1-SINF. Jismoniy tarbiya 68 soat (haftasiga 2 soat). Gimnastika. 1-usul. Buyumlarsiz mashqlar: asosan beriladigan mashqlar qomatni to’gri
shakllantirish qo’llarni har tamonga ko’tarish, gavdani oldinga, orqaga, yonga egish:
oyoqlarda o’tirib turish va oyoqlar uchida sakrash.
2-usul. Buyumlar bilan mashqlar: gimnastik tayokchalar, arg’amchilar,
bayrokchalar, katta va kichik to’plar bilan gimnastik narvonlar oldida bajariladi.
Tirmashib chiqish, osilish va tayanishlar. 1.Tirmashib chiqish: a). gimnastika narvon qiya qo’yilgan gimnastik o’rindiq ustida yuqoriga tirmashib
chiqish va pastga tushish (tizzalarda turib yurish).
b).yonga oyoq-qo’llar yordamida gimnastik narvonga tayangan holda chiqish va
pastga tushish.
s).arqonga yoki uzun tayoqqa erkin usulda tirmashib chiqish.
Osilish:
19
a). Gimnastik narvonga o’tirib qo’llarda osilib turish.
b). osilib turib tizzalarni bukib ko’tarish.
s). past turnikda bir oyoqda ikki oyoqda osilib turish
3. Tayanish. Gimnastik o’rindiq ustida qo’llarga tayanib gavdani oldinga egib oyoqlarni orqaga
ko’tarish.
Tayanib sakrash. Turgan joyda yuqoriga qayishib sakrash pastga yumshoq tushib to’xtab.
Gimnastik o’rindiq ustidan pastga to’shakka sakrab tushish .
O’rindiqdan tayanib sakrab o’tish.
Muvozanat saklash. Gimnastika o’rindig’i yakka cho’p ustida mashqlar bajarish: oyoq uchida qo’l
holatlarini o’zgartirib yurishlar. 180° ga burilish va pastga sakrab tushish turgan joyda
yuqoriga sakrab oyoq uchida yumshoq tushish.
Sport zalida 5 ta to’siqlardan o’tish.
1. Uzunasiga qo’yilgan 2 ta gimnastika to’shagi ustida chalqancha yotib qo’llarni
yuqoriga uzatgan holda yonga qorinda yumalab turish.
2. Gimnastik o’rindiq ustida (reykasi)dan qo’llarni yonga uzatib yurib o’tish.
3. Qorinda yotgan holda gimnastik o’rindig’ida siljish.
4 . Uzunasiga qo’yilgan 3 ta gimnastik to’shak ustida yotib oldinga qo’l va oyoq
bilan emaklab o’tish.
20
5. Gimnastika narvoniga qo’l va oyoqlar yordamida tirmashib chiqish gimnastik
to’shak ustiga sakrab tushish.