Microsoft Word boshlangich sinflar jismoniy tarbiyasi



Yüklə 364,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/84
tarix01.04.2023
ölçüsü364,08 Kb.
#92325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Ahmedov F. Q atamurodov Sh. O’ Avalboyev Z. A abdulaxatov A. R

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Jismoniy tarbiya fanidan umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim standarti 
mazmuni. 


5
Umumiy o’rta ta’limning jismoniy tarbiya fanidan Davlat ta’lim standarti, maktab 
o’quvchilarining (I-IX sinflar) jismoniy tarbiyasini amalga oshirishni mazmuni, sifati va 
talablarini belgilab beruvchi asosiy me’yoriy hujjat hisoblanadi. Uning mazmuni 
quyidagilardan iborat. 
O’quvchilar sog’lomlashtirish va jismoniy tarbiyaga oid quyidagi bilim, ko’nikma 
va malakalarni egallashlari shart.
-ovqatlanish gigiyenasini bilish va unga rioya qilish. 
-o’zini o’zi tibbiy nazorat qila olish. 
-jismoniy mashqlarni bajarish qoidalarini bilish. 
-asosiy turkum harakatlar ko’nikmalariga ega bo’lish. 
-gimnastika mashqlarini bajara olish. 
-saflanish, yugurish, uzunlikka va balandlikka sakrash, muvozanat saqlash, osilish 
va tayanish mashqlarini bajara olish. 
-harakatli o’yinlarni va sport o’yinlaridan biror turini o’ynay olish. 
-jismoniy tarbiya bo’yicha mustaqil mashg’ulotlar o’tkazish uchun zaruriy bilimga 
ega bo’lish. 
-o’zini o’zi jismoniy jihatdan nazorat qilishning asosiy ko’nikmalariga ega bo’lish.
-organizmning asosiy sistemalariga jismoniy mashg’ulotlarni ta’sirini bilish. 
-uzoq davom etadigan yugurishda o’zini o’zi nazorat qilish usullaridan foydalana 
olish.
-chidamlilikni oshirishga qaratilgan mashqlarni mustaqil bajarish qoidalarini bilish 
va ularga amal qilish. 
-saflanish mashqlarini bajara olish. 
-100 metrgacha bo’lgan masofaga yugurish, 60-100 metr masofaga bosqich bilan 
estafetali yugurish, 2 km masofaga notekis joylar bo’ylab, bir me’yorda sekin yugurish 
mashqlarini bajara olish. 
-yugurib kelib uzunlikka "Oyoq bukish" usulida sakrash mashqini bajara olish. 
-gimnastika umumrivojlantirivchi mashqlar va sodda akrobatika mashqlarni bajara 
olish.

Yüklə 364,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin