Microsoft Word boshlangich sinflar jismoniy tarbiyasi


I-IV sinflar uchun harakatli o’yinlar



Yüklə 364,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/84
tarix01.04.2023
ölçüsü364,08 Kb.
#92325
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   84
Ahmedov F. Q atamurodov Sh. O’ Avalboyev Z. A abdulaxatov A. R

 
I-IV sinflar uchun harakatli o’yinlar
1-sinf. 

Harkatli o’yinlarni kichkintoy bolalar ham, kattalar ham qiziqish bilan 


o’ynaydilar.
O’yinlarda biz harakatning yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, to’siqlarni, 
qarshiliklarni yengish kabi asosiy turlarini ko’ramiz. O’yinlar diqqat bilan fikrlashni 
jamlashni o’rgatadi, chaqqonlikni, tezkorlikni, kuch, chidamlilik sifatlarini 
rivojlantiradi. Jamoa o’yinlari esa do’stlik va o’rtoqlik hissini tarbiyalaydi. 
Ochiq havoda o’tkaziladigan o’yinlar sog’lik uchun juda foydalidir. Har bir 
o’yinning o’ziga xos qoidalari bor. Unda birov yutadi., birov esa yutqazadi. Shuning 
uchun boshlashdan oldin hakam tayinlash kerak.
“Sopolak” o’yini . Bu qiz va o’g’il bolalarning eng sevimli o’yinlaridan 
biridir. Ayniqsa, qiz bolalar bu o’yinni yaxshi ko’radilar. O’yindan avval 5 juft katak 
ikki qator qilib chiziladi. Shundan so’ng sanash yo’li bilan o’yinchilar ketma-ketligi 
aniqlanadi. Boshlovchi kichikroq yassi toshni tanlaydi. So’ngra o’yinchi bir oyoqda 
chiziq boshidan sakrab, sopolakni tepib, chiziqlarga tushurmasdan olib o’tadi. Kim 
oldin sopolakni hamma kataklariga ketma-ket oyoq bilan tepib, olib o’tsa, o’sha g’olib 
chiqadi.
 "Ko’z bog’lag’ich"o’yini. O’yin qatnashchilaridan birining ko’zi ro’mol bilab 
bog’lanadi va u o’rtada turadi. Bolalar: - "Xola, nimangiz yuqoldi?" - deb so’rashadi. 
Ko’zi bog’langan bola: "Angishivonam", - deb javob beradi. Bolalar: "men topdim, 
men topdim", - deb har tomonga yuguradilar. Ko’zi bog’langan bola esa tovush kelgan 
tomonlarga qo’lini cho’zib, bolalarni ushlashga harakat qiladi. Ushlangan bola o’yindan 
chiqadi yoki uning ko’zini bog’lashadi. O’yin shu tariqa davom etadi. Hyech tutilmagan 
o’yinchilar eng chaqqon va g’olib deb hisoblanadi. 


59

Yüklə 364,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin