Microsoft Word boshlangich sinflar jismoniy tarbiyasi


Birinchi mashqlar majmuasi



Yüklə 364,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/84
tarix01.04.2023
ölçüsü364,08 Kb.
#92325
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   84
Ahmedov F. Q atamurodov Sh. O’ Avalboyev Z. A abdulaxatov A. R

Birinchi mashqlar majmuasi. 
(Partada o’tirgan holda).
1. mashq. D.h. Qo’llar belda. Chap tomonga egilish, d.h. ga qaytish. O’ng tomonga 
egilish, d.h. ga qaytish. Avval o’ngga, so’ngra chapga burilish va d.h. qaytish.
2. mashq . D.h. Oyoqlar yelkada. Boshni o’ng tomonga burib, tirsaklarni yon tomonga 
ochish va d.h. ga qaytish.
3. mashq. D.h. Qo’llar belda. O’tirgan holda oyoqlarni to’g’irlab, qo’llarni oldinga 
uzatish va d.h. ga qaytish.
Ikkinchi mashqlar majmuasi. 
(Partada o’tirgan holda).
 1. mashq. D.h. Qo’llar tirsakdan bukilib, parta ustiga qo’yiladi. Qo’llarni bosh 
orqasiga qo’yish, d.h.ga qaytish.
2. mashq. D.h. Qo’llar orqada. Boshni oldinga engashtirish, d.h. ga qaytish, so’ngra 
orqa tomonga yengashish, d.h. ga qaytish. Boshni o’ngga burish, d.h. ga qaytish, keyin chap 


66
tomonga burish, d.h. ga qaytish. 3. mashq. D.h. Kaftlarni yuqoriga ko’targan holda qo’llarni 
oldinga uzatish. Barmoqlarni musht qilgan holda qo’llarni tirsakdan bukish, d.h. ga qaytish.
Uchunchi mashqlar majmuasi. 
(Parta yonida turgan holda).
1. mashq. D.h. To’g’ri tik turish. Qo’llarni bosh orqasiga qo’yish, d.h. ga qaytish. 
Qo’llarni yuqoriga ko’tarib, yon tomonga tushurish, d.h. ga qaytish.
2. mashq. D.h. Qo’llar bosh orqasida. Cho’qqayish, qo’l kaftlarini oyoq yuziga 
tekkizish, d.h. ga qaytish.
3. mashq. D.h. Qo’llar belda. Qo’llarni bosh orqasida birlashtirib, o’ng oyoqni orqaga 
tashlash, d.h. ga qaytish. Shuning o’zini chap oyoqda bajarish.
To’rtinchi mashqlar majmuasi. 
(Parta yonida turgan holda).
1. mashq. D.h. tik tugan holda qo’llar belga qo’yilgan. Endi shu holatda yelkalarni 
orqaga egish. Qo’llarni yelkaga qo’yish, yuqoriga ko’tarib, yon tomonga tushurish va d.h. ga 
qaytish. 
2. mashq. D.h. Qo’llar yuqorida. O’ngga engashish, to’g’ri turish, chapga engashish
to’g’ri turish. Orqaga engashish, to’g’ri turish.
3. mashq. D.h. To’g’ri tik turish. Qo’llarni belga qo’ygan holda oyoq uchlarida ikki 
marta ko’tarilish. Ikki marta yarim cho’qqayib o’tirish, qo’llarni oldinga uzatish va d.h. ga 
qaytish.

Yüklə 364,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin