Microsoft Word boshlangich sinflar jismoniy tarbiyasi



Yüklə 364,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/84
tarix01.04.2023
ölçüsü364,08 Kb.
#92325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Ahmedov F. Q atamurodov Sh. O’ Avalboyev Z. A abdulaxatov A. R

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


3
KIRISH 
 
Respublikamiz prezidenti I.A.Karimovning rahbarligida mamlakatimizda yosh 
avlodni har tomonlama barkamol inson etib tarbiyalash masalasiga davlat siyosati 
darajasida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bugungi kunda ta’lim tizimida tahsil 
oluvchilarga nafaqat bilim berish balkim ularni har tomonlama barkamol etib 
tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan Respublikamizda “Ta’lim 
to’g’risida”gi qonun , “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning hayotga izchil tadbiq 
etilishi natijasida ta’lim tizimida katta ijobiy yangilanishlar ro’y berdi. 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga ko’ra Respublikamizda 12 yillik umumiy 
majburiy bepul ta’lim tizimi joriy etildi. 12 yillik majburiy ta’limdan keyin o’z 
xoxishiga ko’ra har bir kishi kasbiy mehnat faoliyati bilan shug’ullanishi yoki Oliy 
ta’limning bakalavr-magistr darajasi uchun o’qishini davom ettirishi mumkin. 
Ta’lim tizmida umumiy o’rta ta’lim 1-9 sinflarni qamrab olib ta’limning bu 
bosqichida o’quvchilar uchun eng mas’uliyatli davr hisoblanadi. Ta’limning eng 
dastlabki bo’g’ini boshlang’ich ta’lim o’ziga xos ahamiyatga ega ekanligiga 
mustaqillikdan keyin alohida e’tibor qaratilgan. 
Bu borada Respublikasiz prezidenti I.A.Karimov Oliy majlisning IX-XIX 
sessiyasida (1997 y 27 avgust) shunday deydi. 
“Eski ta’lim tizmining eng yomon qusuri boshlang’ich ta’limga ikkinchi 
darajali ish deb qarayotganimizdadir. Ochiq aytishimiz kerak: Bilimi sayoz 
muallimlar ham birinchi sinfda dars beraveradi. ... Vaholanki, bolaning dunyo 
qarashi, didi, salohiyati shakllanadigan boshlang’ich sinflarga eng yetuk, eng 
tajribali murabbiylar birkitib qo’yilishini oddiy mantiqning o’zi talab etadi. 

Yüklə 364,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin