67
3.mashq. D.h. Oyoqlar oldinga uzatilgan, qo’llar o’rindiq orqa tomonining chetiga
qo’yilgan. Oyoqlarni bukmagan holda yuqoriga ko’tarish,
yelkani orqaga egish, d.h. ga
qaytish.
4.mashq. D.h. Qo’llar yelkada. Boshni o’nga burish, d.h. ga qaytish. Shuning o’zini
boshni chap tomonga burib bajarish.
Quvnoq daqiqalardagi so’zli o’yinlar.
Quvnoq daqiqalarni she’rxonlik yo’li bilan o’tkazilsa, bolalar ham dam oladi, ham
bilimi boyiydi. Chunonchi:
Bir,ikki, uch,
Barmoqlarga kirsin kuch.
Bunda qo’llar oldinga uzatilgan holda barmoqlar harakatlantiriladi.
Yerta turaman deydi,
Maktab
boraman deydi,
Rasm solaman deydi,
Mehnat qilaman deydi,
Dono bo’laman deydi.
Bunda qo’llar har xilharakatlarni bajaradi.
Yelakda un yelandi,
Supra
unga belandi,
Xamir qildik ko’pgina,
Kulcha yopdik tezgina.
Bunda bolalar sherni aytish jarayonida yelakda un elash, xamir qorish va non yopish
harakatlarini bajaradilar.
Men
ertalab turaman,
Quyosh tikka chiqmasdan,
Yuz-qo’limni yuvaman,
Erinchoqlik qilmasdan,
Derazamni ochaman,
Havo toza bo’lsin deb.
Mashqlarimni qilaman,
Tanim kuchga to’lsin deb.
Qo’llar bilan so’zlarga mos harakatlar qilinadi.
To’p-to’p, to’p-to’p,
Futbolchilar tepar to’p.
Darvozabon ko’p shoshar,
Ishqibozlar qarashlar.
To’p deganda oyoq harakatlantiriladi.
Ana, go’l bo’ldi,
Hisob bir-u nol bo’ldi
68
(barmoq bilan ko’rsatiladi).
O’qituvchi:
Jiring-jiring,
Jiring-jiring,
Chalingan narsani toping!
O’quvchilar panjalarini qo’ng’iroq chalayotgandek harakat qildiradilar.
Qo’limizda besh barmoq,
Maqsadimiz besh olmoq.
Barmoqlar ko’rsatiladi, qo’llar bilan harakat qilinadi.
Jismoniy tarbiya darslari o’quvchilar jismoniy tarbiyasining asosiy shakli hisoblanadi.
Shuning uchun ham 1-4 sinflarda jismoniy tarbiya darslari uslubiy qo’llanmaning
dastlabki
qismida ……. sifatida kiritilgan jismoniy tarbiya bo’yicha davlat ta’lim standarti va o’quv
dasturi, o’quv qo’llanmaga asosan boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya darslari va darsga
qo’yiladigan talablar yuzasidan uslubiy ko’rsatmalar berildi va bu bitim boshlang’ich sinflar
jismoniy tarbiya darslari deb nomlandi.
Dostları ilə paylaş: