“Aqliy hujum” metodi
Mazkur metodda biror muammo boʻyicha ta’lim
oluvchilar
tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni toʻplab, ular orqali
ma’lum bir yechimga kelinadi. “Aqliy hujum” metodining yozma va
ogʻzaki shakllari mavjud. Ogʻzaki shaklida ta’lim beruvchi
tomonidan berilgan savolga ta’lim oluvchilarning har biri oʻz fikrini
ogʻzaki bildiradi. Ta’lim oluvchilar oʻz javoblarini aniq va qisqa
tarzda bayon etadilar.
Yozma shaklida esa berilgan savolga ta’lim oluvchilar oʻz javoblarini qogʻoz
kartochkalarga qisqa va barchaga koʻrinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar
yordamida) yoki “pinbord” doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi. “Aqliy hujum”
metodining yozma shaklida javoblarni ma’lum belgilar boʻyicha guruhlab chiqish
imkoniyati mavjuddir.
Ushbu metod toʻgʻri va ijobiy qoʻllanilganda shaxsni erkin, ijodiy fikrlashga oʻrgatadi.
“Aqliy hujum” metodidan foydalanilganda ta’lim oluvchilarning
barchasini jalb etish
imkoniyati boʻladi, shu jumladan, ta’lim oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib
borish madaniyati shakllanadi. Ta’lim oluvchilarda oʻz fikrini faqat ogʻzaki emas, balki
yozma
ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish koʻnikmasi
rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli gʻoyalar
shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta’lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish
uchun xizmat qiladi.
“Aqliy hujum” metodi ta’lim beruvchi tomonidan qoʻyilgan maqsadga qarab
amalga oshiriladi:
-
ta’lim oluvchilarning boshlangʻich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qoʻyilganda, bu
metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi;
-
mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bogʻlash
maqsad qilib
qoʻyilganda, yangi mavzuga oʻtish qismida amalga oshiriladi;
-
oʻtilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qoʻyilganda mavzudan soʻng,
darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.
“Aqliy hujum” metodini qoʻllashdagi asosiy qoidalar:
1. Bildirilgan fikr-gʻoyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.
2. Bildirilgan har qanday fikr-gʻoyalar, ular hatto toʻgʻri boʻlmasa ham inobatga olinadi.
3. Har bir ta’lim oluvchi qatnashishi shart.
“Aqliy hujum” metodining tuzilmasi.
“Aqliy hujum” metodining bosqichlari
“Aqliy hujum” metodining afzalliklari:
natijalar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli fikr-gʻoyalarning shakllanishiga
olib keladi;
ta’lim oluvchilarning barchasi ishtirok etadi;
fikr-gʻoyalar
vizuallashtirilib boriladi;
ta’lim oluvchilarning boshlangʻich bilimlarini tekshirib koʻrish imkoniyati mavjud;
ta’lim oluvchilarda mavzuga qiziqish uygʻotadi.
“Aqliy hujum” metodining kamchiliklari:
ta’lim beruvchi tomonidan savolni toʻgʻri qoʻya olmaslik;
ta’lim beruvchidan yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi.
1
• Ta’lim oluvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol boʻyicha oʻz
javoblarini (fikr, gʻoya va mulohaza) bildirishlarini soʻraladi.
2
• Ta’lim oluvchilar savol boʻyicha oʻz fikr - mulohazalarini bildirishadi.
3
• Ta’lim oluvchilarning fikr - gʻoyalari (diktofonga, videotasmaga, rangli
qogʻozlarga yoki doskaga) toʻplanadi.
4
• Fikr - gʻoyalar ma’lum belgilar boʻyicha guruhlanadi;
5
• Yuqorida qoʻyilgan savolga aniq va toʻgʻri javob tanlab olinadi.
Metoddan samarali fоydalanish maqsadida quyidagi qоidalarga amal qilish lоzim:
Namunaviy savol: Opa singil Fotima va Zuhralar bir biriga juda oʻxshash, ularni
bir – biridan ajratib olish qiyin. Shu bilan birga ular buvisiga juda ham oʻxshaydi. Buning
sababi nimada?
“Aqliy hujum” metоdi
Oʻuvchilarning oʻzlarini erkin his
etishlariga sharоit yaratib berish
Gʻоyalarni yozib bоrish uchun yozuv
taxtasi yoki varaqlarini tayyorlab qoʻyish
Muammо(yoki mavzu)ni aniqlash
Mashgʻulоt jarayonida amal qilinishi lоzim
boʻlgan
sharoitlarni belgilash
Bildirilayotgan gʻоyalarning ularning
mualliflari tоmоnidan asоslanishiga
erishish
Qоgʻоz varaqlari gʻоya (yoki fikr)lar bilan
toʻlgandan soʻng yozuv taxtasiga оsib
qoʻyish
Bildirilgan fikrlarni yangi gʻоyalar bilan
bоyitish
asоsida ularni quvvatlash
Bоshqalar tоmоnidan bildirilgan fikr va
gʻоyalar ustidan kulish, kinоyali
sharxlarning bildirilishiga yoʻl qoʻymaslik
Yangi gʻоyalarni
bildirish davоm etayotgan
ekan, muammоning toʻgʻri yechimini e’lоn
qilishga shоshilmaslik
Oʻquvchilar
tоmоnidan
bildirilayotgan har qanday
gʻоya bahоlanmaydi
Oʻquvchilarning mustaqil fikr
yuritishlari, shaxsiy fikrlarini
ilgari surishlari uchun qulay
muhit yaratiladi
Bоshqalar tоmоnidan
bildirilgan fikrlarni yodda
saqlash, ularga tayangan hоlda
yangi fikrlarni bildirish,
bildirilgan
fikrlar asоsida
muayan xulоsalarga kelish kabi
harakatlarning oʻquvchilar
tоmоnidan sоdir etilishiga
erishiladi
Gʻоyalarni turlicha va koʻp
miqdоrda boʻlishiga ahamiyat
qaratialadi