish vositalarini tartibga soladi. Tabaqalashtirish, o’z navbatida, individual 
yondoshishga sharoit yaratib beradi; 
- kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini ommaviy, guruhli va yakka tartibdagi 
shakllari o’quvchilarning ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borishini, an`anaviy, 
ommaviy shakldan iloji boricha qochib, ish olib borishning hamma shakllaridan 
foydalanishni ko’zda tutadi; 
- kasb-hunarga yo’naltirish ishlarining mazmuni, shakl va metodlari shaxsning 
kasbiy rivoji va, ayni bir paytda, mahalliy hududning kadrlarlarga bo’lgan ehtiyojiga 


48 
mos bo’lishini nazarda tutadi. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin