Microsoft Word boshlangich sinflar jismoniy tarbiyasi



Yüklə 364,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/84
tarix01.04.2023
ölçüsü364,08 Kb.
#92325
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   84
Ahmedov F. Q atamurodov Sh. O’ Avalboyev Z. A abdulaxatov A. R

Akrobatika. 
Akrobatika grekcha "akrobates" so’zidan olingan bo’lib, "yuqoriga 
ko’tariluvchi" ma’nosini bildiradi.akrobatika kishini har tomonlama jismoniy baquvvat
yepchil, chidamli, kuchli, jasur va barkamol qilib tarbiyalashga yordam beradi.
O’zbekistonda birinchi marta 1943-yilda o’quvchilar saroyi qoshida N.Lakiza 
bashchiligida akrobatika to’garagi o’z ishini boshladi. Uning rahbarligida juda ko’p 
mashhur sportchilar etishib chiqdi, ular - sport ustalari L.Melnikov, A.Xolmatov, 
G.Ibragimov, R.Ganiyev, R.Isyanov, T.Qo’qonov va boshqalar. Mustaqillikdan keyin 
bu sport turiga yanada e’tibor kuchaydi va ular Yekotirino Xelko va b. Osiyo, jaxon 
chempionatlari va olimpiada o’sinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. 
Bular orasida mohir akrobatchimiz M.Tojiyev 1957-1959-yillarda Belgiya, 
Niderlandiya va boshqa davlatlarda o’tkazilgan qalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli 
qatnashdi. 
Akrobatika bolajonlarning sevimli sport turi bo’lib, maktab o’quvchlari o’rtasida 
ommoviy tus olgan, ya’ni akrobatikaga ixtisoslashgan BO’SMlar tashkil qilinib, unda 
minglab o’gil va qiz bolalar shug’illanmoqda. Har yili o’quvchilar va kattalar o’rtasida 
mamlakat birinchiligi o’tkazilib kelinmoqda.
Yengil atletika
Yengil atletika sportning eng qadimiy turlaridandir. "Atletika" yunoncha so’z 
bo’lib, o’zbek tilida "kurash", "mashq" degan ma’nolarni bildiradi. Qadimiy 
Yunoniston (Gresiya)da kuchlilik va chaqqonlikda musobaqalashgan kishilarni atletlar 


55
deb atar edilar. hazirda esa jismoniy kamolotga etgan kuchli sportchilarniatlet 
deyishadi. 
Yengil atletika qadimdan rivojlanib kelayotgan sport turi hisoblanadi. Uning 
yutuqlari boshqa sport turlarining rivojlanishiga katta yordam beradi. Chunki sportning 
boshqa turlari ham yengil atletikaning yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish singari 
asosiy mashqlar orqali rivojlanib boradi. Yengil atletika sport turi barcha 1-9 sinflarda 
o’qitiladi. 
Yengil atletika besh turga bo’linadi:
- Sportcha yurish;
- yugurish;
- sakrash;
- uloqtirish; 
- ko’pkurash.  
Sportcha yurish musobaqalari stadion yo’lkalarida va oddiy yo’llarda 3 dan 50 
km gacha masofalarda o’tkaziladi.
Sportcha yurish musobaqasida qatnashuvchilar qoidada belgilangan yurish 
yo’l-yo’rig’iga rioya qilishlari kerak. bularning eng asosiysi - bir soniya bo’lsa ham 
ikkala oyoq bir vaqtda yerdan uzulib qolishga yo’l qo’ymaslikdan iborat. Shunday holat 
sodir bo’lsa, sportchi yurishdan yugurishga o’tgan hisoblanadi va u musobaqadan 
chetlatiladi.
Yugurish - yengil atletika turlari ichida eng hammabop jismoniy mashqdir. Bu 
jismoniy mashqning ko’proq tarqalgan turi bo’lib, juda ko’p sport turlari, ya’ni futbol, 
basketbol, qo’l to’pi, tennis tarkibiga kiradi.
Sport musobaqalarida erkaklar 60 metrdan to 42 km 195 metr masofaga qadar 
yugurishadi.
Musobaqalarda yugurish uchun quyidagi uch xil masofa qabul qilingan: qisqa 
masofa, o’rta masofa, uzoq masofa. 
Qisqa masofalar - 60,100,200,400 m. 
O’rta masofalar - 800, 1500 m.
Uzoq masofalarga - 5000,10000,20000,30000 m. 
Estafetali yugurish masofalari: 4x100, 4x200, 4x400, 4x800 m. 
Ma’lum bir masofaga yugurish vaqt (soniya, daqiqa, soat) bilan o’lchanadi. 
Sakrash va uning turlari quyidagilardan iborat: balandlikka va uzunlikka sakrash
uch xatlab sakrash, langar bilan sakrash. 
Uloqtirish turlari: koptokni uloqtirish, granatani uloqtirish, nayza, disk, yadroni 
otish, bosqonni uloqtirish.

Yüklə 364,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin