62
O’yin muvaffaqiyatli o’tishi uchun o’quvchilar o’yin shartini,
qonun-
qoidalarini aniq tushunib olishlari kerak. O’qituvchi o’yinda faol ishtirok etib, uni
boshqarib, kuzatib boradi.
O’qituvchi o’yinni samimiy, xotirjam va odob bilan, o’zaro o’rtoqlik
munosabatini saqlagan holda boshqaradi. U o’yinni uddalay olmagan bolalarga ham
yaxshi munosabatini o’zgartirmaydi, hatto o’yinchiga tanbeh berish o’rniga
u biroz
harakat qilsa, o’yinni bemolol uddalay olishi mumkin yekanligiga ruhlantiradi.
"
Qal’a himoyasi" o’yini. O’yinchilar 3-4 guruhga bo’linib, aylanaga saflanadilar.
Har bir o’quvchining orasidagi masofa 1 m. Ularning oyoqlari chiziqqa taqaladi. Aylana
markaziga qal’a - gimnastika tayoqchalari tik qilib o’rnatiladi. O’yinchilardan biri
qal’ani himoya qilish maqsadida uning atrofida aylanib yuradi. o’yinda valeybol va
basketbol to’pidan foydalaniladi.
O’yin o’qituvchining ishorasi bilan boshlanadi. O’yinchilar to’pni bir-birlariga
oshira turib,
payt poylab, uni qal’aga tekkizishga harakat qiladilar. Himoyachi qo’llari,
oyoqlari hamda gavdasi bilan to’pning yo’lini to’sib, qal’ani himoya qiladi. To’pni
qal’aga tekkizgan o’yinchi himoyachi bilan o’rin almashadi.
Himoyachiga qal’ani qo’l bilan ushlash huquqi berilmaydi. Agar to’p qal’aga
tegib u o’rnidan qo’zg’alsa-yu, lekin yiqilmasa, unda himoyachi uni qo’riqlashni davom
ettiradi. O’yin qal’a yiqilguncha davom etadi. O’yin tugagach, faol o’yinchilar
rag’batlantiriladi.
"
Joyni o’zgartirish" o’yini. Bolalar ikki guruhga bo’linadilar.
Har bir
guruh o’zining start chiig’i orqasida qo’llarini ikki yonga ochgan holda saf tortib
turadi. Start chiziqlari maydonchaning qarama-qarshi tomonida bir-biridan 15-20 m
narida chizilgan bo’ladi. "Startga!" - "Diqqat!" - "Marsh!" buyrug’i berilishi bilan
ikkala guruh bolalari bir vaqtda o’rinlarini almashtirish uchun yugura boshlaydilar.
Qarshi tomondagi start chizig’i orqasiga qaysi guruh birinchi bo’lib saflansa,
shular
o’yinda g’olib chiqadilar.
Dostları ilə paylaş: