56
"Gimnastika " so’zining ma’nosini bilasizmi? Bu so’z yunoncha "gimnazo"
so’zidan kelib chiqqan bo’lib, mashq qildiraman, mashq qilaman degan ma’nolarni
anglatadi.
Qadim vaqtlarda yuguradiganlar, kurash tushadiganlar, balandlikka va
uzunlikka sakraydiganlar, hatto qo’l jangi bilan shug’ullanadiganlar
gimnastikachilar
deb ataladi. Bugungi kunga kelib, gimnastika alohida sport turiga aylandi va u ikki
turga bo’linadi. Bular sport gimnastikasi va badiiy gimnastikadir. Sport gimnastikasi
bilan o’g’il bolalar ham, qiz bolalar ham shug’ullanishadi,
badiiy gimnastika bilan esa
faqat qizlar shug’ullanadilar. Sport gimnastikasida o’g’il bolalar olti tur, qizlar to’rt tur
bo’yicha musobaqalashadilar.
Musobaqalar vaqtida bajarilgan mashqlarga baho ball hisobida qo’yiladi. Eng
yuqori baho 10 ball. Badiiy gimnastika mashqlari ancha sodda va nafis bo’ladi. Sportchi
maydonda oldin erkin, so’ngra to’p, halqa, lenta, arg’amchi
va bulavalar bilan
bajariladigan mashqlarga o’tadi.
Baland turnikda sportchilarimizdan biri mahorat bilan erkin mashq
bajarmoqda. Sportchilarimiz sport gimnastikasi bo’yicha ham yaxshi natijalarni qo’lga
kiritmoqdalar. Respublikamizdan sportning gimnastika turlari bo’yicha ko’plab
dunyoga mashhur sportchilar etishib chiqqanlar. Masalan, S.Diamidov, Ye.Saadi,
O.CHusavitina, R.Galeyeva, O.Otaxonov va boshqalar shular jumlasidandir.
Sambo nima ma’noni bildiradi?
"Sambo"
- bu ruscha so’zbo’lib, u "qurolsiz o’zini o’zi himoya qilish" degan
ma’noni bildiradi.
Samboga XX asrning 30-yillarida asos solindi. Rus sambosining otasi
Spiridonov va Xarlampiyevlar turli millat kurashlarni chuqur o’rganish
asosida sambo
sport turini yaratdilar. Bu sportda Turon xalqlari milliy kurashning usulari ham
mavjuddir.
1934-yili O’zbekistonda birinchi bo’lib, Toshkentdagi "Dinamo" jamiyatida
sambo to’garagi tashkil yeeildi. 1937-yildan boshlab sambo bo’yicha klassifikasion
musobaqalar o’tkazila boshlandi.
Shundan keyin o’zbekistonda sambo sport turi rivojlana boshladi va muntazam
ravishda kattalar hanmda o’smirlar o’rtasida musobaqalar o’tkazib kelinmoqda.
Respublikamizda 1964-yil 24-yanvarda "Sambo"
Federasiyasi tuzildi, shundan beri
sambochilarimiz ko’pgina nufuzli halqaro musobaqalarning g’oliblari bo’ldilar.
O’zbekistonlik yigitlar orasidan Yevropa, Jahonning ikki va uch karra
chempionlari etishib chiqdilar. B.Oqilov, M.Kim, S.Qurbonov, S.Xodiyev, B.Fayziyev,
Sh.Xo’jayev ishlar jumlasidandir.
Sambo faqat yigitlar orasida emas, balki qizlar orasida ham keng tarqalgandir.
Ular
halqaro turnirlardagina emas, balki jahon chempionatlarda ham savrinli o’rinlarni
egallaganlar.Bular Natalya Kupryan, Yuliya Yankina, Shoira Toshpo’latova, Nelya
57
Qiyomova, Zera Abidullayeva,
Nina Kulakova, Marina Mehyeyeva, Yakaterina
Zaysevalar ana shunday mahoratli sportchlar qatoridan munosib o’rin olganlar.
Dostları ilə paylaş: