6
o’quvchilarning nazariy tayyorgarligiga (jismoniy tarbiya, gigiyena, shifokor nazorati,
sport tibbiyoti, o’z-o’zini nazorat va boshqalar) qo’yiladigan talablar yig’indisini
belgilab beradi. Mazkur standart o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalari,
shuningdek, shaxsning asosiy ma’naviy, axloqiy va jismoniy sifatlari
doirasini tartibga
soladi, o’quv tarbiya jarayonida miqdoriy va sifat jihatdan baho berish tartibi va
usullarini ko’rsatadi. Jismoniy tarbiya ta’limining asosiy vazifalari:
-jismoniy madaniyat ta’limning darajasiga mosligi va barcha uchun barobarligini
ta’minlash;
-jismoniy tarbiya mazmunining xalqora mezonlarga mosligini ta’minlash, jismoniy
tarbiya va sport sahosida o’quvchilarni jismoniy imkoniyatlari va bilimlariga ko’ra
jahon
darajasiga olib chiqish;
-jismoniy tarbiya va ta’lim jarayonini ijtimoiy-davlat yo’li bilan tartibga solish;
-turli yo’nalishlarda jismoniy tarbiya va ta’lim jarayonini nazorat qilish va
boshqarish;
-ta’limni insonparvarlashtirish;
-jismoniy tarbiya ta’limi sifatini oshirish. Jismoniy tarbiya o’quvchilar sog’ligini
saqlash
va mustahkamlash, asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish, hayotiy zarur
harakatlar, malaka va ko’nikmalarni shakllantirish, o’z-o’zini
jismoniy takomillashtirish
istak va ehtiyojlarni shakllantirish, jismoniy madaniyat sahosida ijobiy qiziqishlarni
o’stirish faoliyatiga asosiy bo’g’in hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: