Microsoft Word boshlangich sinflar jismoniy tarbiyasi


Zamonaviy boshlang’ich ta’limning o’zi nimadan iborat bo’lishi kerak. Bola 1-4



Yüklə 364,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/84
tarix01.04.2023
ölçüsü364,08 Kb.
#92325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Ahmedov F. Q atamurodov Sh. O’ Avalboyev Z. A abdulaxatov A. R

Zamonaviy boshlang’ich ta’limning o’zi nimadan iborat bo’lishi kerak. Bola 1-4 
sinflarda qanday bilimga ega bo’lishi lozim. Ular tarbiyasi qanday bo’lishi kerak. 
Shu masalalarga javob topishimiz zarur.” .... 
Yurtboshimizning o’z vaqtida bildirgan mulaxaza va takliflaridan keyin 
boshlang’ich ta’limda bir qancha ijobiy amaliy ishlar qilindi.
Boshlangich ta’limni samarali tashkil etish va bu bosqichni yetuk mutaxasislar 
bilan ta’minlash maqsadida Respublikadagi mavjud pedagogika institutlari va ayrim 
universitetlarda “Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishlari” bakalavr darajasi 
beruvchi yo’nalishlari ochildi. 
Boshlang’ich ta’limning o’quv dasturlari tubdan yangilandi va bu boradagi ishlar 
davom ettirilmokda. Boshlang’ich ta’limni takomillashtirish yuzasidan olib boriladigan 
ishlarning barchasida ham o’quvchilarning jismoniy tarbiyasi ularning jismoniy 
rivojlanishi va salomatligi asosiy masala qilib qo’yildi. 
Jumladan boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya darslari uchun soatlar miqdori 
ko’paytirildi. Darsdan tashqari, maktabdan tashqari jismoniy tarbiya va sport ishlariga 


4
e’tibor kuchaytirildi. O’quvchilarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam 
shug’ullanishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Nafaqat shaharlarda balkim 
qishloq joylarida ham zamonoviy sport inshoatlari qurildi va kerakli jixozlar bilan 
ta’minlandi. Bu ishlarni amalga oshirishda prezident I.A.Karimovning tashabbuslari 
bilan tashkil etilgan bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasining faoliyati katta 
ahamiyatga ega ekanligini ham alohida qayd etish zarur. Barkamol avlod tarbiyasida 
jismoniy tarbiya va sportga alohida katta e’tibor qaratilganligi tufayli uning moddiy 
ta’minoti bilan birga ilmiy-uslubiy tomonlari ham qaytadan yangilandi. Yangi ishlab 
chiqilgan davlat ta’lim standartlari asosida jismoniy tarbiyaning o’quv dasturlariga mos 
“jismoniy tarbiya” 1-4 sinflar uchun o’quv qo’llanmalari ham yaratildi. (K.M. 
Maxkamjonov, P.Xujayev – T: 2010-2011-2012 y.) 
Yaratilgan barcha dastur, o’quv va uslubiy qo’llanmalarda boshlang’ich sinf 
o’quvchilari jismoniy tarbiyasini tashkil etishda samarali foydalanilmoqda.
E’tiboringizga xavola etilayotgan ushbu uslubiy qo’llanma shunisi bilan 
ahamiyatliki undan boshlang’ich sinflar uchun jismoniy tarbiya dasturi va uslubiy 
qo’llanmada mazmun ketma-ketlik bilan o’rin olgan va unga ko’ra tegishli tavsiyalar, 
na’munaviy jismoniy mashqlar majmualari, dars ishlanmalari berilgan.
Uslubiy qo’llanmadan umumta’lim maktablarining jismoniy tarbiya boshlang’ich 
sinf o’qituvchilari shuningdek, oliy o’quv yurtlarining talabalari, olimpiya zaxiralari, 
pedagogika kollejlari o’qituvchilari va o’quvchilari o’quv jarayonida ish faoliyatida 
foydalanishi mumkin.

Yüklə 364,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin