Chegirmalarning to`la sistemasi
Barcha butun sonlarni biror musbat
m butun songa bo`lishdan 0,1,2, . . . ,
m-1
qoldiqlar hosil bo`ladi. Har bir qoldiqqa sonlarning biror sinfi mos keladi.
1- T a’ r i f. m ga b o`linganda bir xil qoldiq beradigan butun sonlar to`plami
m mo`dul bo`yicha chegirmalar sinfi deyiladi.
m mo`dul bo`yicha chegirmalar
sinfini
𝐶
0
̅̅̅, 𝐶
1
̅̅̅, 𝐶
2
̅̅̅, … . . 𝐶
𝑚−1
̅̅̅̅̅̅̅ (1)
ko`rinishda belgilaylik.
Bo`linma va qoldiqning mavjudligi va yagonaligi
haqidagi teoremaga asosan
chegirmalarning
m modul bo`yicha har xil sinflari umumiy elementga ega
bo`lmaydi. Demak, butun sonlar to`plami o`zaro
kesishmaydigan sinflarga
yoyiladi.
C
r
sinfning elementlari
mq +r shaklga ega bo`lib,
q ga har xil butun qiymatlar
berish natijasida bu elementlarning barchasini hosil qilish mumkin. M a s a l a n.
m=10 bo`lganda 3 qoldiq hosil qiladigan sonlar 10
q + 3 ko`rinishga ega va
q= 0,
±1, ±2, . . . desak, {. . ., -27, -17, -7, 3, 13, 23, . . .} sinif hosil bo`ladi.
Ikkita butun son
m modul bo`yicha taqqoslanuvchi bo`lishi
uchun ular shu
mo`dul bo`yicha bitta sinfning elementi bo`lishi kerakligi o`z –o`zidan malum.
2-Ta’rif. Chegirmalar sinfining ixtiyoriy elementi shu sinfning
chegirmasi
deyiladi.
3- Ta’rif. m mo`dul bo`yicha tuzilgan har bir chegirmalar
sinfidan ixtiyoriy
ravishta bittadan element olib tuzilgan elementlar to`plami
m mo`dul bo`yicha
chegirmalarning
to`la sistemasi deyiladi. Masan,
m=10 mo`dul bo`yicha 10
q,
10
+1, . . ., 10
q+9 sinflar hosil bo`ladi. Shularning har biridan ixtiyoriy ravishda
bittadan olib tuzilgan, 20, 31, 112, 13, 24, 135, 6, 147, -2, -31sonlar sistemasi 10
modul bo`yicha chegirmalarning to`la sistemasi bo`ladi.
Chegirmalarning manfiymas eng kichik to`la sistemasida {0,1,2, . . . ,
m-1}
to`plam olinadi. Bazi hollarda absolyut qiymati bo`yicha
eng kichik
chegirmalarning
m juft son bo`lsa, 0, ±1, ±2, . . ., ±
𝑚−1
2
,
𝑚
2
;
m toq son bo`lsa,
0, ±1, ±2, . . ., ±
m-1/2 ko`rinishdagi sistemasi olinadi. Yuqorida
mulohazalarga asosan, quyidagi hulosaga kelamiz:
Berilgan sonlar to`plami bniror
m mo`dul bo`yicha chegirmalarning to`la
sistemasini hosil qilishi uchun quyidagi ikkita shartni qanoatlantirishi kerak ekan:
1.Ular
m modul bo`yicha har xil sinflarning elementlari bo`lishi kerak.
2.Ularning soni
m gat eng bo`lishi kerak.