13
Umumiy o’rta ta’limning jismoniy tarbiya fanidan
o’quv dasturi mazmuni.
Umumiy o’rta ta’limning barcha fanlari kabi jismoniy tarbiya fani ham davlat
ta’lim standartlari va o’quv dasturi asosida o’qitiladi. O’quv dasturi o’quv jarayonini
amalga oshirishning asosiy hujjatlaridan hisoblanadi. O’quv fan dasturi
jismoniy tarbiya
ta’limi mazmuni, uning o’quvchilar tomonidan o’zlashtirishning
eng samarali usullari,
ahborot manbalari va me’yorlari ko’rsatilgan me’yoriy hujjatlar hisoblanadi. Jismoniy
tarbiya fanidan tuzilgan ushbu o’quv dasturi amalda qo’llanilib kelgan dasturlarga
tanqidiy yondashilib,
ularning eng yaxshi jihatlari, ilg’or maktab o’qituvchilarining va
boshqa mutahasislarning ijobiy ish tajribalari e’tiborga olingan holda qayta ishlab
chiqilgan. Maktabda haftasiga 2 soat o’tkaziladigan jismoniy tarbiya darsi bola
organizmiga to’laqonli jismoniy yuklama berish uchun yetarli emasligini hamda ilmiy
tadqiqotlarga ko’ra o’quvchilarning kundalik harakatga bo’lgan fiziologik 45 daqiqali
jismoniy tarbiya darsi faqatgina 11% ni hisobga olgan holda O’zbekiston
Respublikasi
Xalq ta’lim vazirligi 1-4 sinf o’quvchilari bilan qo’shimcha mashg’ulot darslarni
o’tkazish uchun maktab ixtiyoridagi soatdan foydalanishga, haftasiga 3 soatgacha,
agarda qayerda imkoniyat bo’lsa, 4-5 soatli jismoniy tarbiya soatlarini o’tishga
ruhsat
etildi. Respublikamizning urf-odati va milliy an’analariga ko’ra, yosh hususiyatlarini
hisobga olgan holda, o’quvchilarning jinsiga qarab sinfni ikki guruhga bo’lish masalasi
hal etildi. Qiz bolalar bilan (8-9 sinflarda) darsni ayol o’qituvchi olib
borishni maqul
deb topdi. Jismoniy tarbiya darslarini o’tkazishdan maqsad - bolalarning salomatligini
saqlash, ularning jismonan yetuk bo’lib etishishlari uchun shart-sharoitlar yaratish va
mashg’ulotlarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish ko’nikmalarini shakillantirish.
Qanday holatda bo’lmasin, barcha imkoniyatlardan foydalanib, jismoniy tarbiya
darslarini muntazam tashkil etish, ularda o’quvchilarning faol qatnashishini ta’minlash,
organizmiga foydali yuklamalar berish juda muhim. Shunday qilib, 1-sinfdan 4-
sinfgacha maktab dasturidagi bo’limlar bo’yicha o’quv yiliga tavsiya qilinadigan o’quv
soatlar quyidagicha belgilangan (2010-yildagi dasturdan olindi).
T/r Dastur bo’limlari
1-sinf
2-sinf
3-sinf
4-sinf
1
Nazariy bilim asoslari
Dars jarayonida
2
Gimnastika
16 16 16 14
3 Yengil
atletika
14 16 16 18
4
Harakatli va sport
o’yinlari yelementlari
38 36 36 12