Microsoft Word boshlangich sinflar jismoniy tarbiyasi



Yüklə 364,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/84
tarix01.04.2023
ölçüsü364,08 Kb.
#92325
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   84
Ahmedov F. Q atamurodov Sh. O’ Avalboyev Z. A abdulaxatov A. R

3-sinf. 
Bilimlar: 
- asta va o’rta tezlikda yugurish, 200 metr masofani bo’limlarni (100-200 metr 
yurish - yugurib) 2-3 marta bajarishni bilish; 
- sakrash chuqurchasiga yugurib kelib uzunlikka depsinib sakrash; 
- tepalikdan (50-60sm) sakrash tutishlar; 
- to’pni uzoqqa va aniq nishonga joyidan turib uloqtirish
- o’yin qoidalarini bilish; 
- erkin holatda 25-30 metrga suzish; 
- "Gulnoz", "Sho’x qizlar", "Lozgi, "Yalla" va "Paxtaoy" kabi milliy raqslarning 
asosiy harakatlarini bilish
- har-xil nojo’ya harakatlardan shikastlanishning oldini olish qoidalarini bilish; 
- jismoniy mashqlarning inson salomatligini mustahkamlanishida va qomatning
to’g’ri shakillanishiga ijobiy ta’sirini bilish; 
- saf mashqlari: keng qadamlab yurish, tez va sekin qadamlab yurish, ikki qator 
bo’lib saflanish, ikki qatordan bir qatorga saflanish, "ilon izi" bo’lib yurishlarni bilish
boshni chap va o’ng tomonlarga aylantirish, gavdani (chapga, oldinga, orqaga, o’ngga) 
egish mashqlarini bajara olish. 
 
 


10
Ko’nikmalar: 
- qomatni rostlaydigan ertalabki badantarbiya mashqlari majmuasini bajarish, 
to’ldirma to’plar bilan (1,5-2 kg) mashq bajarish; 
- qiya joylashtirilgan gimnastika o’rindig’i ustidan qo’llarga tortilib tirmashib 
chiqishni bajarish; 
- gimnastik narvonda orqa bilan qo’llarga osilib 30 soniya mobaynida turish, shu 
holatda tizzalarni yuqoriga ko’tarib tushirishlarni bajarish; 
- signal bo’yicha to’xtash bilan yurish, tizzani baland ko’tarib sekin yugurish, 
yuqori startdan yugurish usullarini bajarish; 
- turgan joyidan to’pni uloqtirish (nishonga va uzoqqa) mashqlarini bajarish; 
- basketbol o’yinida turish, siljish, harakatlanish, ikki qo’l bilan to’pni ko’krakdan 
sherigiga uzatish, joyida turib to’pni o’ng va chap qo’llarga polga (yerga) urib turish 
mashq usullarini bajarish; 
- harakatli o’yinlarda, yugurish, sakrash va turli to’siqlardan o’tishda turli 
estafetalar o’tkazilishida shikaslanishning oldini olish qoidalariga amal etib bajarish; 
- fudbolchilarning harakatlanishini (yugurish, sakrash, juftlama va chalishtirma 
qadam tashlab yugurish) bajarish; 
- fudbolchilarning o’yinda o’zini tutishi va xavfsizlik qoidalariga rioya etish
darvozobon harakatlanishi bajarish. 

Yüklə 364,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin