RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 1 | ISSUE 1 | 2022
https://t.me/ResearchEdu_Journal
Multidisciplinary Scientific Journal April, 2022
342
Oltita maxsus bo‘lim: yutuqlar munosabati (И.Д),
muvaffaqiyatsizlikka
munosabat (И.Н), oilaviy munosabatlar (И.С), ishlab chiqarish munosabatlari (И.П)
shaxslararo munosabatlar (И.М) va sog‘liq va kasallik munosabatlari (И.З). Turli
o‘lchovdagi ko‘rsatkichlar sezilarli darajada shaxsda farq qilishi mumkin.
Tadqiqot maqsadi o‘spirin yoshlarning subyektiv nazorat darajasini aniqlash va
tahlil qilish. O‘spirin yoshdagi respondentlarning lokus
nazorati xususiyatlarini
aniqlash maqsadida УСК yoki SND subyektiv nazorat darajasi metodikasi o‘tkazildi.
Tadqiqot obyekti sifatida maktabning 11 – sinf o‘quvchilari olindi. Respondentlarning
umumiy soni 60 nafar bo‘lib, ulardan o‘g‘illar - 53 % ni, qizlar esa - 47 % ni tashkil
etdi. Respondentlarning o‘rtacha yoshi 16 – 17 yoshni tashkil etdi. Shaxsiy
xususiyatlarni e’tiborga olgan holda respondentlar
tadqiqot mobaynida shaxsiy
rivojlanishning so‘nggi bosqichida edilar.
Tadqiqot davomida olingan raqamli ma’lumotlar hisoblangan standart ballarning
matematik o‘rtacha ko‘rsatkichlari quyidagicha natijani ko‘rsatdi.
Natijalar 1 – jadvalda keltirilgan.
1 - jadval
Shkal
a
И.
О
И.
Д
И.
Н
И.
С
И.
П
И.
М
И.
З
O‘rta
matematik
ko‘rsatkic
h
4,7
5,7
4,2
8
4,7
3,7
1
6,2
6,2
8
Shunday qilib tadqiqotda o‘rtachadan yuqori (internal) darajalarda И.Д, И.М, И.З
shkalalari ustunlik qildi. Subyektiv darajasining o‘rtachadan past (eksternal) darajasida
И.О, И.Н, И.С, И.П shkalalari joylashdi. Ma’lum shkalalar subyektiv nazoratning
o‘rtachadan past darajada joylashgani normal holat hisoblanadi.
Namunadagi o‘rtacha ballar subyektlarning qaysi
foizi yuqori darajadagi
internallikka ega ekanligini va qaysi biri past darajadagi internallikka egaligini hukm
qilishimizga imkon bermaydi. Shu bilan birga, bu
natijalar nazariy va amaliy
ahamiyatga ega.
Bu natijalar asosida turli xil psixologik xususiyatlarga ega kichik guruhlar bilan
ishlashda ularga nisbatan to‘g‘ri samarali metodlarni tanlashga imkon beradi.
Tadqiqot natijalarini batafsilroq tahlil qilish maqsadida respondentlarni yuqori,
o‘rta va past darajadagi shkalalarga bo‘ldik. Tadqiqot natijalari 1- diagrammada
ko‘rsatilgan.