Microsoft Word boshlangich sinflar jismoniy tarbiyasi


Beshinchi mashqlar majmuasi



Yüklə 364,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/84
tarix01.04.2023
ölçüsü364,08 Kb.
#92325
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   84
Ahmedov F. Q atamurodov Sh. O’ Avalboyev Z. A abdulaxatov A. R

Beshinchi mashqlar majmuasi.
 (Partada o’tirgan holda). 
1.mashq. D.h. Qo’llar yelkada. Qo’llarni yuqoriga ko’tarish va barmoqlarni yuqoriga 
cho’zib yuqoriga qarash, oldinga engashish, d.h. ga qaytish. 
2.mashq. D.h. Qo’llar bosh orqasida. O’ngga burilish, o’ng qo’lni o’ng tomonga 
cho’zish, d.h. ga qaytish. Shuning o’zini chap qo’l bilan boshqa tomonga bajarish. 3.mashq. 
D.h. Qo’llar yelkada. O’ngga engashish, tirsaklarni yon tomonga ko’tarish, d.h. ga qaytish. 
Shuning o’zini chap tomonga bajarish. 
4.mashq. D.h. Qo’llarni o’rindiqqa tirab o’tirish. Oyoqlarni oldinga cho’zish, d.h. ga 
qaytish.
Oltinchi mashq majmuasi. 
(Partada o’tirgan holda). 
1.mashq. D.h. Qo’l barmoqlarini bir-birining orasiga kiritib, bosh orqasiga tutish. 
Qo’l kaftlarini ustma-ust qo’yib yuqoriga ko’tarish, qo’llarga qarash, so’ngra oldinga 
engashib, qo’lni oldinga uzatish va d.h. ga qaytish. 
2.mashq. D.h. Qo’llar bosh orqasida, tirsaklar parta ustida. Qadni rostlash, tirsaklarni 
yon tomonga ochish, d.h. ga qaytish. 


67
3.mashq. D.h. Oyoqlar oldinga uzatilgan, qo’llar o’rindiq orqa tomonining chetiga 
qo’yilgan. Oyoqlarni bukmagan holda yuqoriga ko’tarish, yelkani orqaga egish, d.h. ga 
qaytish.
4.mashq. D.h. Qo’llar yelkada. Boshni o’nga burish, d.h. ga qaytish. Shuning o’zini 
boshni chap tomonga burib bajarish.
Quvnoq daqiqalardagi so’zli o’yinlar. 
Quvnoq daqiqalarni she’rxonlik yo’li bilan o’tkazilsa, bolalar ham dam oladi, ham 
bilimi boyiydi. Chunonchi:
Bir,ikki, uch,
Barmoqlarga kirsin kuch.
Bunda qo’llar oldinga uzatilgan holda barmoqlar harakatlantiriladi.
Yerta turaman deydi, 
Maktab boraman deydi, 
Rasm solaman deydi, 
Mehnat qilaman deydi, 
Dono bo’laman deydi. 
Bunda qo’llar har xilharakatlarni bajaradi. 
Yelakda un yelandi,
Supra unga belandi, 
Xamir qildik ko’pgina,
Kulcha yopdik tezgina. 
Bunda bolalar sherni aytish jarayonida yelakda un elash, xamir qorish va non yopish 
harakatlarini bajaradilar.
Men ertalab turaman,
Quyosh tikka chiqmasdan,
Yuz-qo’limni yuvaman,
Erinchoqlik qilmasdan, 
Derazamni ochaman, 
Havo toza bo’lsin deb. 
Mashqlarimni qilaman,
Tanim kuchga to’lsin deb.
Qo’llar bilan so’zlarga mos harakatlar qilinadi.
To’p-to’p, to’p-to’p, 
Futbolchilar tepar to’p. 
Darvozabon ko’p shoshar, 
Ishqibozlar qarashlar.
To’p deganda oyoq harakatlantiriladi. 
Ana, go’l bo’ldi, 
Hisob bir-u nol bo’ldi 


68
(barmoq bilan ko’rsatiladi). 
O’qituvchi:
Jiring-jiring, 
Jiring-jiring, 
Chalingan narsani toping!
O’quvchilar panjalarini qo’ng’iroq chalayotgandek harakat qildiradilar.
Qo’limizda besh barmoq,
Maqsadimiz besh olmoq. 
Barmoqlar ko’rsatiladi, qo’llar bilan harakat qilinadi. 
Jismoniy tarbiya darslari o’quvchilar jismoniy tarbiyasining asosiy shakli hisoblanadi. 
Shuning uchun ham 1-4 sinflarda jismoniy tarbiya darslari uslubiy qo’llanmaning dastlabki 
qismida ……. sifatida kiritilgan jismoniy tarbiya bo’yicha davlat ta’lim standarti va o’quv 
dasturi, o’quv qo’llanmaga asosan boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya darslari va darsga 
qo’yiladigan talablar yuzasidan uslubiy ko’rsatmalar berildi va bu bitim boshlang’ich sinflar 
jismoniy tarbiya darslari deb nomlandi. 

Yüklə 364,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin